Mundarija kirish I bob. Katta yosh guruhidagi bolalarning tasviriy qobilyatlarini va ijodkorligini rivojlantirishning nazariy asoslari


Download 52.17 Kb.
bet2/9
Sana17.06.2023
Hajmi52.17 Kb.
#1549228
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5400075386421782902

Kurs ishining maqsadi: Katta yosh guruhidagi bolalarning tasviriy qobilyatlarini ,ijodkorligini rivojlantirishni yoritish.
Kurs ishining obyekti: Katta yosh guruhidagi bolalarning tasviriy qobilyatlarini,ijodkorligini rivojlantirish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda ijodiy qobilyatlarni rivojlantirish vositalari, aspektlari, shakl va metodlarini o‘rganish.
Kurs ishining vazifalari:
Mavzuga oid ijtimoiy-falsafiy, psixologik, pedagogik va metodik manbalarni o‘rganish;
- Katta yosh guruhidagi bolalar ijodiy qobilyatlarini rivojlantirishda tasviriy faoliyatga o’rgatish shakllantirishning pedagogik-psixologik aspektlarini aniqlash;
- Katta yosh guruhidagi bolalar ijodiy qobilyatlarini rivojlantirishda tasviriy faoliyatga o’rgatish shakli, vosita va metodlarini ishlab chiqish;
- Katta yosh guruhidagi bolalarda ijodiy qobilyatlarni rivojlantirish maqsadi, vazifalari, o‘rnini aniqlash, tasviriy faoliyat materiallarning mazmunini yoritish;
-“Ilk qadam” dasturi va “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari”ni o‘rganish va tahlil qilish;
-Ijodiy qobilyatlarni shakllantirishga oid didaktik materiallarning turi va mazmunini aniqlash;
Kurs ishining metodlari: O‘quv jarayonini kuzatish, so‘rovnoma, testlar o‘tkazish, pedagogik,psixologik,metodik,ilmiy va ilmiy-texnikaviy manbalarni nazariy tahlil etish.
Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati:Katta yosh guruhidagi bolalar guruhida tasviriy qobilyatlarini, ijodkorligini rivojlantirish haqida kerakli ma'lumotlar topib uni o'rganish.
I BOB. KATTA YOSH GURUHIDAGI BOLALARNING TASVIRIY QOBILYATLARINI VA IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
1.1 Katta yosh guruhidagi bolalarni tasviriy qobiliyati va ijodkorligini rivojlantirish.
O‘zbekiston Respublikasining “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari”ning beshinchi sohasi ijodiy rivojlanish bo’lib unga muvofiq bola 5-6 yoshda birmuncha ijodiy bilimlarga ega bo‘lishi kerakligi va yoshga muvofiq talablar belgilab qo’yilgan. nomini biladi va to‘g‘ri qo‘llaydi;
-sodda kompozitsiyalar, alohida buyumlarni chizadi;
-tasvirlanayotgan predmetlarga mos ranglarni tanlaydi va bo‘yaydi;
-bolalar musiqiy asboblarida(buben, nay, ksilofon) chalishga taqlid qiladi;
-bolalar guruhi bilan qo‘shiq aytadi;
-raqsga tushadi (juftlikda aylanadi, oyoqlari bilan depsinadi, predmetlar bilan musiqaga monand harakatlanadi) ;
-plastilindan berilgan sodda shakllarni yasaydi;
-predmetlar shaklini aniq ko‘rsatgan xolda qismlarga boy tasvirlar chizadi;
-sujetli rasm, predmet va personajlar chizadi;
-shakllarni turli texnika asosida bo‘yaydi;
-loy, xamir va plastilindan yasaydi;
-faoliyati boshida ko‘z oldiga keltirib tasavvur qiladi;
-xorda va yakkaxon qo‘shiq aytadi;
-raqs harakatlarini hissiyotlarni namoyon etish va muloqot vositasi sifatida qabul qiladi;
-musiqiy asboblarda chaladi (qo‘ng‘iroqcha, doira, metallofon, chburchak);
-kattalar yordamida barmoqlar teatri sahna ko‘rinishlarida ishtirok etadi. murakkab predmetlar chizadi va ularni dekorativ naqshlar bilan yasatadi (choynak, gilam, ro‘mol, lagan) ;
-xotira yoki tasavvuriga ko‘ra sujet yaratadi;
-qog‘ozdan va tabiat materiallardan applikatsiya-hajmli oranjirovkalar yaratadi (siluetlar, otkritkalar, kitob yorliqlari) ;
-muhit yoki shaxsiy loyihalarini yasatadi;
-qog‘oz buklash, yirtish, qirqish yo‘li bilan shakllarni harakati va proporsiyalarini yoritgan holda kichik sujetli kompozitsiyalar yaratadi;
-tengdoshlari bilan ijodiy o‘yinlar yaratishi mumkin;
-shaxsiy ishlarida turli ifoda vositalarini qo‘llaydi;
-jamoaviy loyihalarda g‘oyalar taklif etadi.
-turli predmetlardan kompozitsiyalar yaratadi;
-individual va jamoada qo‘shiq ayta oladi;
-raqsda harakatlariga jilo bergan xolda shaxsiy namuna yaratishi mumkin;
-musiqiy asboblarda yakkaxon yoki orkestrda jo‘r bo‘lib chalishi mumkin;
-g‘oya yaratadi va tatbiq etadi;
-maqsadga erishishda o‘rindosh sifatida turli predmetlar qo‘llaydi;
-turli spektakllarda rol ijro etib ishtirok etadi;
-olamni o‘zgartirishda insonning yaratuvchi rolini anglaydi;
-buyumlarni ikkilamchi qo‘llashda g‘oyalar taklif etishi mumkin.
Yuqoridagi talablardan ko’rinib turibdiki bolalarning ijodiy rivojanishida tasviriy faoliyatning o’rni beqiyosdir. Mamlakatimiz ta’lim tizimida islohotlarni bosqichma-bosqich maktabgacha ta’limga uning moddiy va ma’naviy bazasini mustahkamlashga ham katta ahamiyat beriladi. Mamlakatimiz ta’lim tashkilotida tasviriy san’at fanini o‘qitishda yosh avlodga komillik fazilatlarini o‘ziga xos tarzda shakllantirishda, tasviriy san’at orqali bolalarning ijodiy tasavvurini rivojlantirish, milliy madaniy merosni o‘rganishlari hamda umuminsoniy qadriyatlar bilan yaqindan tanishishlari uchun ko‘maklashadi. Tasviriy faoliyat ta’limiy faoliyatlari davomida bolalar tevarak atrofidagi narsa-hodisalarni idrok etadilar, o‘zbek milliy xalq amaliy san’ati, tasviriy san’at turlari bilan tanishadilar. Ushbu san’at turlarini o‘ziga xos xususiyatlarini anglab yetadilar. Eng muhimi bolalarning badiiy fikr doirasi kengayadi, tasviriy san’atga nisbatan qiziqish va muhabbati tarbiyalanadi, ularning estetik va emotsional sezgirliklari oshadi, ahloqiy sifatlari o‘sadi. Bu o‘z o‘rnida maktabgacha ta’lim tizimida tasviriy san’atni o‘qitishda jiddiy e’tibor berilishini, ularni har tomonlama o‘rgatishni, rivojlantirish yosh avlodlarga san’atning sir asrorlarini o‘zlashtirish, ularning estetik didini o‘stirish hamda boy madaniy merosimiz, tarixiy an’analarimiz, umuminsoniy qadriyatlariga hurmat, Vatanga muhabbat, milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashni talab etadi.
Tadqiqotlarni o‘rganish va ularni tahlil etish natijasida maktabgacha bo‘lgan bolalarni tasviriy faoliyatga o‘rgatishni o‘rganish tizimli yondashishni talab qiladigan o‘ta murakkab, ko‘p qirrali ijtimoiy-pedagogik muammodir, degan xulosaga keldik. Maktabgacha yoshdagi bo‘lgan bolalarni tasviriy faoliyatga o‘rgatishning samarali shakl va usullarini izlab topish, yaratish hozirda dolzarbligi bilan muhimdir.
Rasm chizish, loydan va plastilindan turli buyumlar yasash, qirqib yopishtirish kabi ta’limiy faoliyatlar maktabgacha yoshdagi bolalarning eng sevimli faoliyatlaridan biri hisoblanadi. U kichkintoyning tevarak-atrofdagi voqea va hodisalar haqidagi taassurotlarini turli obrazlar orqali tasvirlashga va ularga nisbatan o‘z shaxsiy munosabatini shakllantirishga keng imkon yaratadi.
Haykaltaroyoshlik bilan shug‘ullanish bolalarning fazoviy tasavvurini, fikrlash qobiliyatini, narsa va buyumlarning plastik shaklini his etishlariga yordam beradi. Shunday ta’limiy faoliyatlar ularda o‘ziga xos badiiy-estetik his-tuyg‘ularni uyg‘otish bilan bir qatorda go‘zallikni ko‘ra olishni, ijodiy qobiliyatni va estetik didlarini o‘stiradi. Bu shubhasiz, ularni Vatanga, ota-onaga, tengdoshlariga bo‘lgan hurmat va muhabbat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi, ularni ma’naviy kamolotga yetaklaydi.
Bolalarning tasviriy faoliyat ta’limiy faoliyat turlariga nisbatan qiziqishini uyg‘otishda to‘g‘ri ta’lim berishning ahamiyati kattadir. Buning uchun tarbiyachi-pedagog kichkintoylar ta’limiy faoliyatlarini olib borish jarayonida ularda qiziqish uyg‘otishi kerak. Kichkintoylarda bu faoliyatga nisbatan emotsional his-tuyg‘ular paydo bo‘lsin, o‘rtoqlik, do‘stlik, o‘zaro yordam kabi ezgu hislatlar uyg‘onsin, rasm chizish loy va plastilindan narsalar yasash, qirqib yopishtirish, qurish-yasash kabi faoliyatlarga o‘z xohishlari bilan intilishsin. Tarbiyachi bola qobiliyatlarini o‘stirish yo’llarini qanchalik yaxshi va moxirlik bilan e’tiborga olsa, kichkintoylar tashabbusi va ijodkorligini quvvatlagan holda, ularga ishonsa, ta’lim jarayoni, bolalar qobiliyatini kamol toptirish va unga chuqurroq ta’sir ko‘rsatish shunchalik samaraliroq bo‘ladi.
Ijodiy faoliyat bola holatida, uning fikriy va aqliy jihatdan rivojlanishida borliq haqidagi tasavvurlarini boyitishda katta ahamiyatga ega bo‘lgan ta’limiy faoliyat turidir. Bolalarga haykal, o‘yinchoqlar yasash nima beradi? Nima uchun jajji bolalar plastilindan, loydan haykal va o‘yinchoqlar yasashni xush ko‘rishadi?
Plastilin bilan ishlash texnikasini o‘rgatish bolalarda sabrli, bir joyda uzoq o‘tira olish, mustaqil ishlash kabi xususiyatlarni tarbiyalaydi. Plastilin bilan tasvirlash texnikasi kichkintoylarda rang qabul qilish borasidagi bilimlarni mustahkamlaydi, estetik didni shakllantirish bilan birga bolalarning qo‘l motorikalarini ham rivojlantiradi. Shuning uchun ham maktabgacha yoshdagilarni ko‘proq plastilin bilan turli predmetli, sujetli va dekorativ haykaltaroyoshlik bilan tasvirlash texnologiyalari bilan ishlashga o‘rgatib borish lozim.
Inson qobiliyati – ijtimoiy rivojlanish mahsuloti. Ularning rivojlanish davrida ishlab chiqilgan aniq, ma’lum bir faoliyat shaklini o‘zlashtirilishi lozimligini taqozo etadi.
Iqtidor esa qobiliyat ko‘p hollarda insonlarning shaxsiy ijodiy faoliyatlariga bog‘liq. qobiliyatning har tamonlama rivojlanishi barcha kasblarga keng yo‘l ochadi.
Qobiliyat deganda – ma’lum bir faoliyatda yengillik va yuqori sifat beruvchi individual shaxsiy xususiyatlar tushuniladi.
Qobiliyatlar tug‘ma emas, ular faqatgina rivojlanish jarayonida vujudga keladi va konkret faoliyatdan tashqarida shakllanmaydi.
Ma’lum faoliyatdagi qobiliyatlar barcha insonlarda mavjud lekin ular bir-biridan tug‘ma iste’dodi va qay darajada rivojlanganligi bilan farqlanadi.
Rivojlanishning eng yuqori bosqichida qobiliyatli, iste’dodli tug‘ma nisxonalarga ega insonlar erishishadi.
Psixologiyada qobiliyatlar umumiy va turlarga ajratiladi. Tasviriy faoliyatlarga bo‘lgan qobiliyat shaxsiy qobiliyatlar sarasiga kiradi.
Har bir qobiliyat psixikaning umumiy xususiyatlariga bog‘liq bo‘lgan murakkab tuzilishga ega. Ular 3 ga bo‘linadi, bog’lovchi, asosiy, asosni tashkil qiladi.Tasviriy faoliyatga bo‘lgan qobiliyatning boshlovchi qismi bu – tasavvur, chunki usiz g‘oyani ro’yobga chiqarib bo‘lmaydi. Tasviriy qobiliyatning asosiy qismi bu - tabiatdan berilgan berilgan yuqori ko‘rish sezgirligidir. U idrokning to‘liq bo‘lishini ta’minlaydi. Tasviriy qobiliyatlar qo’lar harakatini ham alohida moxir bo‘lishini talab etadi. Shundagina malakalar tez o‘zlashtiriladi. Tashkil qiluvchi qism esa aniq bir emotsional kayfiyatdir. Ta’lim tizimini tuzish jarayonida tasviriy qobiliyat strukturasining o‘ziga xosliklarini hisobga olish darkor.
Tasviriy qobiliyatlar istalgan kishida bo‘lishi mumkin. Ammo tug‘ma tasviriy qobiliyatlarga ega bo‘lgan inson san’at sohasida o‘zining mustaqil ijodiy faoliyatini olib borishi mumkin. Qobilyatlarning fiziologik ham mumkin jihatlari ham muhim o‘rin egallaydi. Istalgan sohadagi qobiliyatlarning rivojlanishida oliy nerv faoliyati katta rol o‘ynaydi. L.P.Pavlov oliy nerv faoliyatini 2 tipga bo‘ladi, badiiy va ilmiy.
Birinchi tip badiyda tasavvurlar yorqin emotsional va obrazli bo‘ladi.
Ikkinchi ilmiy tipda- tasavvurlar mavhum, so‘z shaklida o‘girilgan. Ko‘pchilik insonlar aralash tipga masub bo‘ladi, ularning tasavvurlari ham obrazli.
Iste’dod – bu anatomo-fiziologik qobiliyatlar bo‘lib, ular qobiliyatlarning qay darajada rivojlanganliklarini ko‘rsatadi.
Badiiy tipdagi qobiliyatlarga ega bo‘lgan insonlar rivojlanishning eng yuqori bosqichlariga erishishlari mumkin.
Tasviriy qobiliyatlarning omadli rivojlanishida muhim o‘rin tutuvchi jihat bu – ko‘rish apparatidir. Ko’zdagi hattoki eng kichik fiziologik yoki anotomik buzilish ham rassom uchun o‘ta muhim bo‘lgan ranglarni qabul qilish qobiliyatiga ta’sir qiladi. Ko‘z to‘rpardasining kolbasimon apparatida buzilishi bo‘lgan inson ranglarni ajratishdagi ko‘rlikdan aziyat chekadi, ko‘pgina qizil yoki yashil rangni ajrata olmaydi. (daltonizm). Daltonizmdan aziyat chekadigan insonlar ranglar spektrini ikki asosiy-sariq va ko‘k ranglar guruhida ko‘rishadi. Bunday inson atrofdagi predmetlar rangini to‘g‘ri qabul qila olmasligi va uni tasviriy san’at orqali yetkazib bera olmasligini ma’lum. Ko‘rish apparatiga ko‘rish o‘tkirligi va uzoqdagi predmetlarni ajratish qobiliyati bog‘liq bo‘ladi. Ma’lum masofadagi ko‘z ko‘ratgan predmet qanchalik kichkina bo‘lsa, ko‘z o‘tkirligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Ko‘rish sohasida ma’lum buzishlari bor inson tasviriy san’atda yuqori yutuqlarga erisha olmaydi, u faqatgina to‘g‘ri grafik sur’at chizish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi mumkin.
Tasviriy san’at sohasida faoliyat yuritatganda predmetlar shaklini, nisbatini, rangini ko‘z orqali idrok qilish jarayonida inson ko‘rganlarini analiz qiladi, taqqoslaydi, umumlashtiradi, ijod vaqtida tafakkur jarayoni faollashadi.
Maktabgacha bo‘lgan yoshda bolada har tomonlama uyg‘un rivojlanish kuzatiladi. Psixologlar va pedagoglar shunday xulosaga kelishdiki, maktabgacha yoshdagi bolada ijodga bo‘lgan layoqatni erta rivojlantirish kelajagidagi omadga qo‘yilgan garovdir. Estetik tarbiya – bu davomli hamda murakkab jarayon bo‘lib, bunda bolalar san’atga bo‘lgan ilk taasurotlarini hosil qiladilar, ijodiyot bilan to‘qnashadilar, ijodiy faoliyatning turlari bilan shug‘ullanadilar. Bundan ijod faoliyat turlari orasida tasviriy san’at, ganch, applikatsiya, loyihalash yetakchi o‘rinni egallaydi. Erta yoshdan bolada ajoyibot hissi, estetik zavq rivojlanishi muhim, san’at asarlarini, ona tabiyatning go‘zalliklarini tushunish hamda baxolay olishi lozim. Bu esa o‘z navbatida xar tomonlama rivojlangan boy ruxiy shaxsni shakllantirishga yordam beradi. V.A.Suxomilinskiy yozishicha “Bola tabiatan sinchkov tadqiqotchi, olamning ixtiyorochisi. Shunday ekan ular qarshisida ajoyib dunyo yorqin ranglarda, yorqin va hayajonli ovoz, ertaklarda hamda o‘yinlarda, shaxsiy ijodda, odamlarga ezgulik ulashuvchi holatda namoyon bo‘lsin. Ertak, fantaziya, o‘yin orqali, bundan tashqari bolaning takrorlanmas ijodi orqali bolaning qalbiga to‘g‘ri yetib boriladi”.



Download 52.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling