Mavzu: Farg’ona viloyati arxitektura yodgorliklari


Download 1.4 Mb.
bet1/7
Sana18.02.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1209794
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9-20- guruh talabasi Qurbonov Umidjon

mavzu: Farg’ona viloyati arxitektura yodgorliklari

Bajardi: 9-20-guruh talabasi Qurbonov Umidjon

Tekshirdi : Shoisayev .I


Farg'ona vodiysi Markaziy Osiyo tarixi va madaniyatida doimo muhim rol o'ynagan. Alqissa, Farg'ona davlati to'g'risidagi ma'lumotlar qadimiy xitoy solnomalarida eramizning II asri oxiridan boshlab keltiriladi, O'rta asrlarda esa u Movarounnahrning etakchi o'lkalaridan biri hisoblangan.Farg’ona viloyati o’zining arxitekturaviy va qadimiy yodgorliklari bilan ajralib turadi.

XUDOYORXON O'RDASI(SAROYI)


XVIII asrdan e'tiboran, Qo'qon xonligining poytaxtida ko'plab masjid, madrasa, savdo rastalari, bozorlar, boshqa tarixiy obektlar bunyod etilgan. Ular orasida Xudoyorxon tomonidan 1873 yilda qurilgan O'rda yaxshi saqlangan. Bu binoni "Xudoyorxon saroyi", deb ham ataydilar. Saroyning umumiy maydoni - 4 gektar, uning poydevori 3 metr balandlikka ko'tarilgan. Shu sababli ham saroyga bosh darvoza orqali kirish uchun sharqiy tomondan maxsus yo'l qurilgan. Darvozaxonaning ustki qismiga arab harflari bilan "Buyuk Sayid Muhammad Xudoyorxon", deb yozib qo'yilgan
Saroy qurib bitkazilganida, uning uzunligi 138 metr, kengligi 65 metrni tashkil etgan edi. Saroy 7 ta hovli va 119 ta xonadan iborat bo'lgan. O'sha paytda o'rda ichki va tashqi devorlar bilan o'rab olingandi. Devorlar saqlanib qolmagan, bizgacha faqat ikkita hovli va 19 ta xona etib kelgan, xolos. Bugun bu erda Qo'qon o'lkashunoslik muzeyi joylashgan. Sharqda, yangi hukmdor yangi pul deyiladi. Shuni aytish mumki yangi hukmdor - yangi saroy. Qo'qonning qo'zg'alon tarixida, bugungi kungacha omon qolgan Xudoyorxon saroyi hukmdorlarning yettinchi qarorgohi edi va bunga faqat bir yarim asr bo'ldi.

BIBI UBAYDO ZIYORATGOHI


Bu ziyoratgox Buvayda qishlog'idan 8 km. sharqda, Markaziy Farg'ona cho'lining g'arbiy poyonida joylashgan. Qishloq “Bibi ubayda” (Xazrat Bibi) nomi bilan yuritiladi. Bu yerdagi qabristonga vodiyda musulmonlikni birinchilardan bo'lib qabul qilgan ayol, birinchilardan bo'lib xaj ziyoratiga musharraf bo'lgan, Farg'ona vodiysiga Islom dinini yoygan arab sarkardasi Sa'd ibn Usmonning turmushdoshi Bibi Ubayda dafn qilingan. Bu joydan keyinroq qabriston va ziyoratgoxga aylanib ketgan.Bibi Ubayda ziyoratgoxi milliy uslubda belgilangan Maqbara, namozgox, binolar, ayvonlardan iborat. Ziyoratgox 2000-2001 yillar xayriya mablag'lari xsobiga xashar yo'li bilan ta'mirlangan.
Bibi Ubaydo ziyoratgohi Fargʻona viloyati Buvayda tumani Buvyada qishlogʻida joylashgan muqaddas ziyoratgohlarda biri hisoblanadi. Bu ziyoratgoh majmuasi tarixi qadim zamonlarga borib taqaladi. Bibi Ubaydo xonim nomi bilan ataluvchi ziyoratgoh 10-11 asrlardan buyon mavjud, Bibi Ubaydo xonim yashagan joylari ustida qurilan bu ziyoratgoh 2005 yili butunlay taʼmirdan chiqarilgan va uning tarkibida boʻlgan xar bir inshoot qayta qurildi va taʼmirlandi. Taʼmirdan chiqqan muqaddas maskan yilning har bir faslida ziyoratchilar bilan gavjum. Bibi Ubaydo xonim keyinchalik shu ziyoratgoh xududida vafot etgan va dafn etilgan .Ziyoratgox hududi 19-20 asrlarda juda haroba koʻrinishga kelib qolgan. Uning qayta taʼmirlanishi natijasida uning asl qiyofasi qayta tiklangan. Bumozor qishlogʻi hududida joylashgan maskan kuniga ikki yuzga yaqin ziyoratchilar, mehmonlar va sayyohlar tashrif buyuradi

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling