Mundarija kirish I bob. Katta yosh guruhidagi bolalarning tasviriy qobilyatlarini va ijodkorligini rivojlantirishning nazariy asoslari
Katta yosh guruhidagi bolalar (5-6 yosh)
Download 52.17 Kb.
|
2 5400075386421782902
Katta yosh guruhidagi bolalar (5-6 yosh)
Ta’lim maydoni "Tasviriy faoliyat va estetik rivojlantirish" -Tevarak atrofdagi turli mavzularda o’z qiziqishlarini mustaqil va erkin tasvirlab bera oladilar(oila,Maktabgacha ta’lim tashkiloti, qurish yasash, tabiat hodisalari, bayramlar )va shu kabi boshqa dunyo haqida tassavvurlar ham (koinot, o’tmish, va keyin, o’zga dunyo odamlarini) kashf eta oladilar; -Qurish yasash va bunyodkorlik ishlari tashqi dunyoga nisbatan o'z shaxsiy taassurotlarini turli majoziy-ifodalash vositasidir (g’amgin va xursand inson, mehribon va qahrli inson va h.z) -Sevimli ta’limiy faoliyatlarida, mustaqil ravishda qurish, tayyor buyumlar va (tabiiy va tashlandiq) turli xil materiallardan yuqori sifatli mahsulot dizayni yaratadi; -Biror namuna ustida reja qilish(og’zaki, bir qator rasmlar chizish, sxema yaratish) o'zgaruvchan burchak bilan; -qurilgan narsalarni osonlik bilan vaziyatga moslab balandligini, maydonini, qarshiligini va hokazolarni o'zgartirib oladilar; -guruhli ishlar yoki binolar qurish bilan bog'liq o'yin va hikoyali o'yinlarda ishtirok etish uchun tayyor turadilar; -o'z mustaqil faoliyatini rejalashtirishadi va natijalarni tanqidiy ko'rib chiqadi; -Muvaffaqiyatli ijodiy g'oyalar amalga oshirish, erkin va turli san'at texnikasi mahorat bilan birlashtiradi; -tasviriy va amaliy san'at qiziqadilar, san'at muzeyi va san'at ko'rgazmasida "Tomoshabin" tajribasiga ega. Har bir shaxs ijodiy faoliyati va ijodiy qobiliyat namoyish qilish mahoratiga ega. Ammo bu ba’zi hollarda amalga oshmay qoladi. Bolaligida, har bir kishi o'z ijodiy salohiyatini ro’yobga chiqarish uchun imkoniyat izlaydi, lekin odatda, atrofdagi yaqinlari va hamrohlari tufayli ko’p hollarda media qarshilik uchrashadi.Agar bola yoshligida ijodiy tajribasini oshira olmasa, u holda bu kelajakda mustaqil o’zini namoyish etishga ishonch yetishmasligiga sabab bo’ladi.Chunki inson aynan ijodiy faoliyat orqali ko’proq o’zini namoyon qilishi mumkin. Ijod har bir insonga o'z yaxlitligini anglash tajribasini beradi. Bu uning ichki dunyosi, uning intilishlarini va tajribalarini aks ettiradi.V.V.Davidov fikricha «Ijod - bola rivojlanishi normallashtiradi va doimiy hamroh hisoblanadi». Ijod jarayonida aynan tashhislash (diagnostika) "o'z-o'ziga hurmat», «o'z qobiliyatlariga va o’ziga ishonch", "yosh va individual xususiyatlarini aniqlash ", "har bir bola qiziqishlari", "ijtimoiy vaziyat rivojlanishi ", " bolalarning o'zaro bir-biri bilan hamkorligini ", "mustaqil tashabbusi qobiliyatini" aniqlash imkonini beradi. Shu bilan birga, maktabgacha yoshdagi bolalar xususiyatlarini standart belgilab beradi. 2.2 Tasviriy faoliyatga o‘rgatishning metod va usullari O‘rgatish metodlari - pedagogikada qabul qilingan ta’rifga ko‘ra qo‘yilgan masalani yechish uchun tanlangan yagona yo‘l sifatida ta’riflanadi. U ta’limiy faoliyatdagi bolaning va tarbiyachining butun faoliyatini o‘rgatish usullari-ayrim yordamchi vosita bo‘lib, ta’limiy faoliyatdagi faoliyatning xususiyatini aniqlamaydi, u ta’limda tor ma’nodagi ahamiyatga ega. Ayrim metodlar ta’limiy faoliyat ishining umumiy yo’nalishini aniqlamay, balki usul sifatida namoyon bo‘ladi. Masalan: ta’limiy faoliyat boshida she’r (hikoya) o‘qish beriladigan vazifaga bolalarning qiziqishini uyg‘otish uchun o‘qilsa, boshqa ta’limiy faoliyatlarda esa, she’r o‘qish tarbiyachi uchun xizmat qiladi, ya’ni ta’limiy faoliyat boshini tashkil qilish uchun qo‘llaniladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning mustaqil ishlari katta o‘rin egallaydi, faqat bu mustaqil ishlarga bolalarning murakkab muammoli masalalarni yechishi yoqtirmaydi, chunki bunday murakkab masalalar uzoq vaqtni talab qiladi. Qolgan metodlar maktabgacha yoshdagi bolalar uchun murakkablik qiladi, chunki ularning deyarli barchasi muammoli masalalarni yechish bilan bog‘liqdir. Maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun o‘ziga xos bo‘lgan asosiy guruhni o‘yin usullari tashkil etadi va bu o‘yinlardan turli metodlar ichida foydalanish mumkin. Download 52.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling