Mavzu: Farg’ona viloyati arxitektura yodgorliklari


Download 1.4 Mb.
bet6/7
Sana18.02.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1209794
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9-20- guruh talabasi Qurbonov Umidjon

Langarota ziyoratgohi


Langar ota ziyoratgohi Qo‘shtepa tumani Langar MFY xududida joylashgan.Langar qishlog‘ida joylashgan bu ziyoratgoh Qo‘qon xonligi tarixiga doir 1872 yildagi arxiv hujjatlarida “Langar” deb qayd etiladi. Ma'lumki, “Langar” atamasi “mozor, ya'ni ziyorat joy, “karvonsaroy, ya'ni karvonlarning to‘xtash bekati ma'nolarini anglatadi. Shu davrda karvon yo‘llarini tartibga soluvchi chorraxadagi bu joy ilohiylashtirila boshlangan. Chindan ham Langar qishlog‘ida miloddan avvalgi II-milodiy VI asrga mansub arxeologik yodgorlik mavjud. Uning ustiga qurilgan maqbara dastlab temuriylar davriga mansub. Lekin XIX asrda u qayta qurildi va aziz ziyoratgoh sifatida qadrlangan. Maqbara ichidagi qabrga kim dafn etilganligi noma'lum.Langar ota ziyoratgohi milliy uslubda qurilgan Maqbaradan iborat.

Sarmozor ziyoratgohi


Qo‘shtepa tumani, Sarmozor MFY, Sarmozor qishlog‘ida joylashgan “Sarmozor ziyoratgohi” ning bunyod bo‘lishi XIX asrga borib taqaladi.Sarmozor nomli zot bilan bog‘liq. Sarmozor hazratlari shu yerda bir necha yil yashab, shu yerga dafn qilinadilar. Yozma manbalarda ushbu muborak maskan “ma'dani fayzi ilohiy” – “ilohiy fayzlar koni”, “mazhari jud karam” – “jud ehson manbai”, “dorush-shifo” – “shifolar uyi”, “matlai omol” – “orzular ushaladigan yer” kabi sifatlar bilan ta'riflangan. Bu ziyoratgoh qabriston hududida joylashgan, ziyoratchilarni kelib ketishlari va ziyorat qilishlari uchun qulayliklar mavjud. Maqbara xomiylik asosida ta'mirlangan.

Xo‘ja Hasan ziyoratgohi


Ho‘ja Xasan maqbarasi XX asrda paydo bo‘lgan. Xo‘ja Hasan ziyoratgohi milliy uslubda qurilgan Maqbara, binolardan iborat.Ma'lumki, Ofoqxojaning Abdusamadxoja, Mahdi xoja, Yahyo xoja, Hasan xoja, Qilich Burhoniddin xoja ismli o‘g‘illari bo‘lgan. Ul zotning shu besh o‘g‘li ichida Hasan xoja bilan bog‘liq bir tazkirlari mavjud.Shunday tazkiralardan birida Xoja Hasan Farg‘ona vodiysiga bostirib kelgan qalmoqlarga qarshi Quva mavzesi atrofida yuz bergan janglarda ishtirok etadi va dushmanni Farg‘ona zaminidan quvib chiqarishda mahalliy aholiga yaqindan yordam beradi. Xoja Hasan garchand Farg‘onadan olisdagi Qoratol qishlog‘ida (Tojikiston respublikasi) vafot etsada, keyinchalik mahalliy xalq uning qadamjolari sharafiga Farg‘onaning Marg‘ilon, Avval, Quva, Qo‘qon, Beshariq singari hududlarida ziyoratgohlar barpo etadilar va bu qadamjolar aholining sevimli ziyoratgohlariga aylanadi

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling