Mundarija Kirish I bob iste’molchi, uning tanlovi va uning imkoniyatlari budjet chizig’i


Iste`molchilar huquqlarining davlat tomonidan himoya qilinishini ta`minlash


Download 404.35 Kb.
bet11/13
Sana01.04.2023
Hajmi404.35 Kb.
#1316924
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Makroiqtisodiyot ” fanidan kurs ishi mavzu Iste’molchi tanlovi

2.2 Iste`molchilar huquqlarining davlat tomonidan himoya qilinishini ta`minlash
Davlat iste`molchilarning tovar (ish, xizmat) sotib olish va undan foydalanish chog`idagi huquqlari hamda qonun bilan qo`riqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi.
Iste`molchilarning huquqlari davlat tomonidan himoya qilinishini davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek sudlar ta`minlaydilar.
Quyidagilar iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish uchun maxsus vakolat berilgan davlat organlaridir: O`zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi; O`zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi; O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi; O`zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo`mitasi; O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasi; iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini o`z vakolatlari doirasida nazorat qiluvchi boshqa davlat boshqaruvi organlari.
Qonunning sharhlanayotgan moddasida iste`molchilar huquqlari o`z aksini topgan. Bu modda O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasida e`tirof etilgan norma bilan hamohangdir. YA`ni, Konstitutsiyaning yuqorida zikr etilgan moddasida, davlat iste`molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi, - deb ko`rsatilgan. Bundan ko`rinib turibdiki, iste`molchi bilan ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) manfaatlari teng kelib qolganda ustuvorlik iste`molchi tomonidan bo`ladi. Bu holat jamiyatda keng tarqalgan «iste`molchi hamisha haq» degan tamoyil amalda bo`lishiga zamin yaratadi.
Aholining iste`molga bo`lgan ehtiyojlarini sotuvchilar, ishlab chiqaruvchilar, ish va xizmatlarni bajaruvchilar ta`minlaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ular o`zlariga qulay shartlarda iste`molchining tovar va xizmatlarni sotib olishiga undaydilar. Bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida aksariyat hollarda tovarlarning salmoqli qismi sifat jihatidan pastligi, eng xavotirga soladigani ularning insonning hayoti va sog`lig`iga xavf tug`dirishi bilan xarakterlanadi. Xuddi shuning uchun ham har bir iste`molchi huquqlarining himoyasi va kafolati uchun davlat himoyasi zarurdir. Ma`lumki, davlatning asosiy belgilaridan biri, bu – uning yuridik kuchga ega bo`lgan, huquq normalarini o`zida aks ettirgan qonunlar va ularga asoslanib chiqarilgan me`yoriy hujjatlarni qabul qilish hisoblanadi. Davlat o`zi qabul qilayotgan qonunlar orqali ishlab chiqaruvchilarni sifatli mahsulot chiqarishga, ish va xizmatlar ko`rsatuvchilarni, chetdan tovarlarni import qiluvchilarni o`z faoliyatlarini iste`molchilar manfaatlaridan kelib chiqib belgilashga, ularning huquqlarini inobatga olgan holda faoliyat ko`rsatishga undaydi. Ana shunday holatlarni o`zida ifodalagan qonunchilik iste`molchi ishtirokidagi munosabatlarni tartibga solishini davlat ta`minlashi zarur.
Ma`lumki, davlat vazifalari va funksiyalarini davlat hokimiyati hamda boshqaruvi organlari amalga oshiradilar. Shu ma`noda iste`molchilar huquqlarini himoya qilish yuzasidan davlatning funksiyalari davlat hokimiyati boshqaruvi organlari, sudlar tomonidan amalga oshiriladi va iste`molchilar huquqlari himoyasi aynan shu organlar orqali ta`minlanadi.
Konstitutsiyaning 11-moddasida O`zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo`linishi prinsipiga asoslanadi deyilgan. Bundan kelib chiqib, iste`molchilar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonunlarni qonun chiqaruvchi organ – Oliy Majlis chiqaradi, uning ijrosini, ushbu qonunlarga amal qilishni va ularda mustahkamlangan iste`molchilar huquqlarining buzilmasligini ijro etuvchi organ, ya`ni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari ta`minlash choralarini ko`radi. Sud hokimiyati esa, iste`molchilarning buzilgan huquqlarini tiklashni, ya`ni javobgarlarni aniqlashni va tegishli tartibda javobgarlikka tortishni amalga oshiradi.
O`zbekiston Respublikasi «Standartlashtirish to`g`risida»gi 1993 yil 28 dekabr Qonun – Respublikamiz hududiga chetdan olib kiriladigan, mahsulotlarning aholiga realizatsiya qilinishida inson sog`lig`iga xavfsiz hamda sifati lozim darajada bo`lishini ta`minlashga qaratilgan.
«Atrof-muhitni himoya qilish to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni – insonning toza va sog`lom atrof muhitda yashashga bo`lgan huquqiga asosiy e`tiborni qaratadi.
«Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to`g`risida»gi 1997 yil 30 avgust Qonuni – oziq-ovqat mahsulotlarini sifati va xavfsizligi bo`yicha, ularni ishlab chiqarish materiallari, qadoqlash, o`rash, markirovka qilish, saqlash, tashish hamda realizatsiya qilishga oid talablarni belgilaydi. Shuningdek oziq-ovqat mahsulotlarining sifati hamda xavfsizligini ta`minlash sohasida davlat nazorati va tekshiruvi tartibini belgilaydi.
O`zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi o`z faoliyatini Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 3 oktabrdagi 342-son qarori bilan tasdiqlangan «O`zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi («O`zstandart» agentligi) to`g`risida»gi Nizomiga asosan amalga oshiradi. Unga asosan «O`zstandart» agentligi quyidagi huquqlarga ega:

  • o`z vakolati doirasida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, xo`jalik birlashmalari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi va rioya etilishi majburiy bo`lgan O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq qarorlar qabul qilish va normativ hujjatlar chiqarish;

  • standartlashtirish, metrologiya, mahsulotlarni sinash va sertifikatlashtirish masalalarini hal etish uchun davlat boshqaruv organlarini, yuridik shaxslar birlashmalarini, korxonalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarini jalb etish;

  • qonunlar hamda boshqa qonunchilik va normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda Hukumatga kiritish, standartlashtirish, metrologiya, mahsulotlar va xizmatlar sifatini sertifikatlashtirish va nazorat qilish masalalari bo`yicha qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari yuzasidan xulosalar berish;

  • davlat boshqaruv organlari, xo`jalik birlashmalari, korxonalar, tashkilotlar va respublika jamoat birlashmalaridan «O`zstandart» agentligiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo`lgan ma`lumotlar va materiallarni olish;

  • xo`jalik birlashmalaridan standartlashtirish bo`yicha bazaviy tashkilotlar va texnik qo`mitalar tashkil etishni talab qilish;

  • standartlashtirish, metrologiya, respublika xalq xo`jaligi uchun alohida ahamiyatga ega bo`lgan mahsulotlarni sinash va sertifikatlashtirish muammolarini ko`rib chiqish bo`yicha vaqtinchalik ilmiy-texnika komissiyalari tuzish;

  • idoraviy mansubligi va mulkchilik shakllaridan qat`i nazar, xo`jalik yurituvchi subyektlar tomonidan standartlar va texnik shartlarga rioya qilinishi, o`lchovlarning, sertifikatlashning yagonaligi ta`minlanishi, iste`molchilar va davlat manfaatlarini, shu jumladan odamlarning hayoti va salomatligi uchun xavfsizlik, atrof-muhitning muhofaza qilinishi, mahsulotlarning muvofiqligi va o`zaro bir-birining o`rnini bosuvchanligi, resurslarni tejash, ularni nazorat qilish metodlarining yagonaligi va markirovka qilinishining yagonaligi bilan bog`liq standartlar va texnik shartlar talablari hamda O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa talablarni himoya qilish maqsadida, shuningdek eksportga yetkazib berilayotgan va import bo`yicha olinayotgan mahsulotlar sifati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

  • davlat metrologiya nazoratini o`tkazish;

  • nazorat qilinayotgan mahsulotlar ko`rsatkichlarining belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish maqsadida sotish va saqlash korxonalarida nazorat xaridini o`tkazish yo`li bilan mahsulotlar sifatining davlat nazoratini o`tkazish;

  • standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish qoidalari buzilganligi uchun amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ta`sir ko`rsatishning huquqiy va iqtisodiy chora-tadbirlarini qo`llash;

  • mahsulotning texnik darajasi va sifatini oshirishni ta`minlamaydigan hamda iste`molchilar talablariga va amaldagi qonun hujjatlariga zid bo`lgan normativ hujjatlarni bekor qilish, ularning amal qilish muddatini cheklash yoki qayta ko`rib chiqish to`g`risida attestat (guvohnomalar)ni bekor qilish va ularning amal qilishini to`xtatib qo`yish;

  • mahsulotlar, xizmatlar, sifatni boshqarish tizimlarini sertifikatlashtirish va muvofiqlik sertifikatlari berish;

  • standartlarda va texnik shartlarda mahsulotlar, jarayonlar va xizmatlar sifatiga nisbatan aholi turmushi va salomatligi, atrof-muhitni muhofaza qilish, muvofiqlik, o`zaro bir-birining o`rnini bosishni va resurslarni tejashni ta`minlashga yo`naltirilgan talablarni belgilash;

  • standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida xalqaro loyihalar va dasturlarni ishlab chiqish va malga oshirishda qatnashish kabi vakolatlarni amalga oshiradilar.




Download 404.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling