Mundarija: kirish I bob iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida inflyatsiyani yuzaga kelish shakllari va uni ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarining nazariy asoslari
Inflyatsiyaning tashqi omillariga jahon iqtisodiyotida bo`lgan inqirozlar
Download 0.56 Mb.
|
Inflyasiyaga qarshi siyosat samaradorligini oshirishning jahon tajribasi
Inflyatsiyaning tashqi omillariga jahon iqtisodiyotida bo`lgan inqirozlar, (xom-ashyo, yoqilg`i, valyuta bo`yicha) davlatning valyuta siyosati, davlatning boshqa davlatlar bilan bo`ladigan noqonuniy operatsiyalar va boshqalar kiradi.
Ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishida yuzaga keluvchi disproportsiyalar sababli tovarlar va xizmatlar bahosining umumiy yoki to`xtovsiz o`sishi va natijada pul muomalasi qonunining buzilishi, oqibatida pul birligining qadrsizlanishi inflyatsiyani keltirib chiqaradi. Inflyatsiya quyidagi shakllarda namoyon bo`ladi: tovar va xizmatlar bahosining uzluksiz va tartibsiz o`sib borishi natijasida pulning qadrsizlanishi va uning sotib olish qobiliyatining tushib borishi; Chet el valyutasiga nisbatan milliy valyuta kursining tushib ketishi; v) Milliy pul birligida oltin narxining oshib borishi va boshqalar. Xalqaro amaliyotda bozorda tovarlar va xizmatlar bahosining o`sib borishiga qarab inflyatsiyani bir necha turlarga bo`lish mumkin: sudraluvchi inflyatsiya. Baholarning o`rtacha yillik o`sishi 5-10 % dan oshmaydi. Inflyatsiyaning bu turi ko`proq rivojlangan mamlakatlarga xos bo`lib, mamlakat iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab baholar oshishi 3-4 % atrofida ham bo`lishi mumkin. Bu inflyatsiya, aksincha ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishni rag`batlantiruvchi omil sifatida namoyon bo`lishi mumkin. Pulning qiymati barqarorligidagi o`zgarish sezilmasligi mumkin: shiddatli inflyatsiya. Baholarning o`rtacha yillik o`sishi 10-100% (ba`zida 200% gacha) bo`lishi mumkin. Inflyatsiyaning bu turi rivojlanayotgan mamlakatlarda ko`proq uchraydi; giperinflyatsiya.Baholarning o`sish sur`atlari yiliga 200%dan oshib ketadi. Bu inflyatsiya mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishining inqirozli davriga mos keladi va u iqtisodiyot tarkibiy qismlarini o`zgarishi bilan bog`liq. Hozirgi kunlarda Xalqaro Valyuta Fondi har qanday rivojlanish fazasiga ega bo`lgan mamlakatda baholar oyiga 50 % dan oshgan holatni giperinflyatsiya deb qabul qilgan. Giperinflyatsiya davrida milliy valyuta kursi xarid pariteti tushib ketadi, baholar kun sayin oshib boradi va baholar bilan ish xaqi o`rtasidagi farq juda yuqori bo`ladi. Aholining yashash sharoiti qiyinlashadi, korxonalar faoliyati yomonlashadi. Xo`jalik faoliyati, bozor faoliyatida naturallashuv avj oladi. Inflyatsiyaning kelib chiqish sabablariga qarab uning ikki toifasini ko`rastish mumkin: talab inflyatsiyasi va ishlab chiqarish bilan bog`liq inflyatsiya (taklif inflyatsiyasi). Talab inflyatsiyasi. Inflyatsiyaning bu an`anaviy turi talab oshib ketganda yuzaga keladi. Ishlab chiqarish soxasi aholining talabini to`liq qondira olmaydi, taklifga nisbatan talab oshib ketadi. Natijada tovarlar bahosi o`sadi. Kam miqdordagi tovarlarga ko`p miqdorda pul massasi to`g`ri keladi.Talab inflyatsiyaning vujudga kelishi sabablari quydagicha: davlat qarzlarining o`sishi («defolt»ga olib kelish ehtimoli mavjud) va byudjet defitsitining mavjudligi; Taklif inflyatsiyasi. Mazkur inflyatsiya doimiy ravihda ishlab chiarish infratuzilmasi bilan bog`liq bo`ladi. Bu inflyatsiyaning sabablari quyidagilar bo`lishi mumkin: har xil jarayonlar va tarkibiy o`zgarishlar tufayli mehnat unumdorligining p asayishi natijasida mahsulot ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar oshishi; har xil turdagi innovatsion xizmat turlari paydo bo`ladi va ishlab chiqarishga nisbatan ham mehnat unumdorligida yuqori ish xaqi olishga imkoniyat tug`iladi. N atijada, tovar va xizmatlarga bo`lgan baho oshib boradi; aholini sotsial jihatdan himoyalash maqsadida ish xaqining oshishi. Inflyatsiyaning o`sishi sur`atlari quyidagicha hisoblanadi: Joriy yil baholar indeksi–iste`mol tovarlari bazis davr baho indeksi Inflyatsiya sur`ati = ----------------------------------------------------- x 100 % Iste`mol tovarlari bazis davr baho indeksi Yuqoridagi formuladan ko`rinib turibdiki, inflyatsiya sur`atini prognozlashtirish va uning foizi ekvivalenti darajasini bilish uchun joriy yil baholar indeksidan iste`mol tovarlari bazis davr baho indeksini ayirib, sunga olingan natijani iste`mol tovarlari bazis davr baho indeksiga bo`lib, 100 % ga ko`paytirgan taqdirimizdagana inflyatsiya sur`atining real natijasi kelib chiqadi. Hosil bo`lgan yakuniy natijadan mamlakat milliy valyuta kursini himoyalash borasida xukumatning ma`sul idoralari, xususan, Moliya Vazirligi, Iqtisodiyot Vazirligi, Markaziy Bank tomonidan bir qator protektsionistik loyihalar ishlab chiqiladi. Quyidagi jadvalda bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida o`z faoliyatlarini yuritayotgan mamlaktlarda inflyatsiya dinamikasi (bazis davrga nisbatan mamlakatda iste`mol va chakana narxlarining o`sishi darajasi, foizlarda (%)). Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling