46
O‘zbekistonning chet davlatlardagi va xalqaro
tashkilotlar huzuridagi
diplomatik vakillari faoliyati bilan bog‘liq masalalar yuzasidan hisobotlarni eshitish.
83-moddada
qonunchilik
tashabbusiga
ega
sub’yektlar
ro‘yxatiga
quyidagilar qo‘shilyapti:
O‘zbekiston Respublikasining saylov huquqiga ega bo‘lgan,
yuz ming
nafardan kam bo‘lmagan fuqarolari;
Oliy Majlis Senati;
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman);
Markaziy saylov komissiyasi.
Bu moddaning yangi tahriri
asosida Konstitutsiyaviy sud,
Oliy sud va bosh
prokurorning qonunchilik tashabbuslari doirasi cheklanmoqda: ular (shuningdek,
Sudyalar oliy kengashi ham) faqat “o‘z vakolatlariga oid masalalar yuzasidan”
qonunchilik tashabbusi bilan chiqishi mumkin bo‘ladi.
84-moddaning yangi tahriri bilan quyidagilar taklif etilyapti:
Qonunchilik palatasi qabul
qilgan qonunlarni Senatga
yuborishning cheklangan muddatini (qonun qabul qilingan kundan boshlab)
amaldagi 10 kundan 20 kunga uzaytirish;
Senat ma’qullagan qonunlarni imzolash va e’lon
qilish uchun
prezidentga yuborishning cheklangan muddatini (qonun ma’qullangan
kundan boshlab) 10 kundan 20 kunga uzaytirish;
Prezident Senatdan kelib tushgan qonunni imzolashi va e’lon
qilishining cheklangan muddatini amaldagi 20 kundan 2 oyga uzaytirish.
Do'stlaringiz bilan baham: