Mundarija kirish I bob konstitutsiyaning qabul qilinish va kuchga kirgan davr


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/29
Sana29.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1400060
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
Bog'liq
O`zbekiston Respublikasining konstitutsiyasiga qabul qilingandan

17-moddaning birinchi qismi amaldagi tahriri bunday: “O‘zbekiston 
Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli sub’yektidir. Uning tashqi 
siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid 
qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa 


32 
davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning 
umum e’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi”
Mazkur moddaning yuqoridagi birinchi qismi o‘rniga quyidagicha birinchi va 
ikkinchi qismlarni kiritish taklif etilyapti: 

O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli 
sub’yektidir. Uning tashqi siyosati inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilish, 
davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, 
chegaralarning buzilmasligi, davlatlarning hududiy yaxlitligi, nizolarni tinch yo‘l 
bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga 
hamda xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga 
asoslanadi. 

O‘zbekiston barcha davlatlar bilan do‘stona va tinchliksevarlik tashqi 
siyosat olib boradi 
Amaldagi 17-moddaning quyidagicha ikkinchi qismi o‘zgarmay qoladi va 
uchinchi qismga aylanadi: “Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, 
farovonligi 
va 
xavfsizligini 
ta’minlash 
maqsadida 
ittifoqlar 
tuzishi, 
hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib 
chiqishi mumkin”. 
20-moddaga inson 
huquqlarining 
cheklanishini 
tiyib 
turishga 
oid 
quyidagicha norma qo‘shilyapti: 

Insonning huquq va erkinliklari faqat qonun bilan va boshqa shaxslarning 
huquq va erkinliklarini, shuningdek jamoat xavfsizligini va tartibini ta’minlash 
uchun zarur bo‘lgan doirada cheklanishi mumkin. 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling