Mundarija kirish I bob. Kompetensiyaviy yondashuv asosida boshlangʻich sinf oʻqish darslarida vatan mavzusi II bob. Boshlangʻich sinf oʻqish darslarida vatan mavzusi bilan bogʻliq asarlarni oʻqitishda zamonaviy yondashuv


Oʻqituvchining kasbiy shakllanishi


Download 41.06 Kb.
bet2/10
Sana04.02.2023
Hajmi41.06 Kb.
#1158359
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MDI kompitensiya

Oʻqituvchining kasbiy shakllanishi
Oʻqituvchining kasbiy shakllanishi oliy oʻquv yurti dargohida kasbiy ta’lim olish jarayonida boshlanadi. Pedagogika oliy oʻquv yurtlarining oʻquv-reja va fanlar boʻyicha dasturlarida boʻlajak oʻqituvchilarga shu kasbning sir-asrorlarini oʻrgatish, ilmiy bilimlar berish, oʻqituvchi kasbi haqida ma’lumot berish va koʻnikma hosil qilish nazarda tutiladi.
Ta’lim jarayonida fanlar boʻyicha amalga oshiriladigan seminar, amaliy va laboratoriya mashgʻulotlari nazariy bilimlarni mustahkamlashga hamda ularni koʻnikmaga aylantirishgagina emas, balki ularni amaliy ish jarayonida qoʻllashga ham imkon beradi. Bunday mashgʻulotlar tanlagan kasbi toʻgʻri ekaniga ishonch hissini uygʻotadi.
Oliy oʻquv yurtidan keyingi davrdagi oʻqituvchining kasbiy shakllanish jarayonida maktab rahbariyati, ayniqsa, ilmiy mudir hamda pedagogik jamoatchilik katta rol oʻynaydi. Yosh oʻqituvchilarga tajribali oʻqituvchilarni biriktirib qoʻyish, ularning darslarini kuzatish, uslubiy ishlarga jalb etish maktab rahbariyatining asosiy vazifalaridan biri. Oʻqituvchi oʻz kasbini sekin-asta oʻzlashtirib borishi bilan birga ota-onalar oʻrtasida pedagogik bilimlarni targʻib etadi. Shu yoʻl orqali ham kasbiy shakllanishi takomillashib boradi.
Oʻqituvchilik kasbini va pedagogik mahoratni egallash, maktab oʻqituvchilar jamoasiga kirishib, unda oʻz oʻrnini topib keta olishi yosh oʻqituvchining oʻziga bogʻliq. Jamoaning yordamidan yuz oʻgirmaslik, qiyinchiliklarga duch kelganda ruhan tushmay, oʻz xatolarini koʻra bilish va uni bartaraf etish uchun harakat qilish uning oʻqituvchi boʻlib shakllanishidan darak beradi.
Shu bilan birga, oʻqituvchining kasbiy shakllanishi oʻz-oʻzini tarbiyalab borishga, oʻz ustida tinmay ishlashga va oʻz vaqtida malakasini oshirib borishga uzviy bogʻliq. Bularning hammasi kasbiy fazilatlarning ajralmas qismi hisoblanadi.
Ta’lim sifatini oshirishda oʻqituvchi kompetensiyasining ahamiyati
Oʻzbekistonda ta’lim tizimini oʻsib kelayotgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasining milliy gʻoyalari, talablari asosida tashkil etish, uni jamiyat taraqqiyoti istiqbollari va jahon andozalariga javob bera oladigan darajada boʻlishini ta’minlash bugungi kunning dolzarb masalasidir.
Ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni oʻtmish qoldiqlaridan tozalash va rivojlangan demokratik davlatlar darajasiga koʻtarish, jamiyat ravnaqi uchun yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash ta’lim tizimi xodimlarining umumiy vazifasidir.
Shaxsni har tomonlama rivojlantirishga yoʻnaltirilgan ta’lim-tarbiya tizimini nazariy-metodologik jihatdan qurollantirish – bugungi kunda pedagogika fanining bosh maqsadi sifatida belgilangan.
Yuqorida bayon etilgan yuksak, ammo, sharafli vazifalarni muvaffaqiyatli uddalash har bir pedagogik xodimdan yuksak kasbiy mahorat, bilimdonlik va keng dunyoqarashni talab etadi.
Pedagogik mahorat – oʻqituvchi ijodkorligining oliy namunasi boʻlib, u yillar davomida shakllanadi. Uning yuksak mahoratni egallashi gʻoyat murakkab jarayon boʻlib, pedagogika fanining eng dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi.
Oʻqituvchi kasbiga xos boʻlgan koʻpgina fazilatlar bilan birga uning pedagogik mahoratni egallashi katta ahamiyatga ega. Yuqori pedagogik mahoratga ega boʻlgan oʻqituvchigina oʻz kasbiga layoqatli, iste’dodli boʻlishi mumkin.
Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir oʻqituvchi yuqori pedagogik mahorat va keng dunyoqarashga ega boʻlishi kerak. Shundagina oz mehnat sarf qilib, katta natijaga erishadi, ijodkorlik uning hamisha hamkori boʻladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste’dodli kishidagina pedagogik mahorat egasi boʻlishi mumkin. Pedagogik faoliyatning samarali boʻlishi uchun oʻqituvchi oʻz fanini chuqur bilishi, unga turdosh fanlar haqida ham tushunchaga ega boʻlishi, oʻquv materialini oʻquvchilarga tushunarli qilib bayon eta olishi, oʻquvchilarda mustaqil ravishda faol fikrlashga qiziqish uygʻotishi, oʻquvchilarning bilim, kamolot darajasi va ruhiyatini hisobga olishi, ularning nimani bilishlari va hali nimani bilmasliklarini tasavvur eta olishi lozim. Qobiliyatli, tajribali oʻqituvchi oʻzini oʻquvchining oʻrniga qoʻya oladi, u kattalarga aniq va tushunarli boʻlgan narsalarni oʻquvchilarga tushunilishi qiyin va mavhum bir narsa boʻlishi ham mumkinligiga asoslanib ish tutadi. Shuning uchun u bayon etishning xarakter va shaklini alohida oʻylab chiqadi hamda rejalashtiradi.
Oʻqituvchi oʻquvchining, ichki dunyosiga kira olishi, oʻquvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy holatlarini juda yaxshi tushuna bilishi bilan bogʻliq boʻlgan psixologik kuzatuvlar olib borishi kerak. Bunday oʻqituvchi oʻquvchining ruhiyatiga koʻz ilgʻamas oʻzgarishlarni ham tez fahmlab oladi.
Oʻqituvchida nutq oʻz fikr va tuygʻularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyati hisoblanadi. Bu oʻqituvchilik kasbi uchun juda muhimdir.
Oʻqituvchining nutqi aniq, jonli, obrazli, talaffuzi jihatdan yorqin, ifodali, his-hayajonli boʻlib, unda stilistik, grammatik, fonetik nuqsonlar uchramasligi lozim.
Oʻqituvchi obroʻsi – oʻquvchilarga bevosita emotsional-irodaviy ta’sir koʻrsatish va shu asosda obroʻ qozona olishdir. Obroʻ faqat shu asosdagina emas, balki oʻqituvchining fanni yaxshi bilishi, mehribonligi, nazokatliligi va hokazolar asosida ham qozoniladi. Bu qobiliyat oʻqituvchi shaxsiy sifatlarining butun bir yigʻindisiga, chunonchi uning irodaviy sifatlariga Shuningdek, oʻquvchilarga ta’lim hamda tarbiya berish mas’uliyatini his etishga, oʻzining haq ekanligiga ishonishga, bu ishonchni oʻquvchilarga etkaza olish kabilarga ham bogʻliq.
Oʻqituvchi kasbiga xos boʻlgan xislatlar, ya’ni yuksak pedagogik mahorat unda birdaniga shakllanmaydi. U oʻz ustida tinmay ishlash, izlanish va koʻnikmalar asosida rivojlanadi.
Oʻqituvchining yuqori kasbiy mahoratni egallashi bevosita uzluksiz ta’lim tizimi orqali amalga oshiriladi. Uzluksiz ta’lim tizimida asosiy oʻrin egallagan malaka oshirish oʻquvchi faoliyatini tahlil qilish va unga istiqbol yoʻnalishlar berishga imkon beradi.
Hozirgi davr oʻqituvchidan oʻqitishning ilgʻor pedagogik texnologiya talablarini toʻgʻri tushunish, tashabbuskorlik, oʻz fani boʻyicha yangiliklardan xabardor boʻlishi va darslariga joriy eta olishni talab etadi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida oʻqituvchi va oʻquvchilar oʻrtasida hamkorlikni vujudga keltirish, doʻstona muhitni yaratish muammosining muvaffaqiyatli hal etilishi, fan oʻqituvchilari va maktab rahbariyatining egallagan bilim, koʻnikma malakalari va shaxsiy insoniy fazilatlarini egallaganlik darajasiga bogʻliq boʻladi.
Oʻqituvchi avvalo:
- Yumshoq koʻngilli, ochiq chehrali, shirinsoʻzli, bolalarni qanday boʻlsa shundayligicha yaxshi koʻrishi;
- Mehr-muhabbat, qalb gʻurini oʻquvchilarga bab-baravar boʻlib berishi, sinfda doʻstona muhitni yaratish va oʻquvchilarning oʻquv motivlarini rivojlantiruvchi kuch-ragʻbatlantirish metodlari ekanligini anglash;
- Oʻquvchilarning taqdiri, baxti va kelajagi uchun mas’ul ekanligini chuqur his etish, ularning nafsoniyati va qadr-qimmatini e’zozlash;
- Har qanday pedagogik vaziyatda oʻquvchilarga qoʻpollik qilmaslik, haqorat qilish va baqirish, taqdid va qoʻrqitishdan oʻzini tiyishi zarur;
- Oʻquvchilarni tushuna olishi, ularning his-tuygʻularini qadrlash, tashvishlari, iztiroblarini engishiga yordam berishi, yoshlik va psixologik rivojlanishda oʻziga xos xususiyatlari, qiziqishlari, ehtiyojlarini bilish.
Mamlakatimizda olib borilayotgan ta’lim tizimining odil va demokratiyalashtirilishi oʻquv jarayoniga oʻzgacha talab va oʻzgacha pedagogik munosabatlarni kashf etadi. Bu jarayon mazmun mohiyatdan avvalgidan tubdan farqlanadi.
Bu esa ta’lim sohasida oʻquvchi, oʻqituvchi, oila, mahalla hamkorlikda bir maqsad sari, ya’ni, DTS talablarini oʻzlashtirish va undagi me’yorlardan yuqoriroq natijalarga erishishni taqozo etadi.
DTS talablarini bajarishning asosiy omillaridan biri ta’lim jarayoniga samarali natijaga ega yangi pedagogik texnologiyalarning joriy etishidir.
Ta’lim jarayoniga ilgʻor pedagogik texnologiyalarni qoʻllash, ta’lim samaradorligini oshirish, ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etish orqali ijodkor, mustaqil fikr yurita oladigan ijtimoiy faol yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalash vazifasi muhim ahamiyat kasb etadi.
Oʻqituvchi yoshlarga zamon talablariga javob beruvchi bilimlarni berish uchun avvalo oʻzi ana shunday bilimlar bilan qurollangan boʻlishi kerak. Zero, tizimdagi yutuqlarning asosi maktablarda tashkil etiladigan dars jarayonining sifati bilan belgilanadi. Oʻquv soatlarida oʻquvchilarga etarli bilim berish hayotiy koʻnikmalarini oshirish va malakalarini shakllantirish oʻqituvchining kasbiy mahoratiga bogʻliq.
Oʻquvchining mustaqil fikrini bayon etish, oʻz yoʻnalishini tanlashi va buning asosi boʻlgan qarashlarini isbotlashi, oʻrni kelganda himoya qilishni oʻrgatilsa, yoshlarni mustaqil hayotga tayyorgarlik koʻnikmalarini shakllantirib borishga erishishi orqali ta’lim mazmunining natijasi yaqqol koʻzga tashlanadi.
Ta’limni isloh qilishda oʻqituvchi shaxsiga qoʻyilagn talablar kundan-kunga oshib bormoqda. Pedagogika fani oldida turgan muammolarning biri ham, aynan, oʻqituvchi va pedagog mehnat sharoiti muammosi hisoblanadi. Oʻqituvchining koʻp qirrali va murakkab faoliyati zamirida yosh avlodni bilimli va axloq-odobli qilib voyaga etkazish vazifasi yotadi.
Shu munosabat bilan bugungi kunda oʻqituvchi shaxsiga quyidagi talablar qoʻyiladi:
- oʻz fanini chuqur bilishi va uning metodikasini etarli darajada oʻzlashtirish;
- keng ilmiy dunyoqarashli va teran e’tiqod sohibi boʻlishi;
- ijtimoiy ehtiyoj va axloqiy zaruriyatni chuqur tushunishi;
- ijtimoiy va fuqarolik burchini chuqur anglashi;
- ijtimoiy-siyosiy faol boʻlishi;
- oʻz kasbi va bolalarni sevishi;
- ruhiy pedagogik ziyrak boʻlishi va yangilikka intilishi;
- oʻz xalqi tarixi, milliy qadriyatlari va urf-odatlarini chuqur oʻrganishi va ularni targʻibot qilishi;
- pedagogik kuzatuvchanlik, tashkilotchilik, talabchanlik, qat’iylik, vazminlik, haqqoniylik, oʻzini tuta bilish kabi xislatlar sohibi boʻlishi;
- oʻz kasbiga toʻla layoqatli va pedagogik takt (odob) egasi boʻlmogʻi lozim.
Xulosa qilib aytganda ta’lim tizimida faoliyat koʻrsatayotgan har bir pedagog-oʻqituvchi oʻzining butun bilim va tajribasini ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirishga yoʻnaltirishi bugungi kunning muhim dolzarb masalasidir.



Download 41.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling