Mundarija: kirish I bob iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida inflyatsiyani yuzaga kelish shakllari va uni ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarining nazariy asoslari


Kurs ishining maqsadi va vazifalari


Download 0.56 Mb.
bet2/21
Sana19.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1364815
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Inflyasiyaga qarshi siyosat samaradorligini oshirishning jahon tajribasi

Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Ishning maqsadi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida inflyatsiyaning hisob kitob tizimi holatining davlat moliyasiga ta`sirini va ularni boshqaruv bo`yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, moxiyati, maqsadi va tarkibi ifodalangan. Ishning birinchi bobi «Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida inflyatsiyani yuzaga kelish shakllari va uni ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari» deb nomlangan bo`lib Inflyatsiyaning mohiyati va uning yuzaga chiqish shakllari, inflyatsiyaning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari, inflyatsiyaning barqarorlashtirish usullari o`rganilgan.
«Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida davlatning inflyatsiya bo`yicha makroiqtisodiy siyosati va uni hisob kitob tizimini boshqarish yo`llari» deb nomlangan ikkinchi bobda davlatimizning pulning qadirsizlanishi va inflyatsiyaga qarshi siyosati, mamlakatining moliya siyosati va inflyatsiya bo`yicha makroiqtisodiy tahlili va uni barataraf etish yo`llari aniqlangan.
Kurs ishining «Davlat moliyasini baquvvatlashtirishda inflyatsiyani kamayttirish shakllari» deb atalgan uchinchi bobida O`zbekiston respublikasining moliya siyosatini takomillashtirishdagi inflyatsiyaga qarshi istiqbollari, iqtisodiyotni barqarorlashtirishda pul - kredit inflyatsiyasining o`ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan.
Ishning xulosa qismida tanglab olingan mavzu bo`yicha takliflar keltirilgan.
Kurs ishining tarkibi. Ish kirish, uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.


I BОB IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA INFLYATSIYANI YUZAGA KELISH SHAKLLARI VA UNI IJTIMOIY-IQTISODIY OQIBATLARI

1.1 Inflyatsiyaning mohiyati va uning yuzaga chiqish shakllari


Inflyatsiya XVIII asrning o`rtalarida muomalaga ta`minlanmagan juda ko`p miqdorda pul chiqarishi natijasida pul tizimidagi inqiroz holat asosida yuzaga chiqqan. Inflyatsiya (lotincha «inflation» so`zidan olingan va shishish, ko`pchish, ko`tarilish ma`nosini anglatadi) o`z mohiyatiga asosan pulning qadrsizlanishi, tovar va xizmatlarga bo`lgan baholarning muntazam ravishda oshib borishi jarayonini anglatadi. Shuni ta`kidlash lozimki, rivojlangan mamlakatlar tajribasi inflyatsiya nisbatan me`yor darajasidagi pul massasi holatida ham yuzaga chiqishi mumkin.
Hozirgi zamon inflyatsiyasi nafaqat tovarlar va xizmatlarga bo`lgan baholarni muntazam o`sishi natijasida pulning sotib olish qobiliyatini pasayishi bilan bir qatorda ishlab chiqarish jarayonidagi nomutanosiblik, pul muomalasi, moliya hamda kredit sohasidagi salbiy omillar Bilan tasniflanadi. Inflyatsiyaning yuzaga chiqishining asosiy sabablari bo`lib iqtisodiyot tarmoqlari, jamg`arma va iste`mol, talab va taklif, davlat daromadlari va xarajatlari, xo`jaliklarning pul massasi va unga bo`lgan talabi o`rtasidagi mutanosiblik hamda markaziy bankning kredit ekspansiyasi hisoblanadi. Ushbu ta`kidlab o`tgan omillar o`z mohiyatiga asosan inflyatsiyaga, uning darajasiga turlicha ta`sir etishi mumkin.
Xalqaro amaliyotda iqtisodchi olimlar inflyatsiyaning yuzaga chiqadigan omillar asosan ikki guruhga: ichki va tashqi omillarga ajratadilar. Biz ushbu omillarning mohiyatini yoritishga xarakat qilamiz.

  1. Ichki omillarni mohiyatiga asosan pullik (monetar) va pulsiz omillarga ajratish mumkin. Pullik omillarga davlat moliyasining inqirozi, byudjetning taqchilligini mavjudligi, davlat qarzdorligini ortishi, pul emissiyasi, krdit dastaklarining aylanishini ko`payishi, pul aylanmasining tezligi va boshqalar kiradi. Pulsiz omillarga milliy iqtisodiyot tarmoqlari o`rtasidagi nomutanosiblik, tarmoqlar iqtisodiy rivojlanishdagi bir maromsiz daraja, ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish sohalarida monopoliyaning (oligopoliya) mavjudligi, narx shakllntirishdagi davlat monopoliyasi, markaziy bankning kredit ekspansiya va boshqa omillarni kiritish mumkin;

  2. Tashqi omillar o`z mohiyatiga asosan biron aniq davlat rivojlanishiga ta`sir etadigan dunyoda amalga oshayotgan jarayonlarni aks etadi. Ushbu omillarga dune mamlakatlarda yuzaga chiqadigan soha inqirozlari hisoblanadigan xom-ashyo, energetika, neft`, valyuta inqirozlarni kiritish mumkin. Ushbu omillardan tashqarii biron-bir davlatning boshqa davlatlarga nisbatan olib boradigan davlat miqiyosidagi valyuta siyosatini, yashirin holatda valyuta, oltinni eksportini amalga oshirilishini ham kiritish mumkin.

Biz quyidagi chizmada inflyatsiyani yuzaga chiqish shakllarini tahlil etamiz. Ushbu chizma tahlilidan ko`rinib turibdiki, inflyatsiya asosan uch yo`nalishda yuzaga chiqadi. Birinchi yo`nalishda maxsulotlar, ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narxlarni asossiz ravishda o`sib ketishi tufayli pul qadrsizlana boshlaydi. Buning natijasida milliy valyutaning xarid qilish qobiliyati tushib ketadi. Ikkinchi yo`nalishda, xorijiy valyutalarga nisbatan milliy valyutanign kursi pasayib ketadi..
Buning natijasida xo`jalik yurituvchi sub`ektlar va mamlakat aholisi erkin muomaladagi xorijiy valyutalari (AQSh dollari, evro, shveytsariya franki va boshqalarni) jamg`ara boshlaydi. Uchinchi yo`nalishda oltinga bo`lgan milliy pul birligida ifodalangan narx ko`tarilib ketadi. Buning natijasida mamlakat aholisi o`rtasida oltinning to`planib qolishi, ya`ni tezavratsiya amalga oshadi

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling