Mundarija kirish I. Bob. Koʻchmanchilar va oʻtroq xalq turmush tarzi,madaniyati
I.BOB. KOʻCHMANCHILAR VA OʻTROQ XALQ TURMUSH TARZI
Download 29.27 Kb.
|
KOʻCHMANCHILAR VA OʻTROQ XALQ TURMUSH TARZI,MADANIYATI
I.BOB. KOʻCHMANCHILAR VA OʻTROQ XALQ TURMUSH TARZI,
MADANIYATI Koʻchmanchilar turmush tarzining asosiy jihatlari Koʻchmanchilik — jamiyatning ijtimoiy guruh hayoti va nasl-nasabini saqlash va tirik qolish uchun tinimsiz koʻchib yurishidir. Odatda koʻchmanchi turmush tarzini olib boradigan urugʻ va qabila rishtalari asosida shakllangan ijtimoiy guruhlarning bunday turmush tarzi koʻchmanchilik deb ataladi. Koʻchmanchilikda iqlim va geografik sharoitga qarab odamlar va hayvonlarning tekislikka tushib togʻlarga koʻtarilishi, toʻgʻrirogʻi, hayvonlarning shu tarzdagi tabiiy hayotga moslashishi (boshqacha aytganda, hayvoniy instinkti) nazarda tutiladi. Ushbu mavsumiy koʻchish yoki geografik sharoitga moslashishga intilish koʻp jihatdan tirikchilik manbai boʻlgan chorvachilik bilan bogʻliq. Xalqlar hayotida dehqonchilikka asoslangan hayotga oʻtishdan oldin chorvachilik bilan shugʻullaniladi va buning tabiiy natijasi oʻlaroq hayvonlarni parvarish qilish va oziqlantirish kerakligi tufayli koʻchmanchilar tabiiy hayotga moslashishga majbur boʻladilar. Koʻchmanchilik turmush tarzi negzida asosan chorvachilik boʻlib, butun boshli bir xalq yoki qabila tomonidan chorva molarini oʻtlqlarda boqib yurish asosiy jixatlardan biri xisoblanadi. Demak dastlabki chorvachilik va dehqonchilikni bir biridan ajralib chiqishi taraqqiyoti haqida soʻz yuritish joiz. Mezolit davrida Old Osiyoning ba’zi viloyatlarida termachilikdan yovoyi o‘simliklarni xonakilashtirishga hamda ovchilikdan chorvachilikka o‘tish boshlanadi. Bu davrida ham urug' a'zolarining jamoa mehnati va oʻzaro yordamlari hayotning zaruriy sharti boʻlgan. Kamon va oʻqlardan iborat yangi qurollarning, xoʻjalikning yangi turlari vujudga keldi. Mil. avv. IX-VII mingyilliklar davomida Old Osiyoda ovchilikdan chorvachilikka va termachilikdan dehqonchilikka, xo'jalikning ishlab chiqarish shakliga o'tish boshlangan. Bu jarayon tarixda bir vaqtda boshlanmagan va ba'zi joylarda ancha erta, boshqa joylarda biroz kech sodir boʻlgan. Bunday jarayonlarning paydo boʻlishiga mezolit davridagi iqlim oʻzgarishlari xam sabab boʻlgan, boʻlishi mumkin chunki mezolit davriga kelib yer yuzidagi ulkan muzlikning yana shmolga tomon siljishi natijasida iqlim barqarorlashib, hozirgi davdagiga ancha o'xshab qolgan edi. Hayvonlami qoiga oʻrgatish qay tariqa boshlangan? Tarixchi-lar va etnograflaming aytishicha, ovda kamon ishlatilishi natijasida bevosita iste’moldan ancha koʻp oʻlja topish mumkin edi. Ovchilar yarador hayvonlami yoki ulaming bolalarini birdaniga oʻldirmasdan, uylariga olib kelishgan. Ayrim hollarda, bu hayvonlami odamlar oziq-ovqat gʻamlab qoʻyish maqsadida boqishlari lozim bo‘lgan va shu tarizda ilk chorvachilik shakilangan. Markaziy Osiyo xududida mil. av. 2-ming yillikning oxiri va 1-ming yillikning boshlarida Osiyoning togʻ oldi hududlari va dashtliklarida istiqomat qiluvchi oʻtroq va yarim oʻtroq qabilalarning bir qismi hayotida yarim Koʻchmanchilik va Koʻchmanchilik turmush tarzi shakllanib, koʻchma chorvachilik xoʻjaligi muqimlashadi. Mil. av. 1-mingyillikda esa, Koʻchmanchilik ayniqsa, Markaziy Osiyoda keng tus oladi. Mil. av. 2-ming yillikning 2-yarmi va 1-ming yillikning boshlarida yashagan chorvador podachi jamoalarining moddiymadaniyat yodgorliklari qad. Xorazmda (Toza-bogʻyop), Zarafshon vodiysi (Urgut, Kattaqoʻrgʻon)da, Fargʻona vodiysi (Vodil va Karomkoʻl) da, Toshkent vohasida (Achikoʻl) topib oʻrganilgan (q. Andronovo madaniyati, Tozabogʻyop madaniyati). Oʻrta Osiyoning qad. koʻchmanchilari va chorvachilik toʻgʻrisida yozma manbalarda (Avesto, yunon muarrixlari Gerodot va Strabon asarlari hamda Xitoy solnomalari) koʻpgina qiziqarli maʼlumotlar keltiriladi. Mas. Avestoda qad. Turonzaminning tabiati — qalin qor bilan qoplangan togʻlari, bahorgi suv toshqinlari, maysali yaylovlari va qoʻyqoʻzilari taʼriflanib, choʻpon — «Xshupan» nomi bilan alohida tabaqa vakili sifatida ulugʻlanadi. Chorvachilik «ezgu amal» deb taʼriflanib, «chorvani» vodiylarda qoʻralarda saqlash, «yirik va mayda shoxli mol koʻp oʻgʻit bersa, oʻsha yer aziz» degan satrlarda chorvachilikning hayotiy mohiyati borasida olqishli soʻzlar yuritiladi va bunday xoʻjalik ezgu amal sifatida targʻib etiladi. Gerodot Pont Evksin (Qora dengiz) boʻylarida yashovchi yilqiboqar skiflar, Turonning koʻchmanchi chorvadorlari, massaget qabilalari haqida xabarlar bersa, Xitoy solnomalarida esa hunnu, syanbi, usun va b. koʻchmanchilar toʻgʻrisida tarixiy tafsilotlar keltiriladi. Tabiiy sharoitga qarab Koʻchmanchilik turli shaklda amalga oshiriladi. Yozma manbalarda berilgan tasniflarga qaraganda, oʻrta asrlarda koʻchmanchi chorvadorlar oʻz podalarini dashtliklar boʻylab bahorda uglov uchun jan. dan shim. ga va koʻzda esa qishlov uchun shim. dan jan. ga tomon haydaganlar (mas, oʻtmishda qozoqlar va b.). Ayrim koʻchmanchi qabilalar (mas. arablar, oʻgʻuzlar, moʻgʻullar va balujlar) dashtliklarda qish va bahorgi yogʻingarchiliklardan hosil boʻlgan qoqlar — koʻlmaqlar hamda karvon yoʻllar va yaylovlarda maxsus kavlangan quduklar oralab yoki ayrim suvloqlar atrofida koʻchib yurganlar. Koʻchmanchi chorvadorlarning 3-guruhi esa (kurdlar, pashtunlar, hazoralar, nuristoniylar va qirgʻizlar) yozda vodiylardan togʻ yaylovlariga, koʻzda esa, aksincha, togʻ yon bagʻirlaridan vodiylarga tomon koʻchganlar. Shubhasiz, yaylovlarga koʻchib borib oʻrvashish, chorva mollarini birgalikda oʻtlovlarga yoyish chorvador urugʻ-aymoqlarni birlashtirib, ular oʻrtasida qabila va qabilalar ittifoqi uyushmasini shakllantirgan. Garchi yaylov chorvachiligi koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi aholining asosiy mashgʻuloti hisoblansada, Koʻchmanchilik xoʻjaligida qoʻshimcha ozuqa beruvchi dehqonchilik va ovchilik ham maʼlum darajada oʻrin tutgan. Ayrim qabilalarning yarmi koʻchib yursa, yarmi oʻtroq yashagan. Ibtidoiy dehqonchilik, odatda, chorvachilik va ovchilik bilan birga qoʻshib olib borilgan. Oʻrta Osiyoda yashagan saqlar, hunnularning bir qismi va qad. turklar va b. chorvadorlar maʼlum darajada dehqonchilik bilan shugʻullangan. Koʻchmanchilar hayotida, ayniqsa, hunarmandchilik taraqqiy topgan edi. Arxeologik topilmalar va yozma manbalarning guvohlik berishicha, sakmassaget qabilalar oʻrtasida misgarlik va zargarlik yuqori darajada boʻlib, fanda «hayvon tasvirlari naqqoshligi» nomi bilan shuhrat topgan oʻziga xos yuksak sanʼat uslubi keng tarqalgan. Gerodotning yozishicha, massagetlar mis va oltindan qurol-yarogʻlar, ot anjomlari, idish-tovoqlar, zebi-ziynatlarni yasashni, shuningdek, tilla va kumush bezaqli naqshinkor bosh kiyimlar, kamar va belbogʻlar kabi zardoʻzlik buyumlarini tikishni bilishgan. Oʻrta asr yozma manbalarida koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi aholi «sahronishin» — saxroyi, «dashtnishin — dashtlik va «koʻhnishin» — togʻlik shakllaridagi atamalar bilan tilga olinadi. Yozgi va qishki yaylovlarning yaqinroq masofada joylashgani chorvador qabilalarning maʼlum qismi uchun yarim oʻtroq va yarim Koʻchmanchilik bilan kun kechirishga hamda yordamchi xoʻjalik sifatida ibtidoiy dehqonchilik bilan ham shugʻullanishga imkon bergan. Bunday chorvador aholi qishlov uchun xashak tayyorlab jamgʻarishni koʻzlab koʻchma boshpanalar bilan bir qatorda doimiy turar joylar ham barpo etgan. Koʻchmanchilik xoʻjaligining asrlar davomida kengayib borishi bilan chorvador aholining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida fanda «dasht yoʻli taraqqiyoti» nomi bilan talqin etilgan oʻziga xos rivojlanish soʻqmoqlari shakllangan. Bunday yuksalish yoʻnalishining inʼikosi koʻchmanchi chorvadorlarning moddiy madaniyati va maʼnaviyatida oʻz aksini topgan. Koʻchmanchilik xoʻjaligining kengayishi va chorva boshlarining ortib borishi bilan koʻchmanchi aholi oʻrtasida mulkiy tengsizlik va ijtimoiy tabaqalanish yuzaga keladi. Koʻchmanchi qabilalarning umum mulki hisoblangan chorva mollari bilan bir katorda xususiy chorva paydo boʻladi. Garchi yozgi va qishki yaylovlar hamda suv manbalari (quduq va qoklar hamda daryo va koʻl yoqalarida joylashgan suvlotlar) urugʻ va qabilalarning umumiy mulki hisoblansada, biroq qoʻra-qoʻra molu, otar-otar koʻyu echkilar va uyur-uyur yilqilar urugʻ va qabila boshliqlarining shaxsiy mulkiga aylantiriladi. Mas., mil. av. lll - mil. lV- asirlarda Sirdaryo havzasining oʻrta qismida tashkil topgan Qangʻ davlatinmng jabgʻulari oʻz chorva mollarini Taloye yaylovlaridan Sarisu va Chu daryolarining etaklari tomon haydasa, qish faslini Ohangaron vodiysida oʻtkazgan. Bu kabi koʻchishlar koʻchmanchi turkiylardaxam sodir boʻlgan. Turkiy xalqlar dastlab askar va maʼmurlar sifatida oʻrnatilayotgan yangi tartibni uzoq vaqt yoqlamadilar. Chunki koʻchmanchilikdan oʻtroq hayotga oʻtilishi ularning siyosiy hukmronligi va hattoki mavjudligini tugashiga olib keladi degan qarashga ishonishar edi. Ular, shuningdek, urbanizatsiyani dangasalik sifatida qabul qilgan edilar. XI asrda koʻchmanchi oʻgʻuzlar shahar aholisini Yatuk yaʼni dangasa deb taʼriflashgan. Archa togʻli hududlarda tez oʻsadi va koʻpayadi. Shu boisdan ham togʻ hayotida oʻzlashtirgan koʻchmanchi madaniyatlarda archa muhim oʻrin tutgan. Bundan tashqari, baʼzi koʻchmanchi xalqlar, shoman turkmanlari va alaviy-bektoshiylarga mansub madaniyatlarga xos diniy marosimlar odatda archa tutuni bilan oʻtkazilgan. Turkiy xalqlarning koʻchmanchiligi faqat yashash uchun emas, balki mavsumiy tabiiy hayotga moslashishdir. Darhaqiqat, tabiatga maʼno berish jarayoni yashash, anʼanalar va eʼtiqodlar bilan bogʻliq dunyoqarashlariga katta taʼsir koʻrsatgan.Dastlab turkiy xalqlar eng yirik koʻchmanchi xalqlardan biri boʻlib jumladan bular:Avarlar, Bulgarlar, Tatarlar, Kumanlar, Xunla, Qipchoqlar, Hazarlar, Bijanaklar, Saljuqiylar, Wu Ho, Qazoqlar, Qirg'izlar, No'g'aylar kabi urugʻlarga boʻlingan. Download 29.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling