Mundarija kirish I bob. Katta yosh guruhidagi bolalarning tasviriy qobilyatlarini va ijodkorligini rivojlantirishning nazariy asoslari


Download 52.17 Kb.
bet8/9
Sana17.06.2023
Hajmi52.17 Kb.
#1549228
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5400075386421782902

Amaliy metodlar. Tasviriy san’atga o‘rgatish mobaynida bolalar turli materiallardan foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘ladilar. Rasm chizish, loydan buyum yasash, applikatsiya turli metodlardan hamda o‘rgatish usullaridan foydalanishni talab qiladi, shu jumladan bolalarda ko‘nikma malakalarni hosil qiladigan amaliy metodlardan ham foydalanish talab qiladi. Amaliy metodlardan asosiysi bo‘lmish, texnik va ba’zan tasviriy malakalarni o‘rgatadigan mashqlardir. Kichik guruhda bu mashqlar bolalar uchun sezilarli emasdir yumaloq shaklli predmetlarni yasashni o‘rganib, bolalar koptokni, olmani, apelsinni va shu kabi predmetlarni yasaydilar. yo’llarni, yomg‘irlarni chizib, ular gorizontal va vertikal chiziqlarni chizishni mashq qiladilar. Katta guruhdagi bolalar oldida esa to‘g‘ridan to‘g‘ri ma’lum bir topshiriq qo‘yiladi, chiroyli va to‘g‘ri shtrix bilan chizishga o‘rganish. Shtrixlab chizishni ko‘rsatib bergandan so‘ng, bolalarga murakkab bo‘lmagan predmet konturini (masalan: uy, qo‘ziqorin, olma) chizib olib, uni ozoda qilib bo‘yamaslik rasmni xunuk qilib qo‘yishini biladilar va sidqidildan mashq qiladilar. Mashqlardan tasviriy xarakterga ega bo‘lgan topshiriqlarni tushinish uchun foydalaniladi. Masalan, tarbiyachi bir chiziq bilan inson boshining yonmacha qiyofasini chizishni ko‘rsatib berganidan so‘ng, bolalar bir necha marta odam boshining rasmini qayta - qayta chizadilar. Tarbiyachining vazifasi bolalarning tasviriy faoliyatini shunday tashkil qilish kerakki, u faol va ijodiy bo‘lsin. Har bir ta’limiy faoliyat faqatgina didaktik vazifasini emas, ya’ni ma’lum bir predmetni tasvirlashni o‘rgatish emas, balki boladan ishni mustaqil bajarishni ham talab qiladi. Shu maqsad bilan tarbiyachi turli xil usullardan foydalanishi mumkin: maslaholat, maqtov, topshiriqni bajarish usulini ko‘rsatmasi (to‘liq bo‘lmagan), o‘yinchoq ko‘rsatmasi, eslatma va shu kabilar. Bolani shunday holatga qo‘yish kerakki, u o‘ylagan o‘yini bajarishi uchun o‘zi yo‘l topsin. Shunday qilib u yoki bu metod va usullarni tanlash quyidagilarga bog‘likdir:
-Ta’limiy faoliyat mazmuniga va ta’limiy faoliyat oldida turgan maqsadga, shu bilan birga, tasviriy faoliyatning vazifalariga;
-Bolalarning yoshi va rivojlanish darajasiga;
Bolalar foydalanadigan tasvirlash materiallariga bog‘liqdir. Atrof olam haqidagi tasavvurlarni mustahkamlash maqsadidagi ta’limiy faoliyatlarda, asosan og’zaki metodlar qo‘llaniladi: suhbatlar, bolalarning ko‘rganlarini xotiradan qayta eslash uchun yordam beradigan savollar beriladi. Tasviriy faoliyatning turli ko‘rinishlarida o‘rgatish usullari turlichadir, chunki bir obraz turli vositalar yordamida vujudga keltiriladi. Masalan: mazmunli mavzularda kompozisiyaga o‘rgatish vazifasini rasmda illyustratsiyalarga qarab tushuntiriladi, uzoqlashgan predmetlar yuqoriroqda, yaqindagilari esa pastroqda chiziladi. Bu masala loydan buyum yasaganda shakllarning ularning holatiga qarab joylashtiriladi; yonma-yon yoki ketma-ket va hokazo. Bu yerda alohida tushuncha yoki ko‘rsatma berish shart emas. Har bir usuldan o‘ylab, ta’limiy faoliyat oldida turgan vazifalarga nisbatan, dasturda berilgan ta’limiy faoliyatning mazmuniga nisbatan va asosan ushbu guruh bolalarining qay darajada rivojlanganligini hisobga olgan holda foydalanish kerak. Ta’limiy faoliyatda alohida metod va usullar ko‘rgazmali va og‘zakilari - o‘zaro qo‘shiladi, mujassamlashtiriladi va bir-biriga umumiy ta’lim jarayonida bog‘lanadi. Ko‘rgazmalilik bolalar tasviriy faoliyatining moddiy hissiy asosini yangilaydi, so‘z esa to‘g‘ri tasavvurni, tahlilni, idrok qilinganlarni va tasvirlatganlarini umumlashtirishni shakllanishiga yordam beradi.


Xulosa
Katta yoshdagi guruh bolalarida ijodiy qobilyatlarni rivojlantirishda va ularni maktab ta’limiga tayyorlashda tasviriy faoliyatda badiiy idrok, ijodkorlik hislatlarini shakllantirishning aspektlari bo‘yicha kasbiy tayyorlash tizimini takomillashtirish muammosini nazariy tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, ushbu jarayonning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lajak tarbiyachi faoliyatning gumanistik motivlariga, kommunikativ mahorat va qobiliyatlarga ishonch bilan egalik qilishga, rivojlangan empatik qobiliyatlarga va pedagogik muammolarni hal qilishda ijodkorlikning namoyon bo‘lishiga yo‘naltirishni talab qiladi.
Ijodkorlik faoliyatining ayrim nishonalari nasldan-naslga o’tadi va bunga oilaviy dinastiyalar misol bo’ladi. Shu bilan birga, shaxsning butun hayoti davomida tinmasdan o'z ustida ishlashi uning ijodkorlik faoliyatida yuksak natijalarga erishishning asosiy sharti hisoblanadi. Shu o’rinda har birimizning aynan qanday faoliyatga nasliy nishonalar mavjudligini qanday aniqlashimiz mumkin? degan eng murakkab savol yuzaga keladi. O’z qobiliyatlarini bolalikdanoq bilish, ularni maqsadli rivojlantirish va o’z kasbi va foliyati sohasini izlashga yillar va xatto o’n yilliklarni yo’qotmaslik imkonini beradi. Biroq tez-tez shunday ham bo’ladiki, universitetni tugatib bir necha yil ishlagandan keyin inson bu uning ishi emasligini anglaydi. Bizning hayotimiz qisqa va kam natijali, insonga quvonch baxsh etmaydigan faoliyatga bir necha yilning yo’qotilishi juda achinarlidir. Hozirgi paytda, bolalar va kattalarning qobiliyatlarini aniqlash uchun turli xil psixologik testlar ishlab chiqilgan, lekin muammoning yakuniy yechimiga hali uzoq.

Download 52.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling