Mavzu: Farg’ona viloyati arxitektura yodgorliklari


Download 1.4 Mb.
bet3/7
Sana18.02.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1209794
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9-20- guruh talabasi Qurbonov Umidjon

Bandikushod ziyoratgohi


Bandikushod ziyoratgoxi Bandikushod qishlog'idagi shu nomi bilan ataluvchi arheologik yodgorlik yaqinida joylashgan. Bandikushod tobe'inlardan bo'lib, Shox Jarir oilasining qo'riqchisi, otboqari bo'lgan. Bandikushod “Bandlarni echuvchi zot” degan ma'noni bildiradi. Avvallari Bandikushod ota mozorida uch honali chillahona va chiroqhona, 3 ta xovuz xamda katta qayrag'och bo'lib, uning kovagiga ziyoratchilar tanga tashlaganlar. Bandikushod ota mozoriga asosan bandga tushganlar, ya'ni yo'li to'silganlar, savdoda ishi yurishmay qolganlar kelib, niyat aytib mozor devoriga tosh qo'yib ketganlar. Ziyoratgox mustaqillik davriga kelib qayta ta'mirlandi.

Chomoch buva yodgorligi ziyoratgohi


Rivoyatlarga ko'ra bu yerga Mirzo Boburning Oltin Beshikxon ismli farzandining oltinchi avlodi, XVII asrda yashab o'tgan Tangriyorbiy – Shoxmastbiy, ya'ni Chomochbiy dafn qilingan. U mavlono Lutfullo Chustiyning shogirdi bo'lib, tasavvuf ilmida benazir edi. Uning kuchli e'odi tufayli unga “Shohmastbiy” (uning maxsus formasi Chomochbiy) oliy maqom byerilgan. U vafot etgach uning qabri ziyoratgoxga aylandi. Qo'qon honlari unga atab maqbara qurishgan va katta e'tiqod bilan qarashgan. Buning uchun bu qo'rg'oncha va mozor Chomochbiy deb aytiladigan bo'lgan. Vaqtlar o'tishi bilan qo'rg'oncha qishloqqa, mozor esa ziyoratgoxga aylangan.

Hob buva ziyoratgohi


Bu maqbarada Baxouddin Naqshband hazratlari izdoshi Sayyid Jalolxon to'ra o'g'li Sayyid A'zamxon to'ra dafn qilingan. Uch inson hayvonlar bilan tillasha olish imkoniyatiga ega bo'lgan ekanlar. O'z vaqtida bu hududga yov bo'qini bo'lib turgan, ayni paytda jang qilayotgan aholi mag'lubligiga uchray. Shu payt Sayyid A'zamxon to'ra tepalikka chiqib, o't bo'lib kishnab, otlarga buyrug' bergan. Shunda dushman otlari utidagi askarlarni uloqtirib, ortga qarab qocha boshlagan. hayot, xalq dushman xujumidan omon qolishgan ekan. Shunda so'ng, aholi Sayyid A'zamxon to'raga Kishnog'ich ota deb atay boshlagan. Vafotlaridan so'ng ham, bu kishi dafn qilingan joyga maqbara qurilgan. Ush maqbara Xudoyorxon xukmronligining 3-davrida qayta ta'mirlangan.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling