Mundarija kirish I bob konstitutsiyaning qabul qilinish va kuchga kirgan davr


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/29
Sana29.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1400060
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29
Bog'liq
O`zbekiston Respublikasining konstitutsiyasiga qabul qilingandan

27-moddadagi shaxsiy hayot daxlsizligiga oid normalar kuchaytirilyapti: 

Har bir inson shaxsiy hayotining daxlsiz bo‘lishi, shaxsiy va oilaviy siri, o‘z 
sha’ni va qadr-qimmati himoya qilinishi huquqiga ega. 

Har kim o‘z shaxsiga doir ma’lumotlarni himoya qilish huquqiga ega. 

Har bir shaxs yozishmalarni, telefon va boshqa telekommunikatsiya 
qurilmalari orqali so‘zlashuvlarni, pochta-telegraf jo‘natmalarini hamda boshqa 
xabarlarni amalga oshirish erkinligi va ularning sir saqlanishi huquqiga ega. Ushbu 


36 
huquqning cheklanishiga faqat qonunda belgilangan hollarda va tartibda, sudning 
qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi. 
28-moddadagi: “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Respublika hududida bir 
joydan ikkinchi joyga ko‘chish, O‘zbekiston Respublikasiga kelish va undan chiqib 
ketish 
huquqiga 
ega. 
Qonunda 
belgilangan 
cheklashlar 
bundan 
mustasnodir” degan norma quyidagicha tahrirga o‘tkazilyapti: 

O‘zbekiston Respublikasi hududida qonuniy asoslarda bo‘lib turgan har bir 
shaxs respublika hududi bo‘ylab erkin harakatlanish, turar va yashash joyini erkin 
tanlash huquqiga ega, bundan qonunda belgilangan cheklovlar mustasno. 

Har kim respublikadan tashqariga chiqish huquqiga ega. O‘zbekiston 
Respublikasi fuqarolari O‘zbekistonga moneliksiz qaytish huquqiga ega. 
29-moddada internetdan foydalanish har kimning huquqi deb e’lon 
qilinmoqda (hozircha istisnolar, xususan sud qarorlari bilan cheklashga oid 
qo‘shimchalar loyihada yo‘q): 

Har kim internet jahon axborot tarmog‘iga kirish va undan erkin foydalanish 
huquqiga ega. 
30-moddada shaxsning o‘ziga taalluqli hujjatlar va ma’lumotlarga oid 
huquqlari aniq yozilmoqda: 

Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat 
birlashmalari, tashkilotlar va mansabdor shaxslar har kimga o‘z huquqlariga va 
qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan qonunchilik hujjatlari, shuningdek hujjatlar, 
qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini ta’minlashi shart. 

Har kim davlat organlarida, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida, 
jamoat birlashmalarida, tashkilotlarda o‘zi haqida to‘plangan ma’lumotlar bilan 
tanishish va noto‘g‘ri ma’lumotlarning tuzatilishini, shuningdek noqonuniy yo‘l 


37 
bilan to‘plangan yoki huquqiy asoslarga ega bo‘lmagan ma’lumotlarning yo‘q 
qilinishini talab etish huquqiga ega. 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling