Mundarija kirish I bob konstitutsiyaning qabul qilinish va kuchga kirgan davr


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/29
Sana29.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1400060
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
O`zbekiston Respublikasining konstitutsiyasiga qabul qilingandan

117-moddada mahalliy kengashlar deputatligi uchun saylovni Markaziy 
saylov komissiyasi o‘tkazishi haqida norma kiritilmoqda. 
122-moddaga quyidagicha bandlar qo‘shiladi: 


52 

O‘zbekiston Respublikasida Davlat budjetini va davlat qarzini 
shakllantirish hamda ijro etish tartibi ochiqlik va oshkoralik prinsiplari asosida 
amalga oshiriladi. 

Fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlari O‘zbekiston Respublikasi 
Davlat budjetining shakllantirilishi va ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini 
amalga oshiradi. Fuqarolarning budjet jarayonida ishtirok etishi tartibi va shakllari 
qonunda belgilanadi. 
3.2 O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy
islohotlar va Konstitutsiyaga o’zgartish va qo’shimchalar kiritishning muhim 
elementlari 
Har qanday jamiyatda ijtimoiy munosabatlar rivojlanib borishi natijasida 
davlat va jamiyat hayotida muhim o‘zgarishlar qiiish zaruriyati vujudga keladi. 
1993-yil 28-dekabrda birinchi bor Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimcha 
kiritilgan bo‘lib, “0‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va 
qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunga
57
asosan O`zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 77-moddasi 1-qismi ( 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 150 
nafar deputatdan iboratjdagi “150 nafar deputatdan” degan so‘zlar “deputatlardan” 
degan so‘z bilan almashtirildi
58
.
0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasiga muvofiq, 
0‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti qonunchilik tashabbusi huquqidan 
foydalanib, 2000-yil 25-may kuni Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq, ikkinchi 
sessiyasida doimiy asosda ishlaydigan ikki palatali parlament tizimiga o‘tish va 
2004-yilda bo‘ladigan saylovlarda parlamentni ikki palatali qilib tashkil etish haqida 
taklif kiritdi. Oliy Majlisning navbatdagi sakkizinchi sessiyasida bu masalani hal 
etishning dastlabki muhokamasi bo‘lib, 2002-yil 4-aprelda “Referendum yakunlari 
57
Узбекистон Республикаси Олий Кенгаши Ахборотномаси, 1994 й. №1, 5-модда 
58
Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex 
Print, 2019. – 763 b 


53 
hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida”gi 
Konstitutsiyaviy Qonun
59
qabul qilingan. Mazkur Qonun asosida 2003-yil 24-
apreldagi “0‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o'zgartish va 
qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun
60
ga muvofiq Konstitutsiyaning XVIII, 
XIX, XX, XXIII boblariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi
61
.
Konstitutsiyaning O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deb nomlangan 
XVIII bobi ilgari bir palatali parlamentga bag‘ishlangan bo‘lsa, endilikda mazkur 
bobda ikki palatali parlament - O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik 
palatasi (quyi palata) va Senati (yuqori palatajga bag‘ishlangan
62
.
Kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga muvofiq Konstitutsiyaning 76-
moddasida “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organibo‘lib, 
qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O`zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi ikki palatadan - Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori 
palata) iborat. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati 
vakolat muddati - besh yil” degan qoida mustahkamlandi
63

Bunday hujjatning qabul qilinishi mamlakatimizda jadal isloh etish va 
modernizatsiya qilishning yangi davri - milliy taraqqiyotimizning keyingi mantiqiy 
bosqichi izchil davom etayotgani bilan izohlanadi. Bunda o‘tish davrining 
muvaffaqiyatli 
yakunlangani, 
iqtisodiy 
islohotlarning 
barqaror 
amalga 
oshirilayotgani, buning barobarida siyosiy munosabatlarni shunga mos ravishda 
shakllantirib borish, mamlakat siyosiy tizimini takomillashtirish zarurati paydo 
boMganini ta‘kidlash lozim. Ko‘ppartiyaviylik tizimining mustahkamlanishi, 
mamlakat ijtimoiy hayotining huquqiy asoslarini rivojlantirish, jamiyat a‘zolarining 
59
Узбекистон Республикаси Олий Мажлис Ахборотномаси 2002 й. 4-5-сон, 60-модда 
60
Узбекистон Республикаси Олий Мажлис Ахборотномаси , 2003 й. 3-4-сон, 27-модда. 
61
Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex 
Print, 2019. – 763 b 
62
Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex 
Print, 2019. – 763 b
63
Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex 
Print, 2019. – 764 b


54 
siyosiy-huquqiy tafakkuri yuksalishi, milliy huquq tizimimizni xalqaro huquq 
talablari darajasida takomillashtirish hamda mukammal saylov tizimining 
mavjudligi professional parlamentni shakilantirish, uni ikki palatali tizimga 
o‘tkazish uchun xizmat qiluvchi omillar hisoblandi. Shuning uchun ham qonun 
chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi parlamentning quyi - Qonunchilik 
palatasi muntazam faoliyat ko‘rsatuvchi professional organga aylantirildi, yuqori 
palata - Senat esa hududlar manfaatlarini ifodalovchi vakillik organi sifatida 
shakllantirildi
64
.
Konstitutsiyaning O`zbekistonRespublikasining Prezidentiga bag‘ish!angan 
XIX bobiga ham o‘zgartish kiritildi. Kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq 
Konstitutsiyaning 
89-moddasidan 
“O`zbekistonRespublikasining Prezidenti 
Vazirlar Mahkamasining raisi hisoblanadi” degan qoida chiqarib tashlandi. 
O`zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
ayrim 
vakolatlari 
O`zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi yuqori palatasi Senatga o‘tkazildi. Jumladan, 93-modda 
6-bandiga ko‘ra, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti O`zbekiston Respublikasi 
chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash uchun nomzodlarni 
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etishi, shu moddaning 23-
bandiga ko‘ra esa, amnistiya to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilish haqida 
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdimnoma kiritishi 
belgilandi. llgari O`zbekiston Respublikasi chet davlatlardagi diplomatik va boshqa 
vakillarini tayinlash va amnistiya to‘g‘risida hujjatlarni qabul qilish bevosita 
Prezident vakolatiga kiritilgan edi
65

Konstitutsiyaning Vazirlar Mahkamasiga bag‘ishlangan XX bobiga kiritilgan 
o‘zgartish va qo‘shimchalarga rnuvofiq, ilgari Konstitutsiyaning 98-moddasida 
“Vazirlar Mahkamasi tarkibini O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tuzadi va u Oliy 
64
Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex 
Print, 2019. – 764 b
65
Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex 
Print, 2019. – 764 b


55 
Majlis tomonidan tasdiqlanadi” degan qoida mavjud boMgan bo‘!sa, kiritilgan 
o‘zgartishga ko‘ra, 98-moddaning ikkinchi qismida “Vazirlar Mahkamasi tarkibi 
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakl lantiriladi. O`zbekiston 
Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 
taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan 
ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining a‘zolari O`zbekislon 
Respublikasi Bosh vaziri taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti 
tomonidan tasdiqlanadi” degan qoida belgilandi. Shuningdek, Konstitutsiyada 
O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri vakolatlari kengaytirilib, 98-modda, 5-
qismiga “O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi faoliyatini 
tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan 
javobgar bo‘ladi, Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning 
qarorlarini imzolaydi, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga binoan 
xalqaro munosabatlarda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish 
ko‘radi, O`zbekiston Respublikasi qonunlarida, O`zbekiston Respublikasi 
Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida nazarda tutilgan boshqa 
vazifalarni bajaradi”, 6- qismiga esa O`zbekiston Respublikasi Prezidenti ushbu 
Konstitutsiyaning 89-moddasi va 93-moddasiga asoslangan holda Vazirlar 
Mahkamasi majlislarida raislik qilishga, Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiruvchi 
masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi 
qarorlari va farmoyishlarini, O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri farmoyishlarini 
bekor qilishga haqii” degan qoidalar kiritildi
66
.
Mazkur kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga rnuvofiq O`zbekiston 
Respublikasi Bosh vaziriga “O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga Vazirlar 
Mahkamasi a‘zolarini tasdiqlash uchun taqdim qilish” vakolati berildi. 
Konstitutsiyaning saylov tizimi deb nomlanadigan XXIII bobiga ham o‘zgartish va 
qo‘shimchalar kiritildi. Ilgari 117-modda 2-qismidagi “O`zbekistonRespublikasida 
66
Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex 
Print, 2019. – 765 b


56 
Prezident saylovi, hokimiyatning vakillik organlari saylovi umumiy, teng, 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. 
O`zbekistonRespublikasining 18 yoshga to‘lgan fuqarolari saylash huquqiga 
egadirlar” degan qoida o`rniga “O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, 
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar 
davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ulaming konstitutsiyaviy 
vakolat muddati tugaydigan yilda - dekabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi 
yakshanbasida o‘tkaziladi. Saylovlar umumiy, teng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi 
asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. O`zbekistonRespublikasining 18 
yoshga to‘lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar” degan qoida kiritildi. Shu 
moddaning 3-qismi “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a‘zo!ari 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qori Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar 
davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishincha qo‘shma 
majlislarida mazkur deputatlar saylanganidan so‘ng bir oy ichida ular orasidan 
yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadilar” degan qoida bilan to'ldirildi
67
.
Shuningdek, 2003-yil 23-aprelda Konstitutsiyaning 6-bo‘!imiga ham 
o‘zgartish kiritildi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining dastlabki 127-
moddasi 
“O`zbekistonRespublikasining 
Konstitutsiyasiga 
o‘zgartirishlar 
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi jami deputatlarning uchdan ikki qismidan 
iborat ko‘pchiligi tomonidan qabul qilingan qonunlar bilan kiritiladi” deb 
belgilangan edi. Kiritiigan o‘zgartish va qo‘shimchalardan so‘ng mazkur moddada 
“O`zbekistonRespublikasining 
Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar tegishincha 
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va 
Senati a‘zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchiligi 
67
Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex 
Print, 2019. – 763 b


57 
tomonidan qabul qilingan qonun yoki O`zbekistonRespublikasining referendumi 
bilan kiritiladi” degan iboralar o‘z ifodasini topdi
68

Shuningdek, davlat boshqaruvini yanada demokratlashtirish, hokimiyatning 
qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi tarmoqlari, hukumat va mahalliy davlat hokimiyati 
organlarining ular zimmasiga Konstitutsiya bilan yuklatilgan vakolatlarni amalga 
oshirishdagi roli va mas‘uliyatini oshirish, mamlakat, Prezidenti vazifalarini aniq-
ravshan belgilash hamda huquqiy me yorlar doirasida cheklash, shuningdek, 
yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan islohotlarni amalga oshirishda, mamlakatni yangilash va 
modemizatsiya qilishda siyosiy partiyalaming roli hamda ta‘sirini kuchaytirish 
maqsadida 2007-yil 11-aprelda “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
ayrim moddalariga (89-moddasiga, 93-moddasining 15-bandiga, 102-moddasining 
ikkinchi qismiga) tuzatishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunjl4 qabul qilindi. Mazkur 
Qonun 2008-yil 1-yanvardan e‘tiboran kuchga kirdi
69
.
Kiritilgan tuzatishlarga ko‘ra, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
89-moddasi “O`zbekistonRespublikasining Prezidenti davlat boshlig‘idir va davlat 
hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini 
ta‘minlaydi” degan tahrirda, 93- moddasining 15-bandi “viloyatlar hokimlarini 
hamda Toshkent shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlaydi hamda lavozimidan 
ozod etadi” degan tahrirda, 102-moddasining 2-qismi “Viloyat va Toshkent shahar 
hokimi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonunga muvofiq 
tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi” degan tahrirda bayon etildi. 2008-yil 
25-dekabrdagi “Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati 
bilan O`zbekistonRespublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar 
kiritish haqida”gi Qonun* 315 bilan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
77-moddasining birinchi qismi (O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
68
Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex 
Print, 2019. – 766 b
69
Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex 
Print, 2019. – 766 b


58 
Qonunchilik palatasi hududiy saylov okruglari bo‘yicha ko'ppartiyaviylik asosida 
saylanadigan bir yuz yigirma deputatdan iboratjga o‘zgartish kiritildi. Ushbu Qonun 
2009-yilning 1-iyulidan kuchga kirgan. Unga ko‘ra mazkur moddaning birinchi 
qismi “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qonunga 
muvofiq saylanadigan bir yuz ellik deputatdan iborat”, degan tahrirda bayon etildi
70
.
O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2010-yil 12-noyabrdagi 
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma 
majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotiarni yanada chuqurlashtirish va 
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi” nomli ma'ruzalarida O`zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining bir qator moddalariga o'zgartishlar kiritish 
yuzasidan bildirilgan takliflar alohida o‘rin olgan
71

Mamlakatimiz rahbari tomonidan qonunchilik tashabbusi tartibida kiritilgan 
mazkur 
takliflar 
2011-yil 
i8-apreldagi 
“O`zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish 
to‘g‘risida (78, 80, 93, 96, va 98-moddaIariga)”gi Qonun3,6da o‘z ifodasini topgan. 
Qonunning asosiy maqsadi demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va 
fuqarolik 
jamiyatini 
rivojlantirish, 
davlat 
hokimiyati 
va 
boshqaruvini 
demokratlashtirish, davlat hokimiyatining uchta subyekti: davlat boshlig‘i - 
Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o‘rtasidagi vakolatlaming 
yanada mutanosib taqsimlanishini ta‘minlash, shuningdek, sotsial-iqtisodiy, 
ijtimoiy-siyosiy islohotlarni amalga oshirishda, mamlakatni yangilash va 
modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning roli hamda ta‘sirini kuchaytirishdan 
iborat
72
.
70
Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex 
Print, 2019. – 767 b
71
Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex 
Print, 2019. – 767 b
72
Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex 
Print, 2019. – 768 b


59 
Bu borada O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasi birinchi 
qismining 15-bandiga qo‘shimcha kiritilgan bo‘lib, unga ko‘ra Oliy Majlis 
palatalariga mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari 
yuzasidan Bosh vaziming hisobotlarini eshitish va muhokama qilish huquqi 
berilmoqda. Mazkur yangilik mamlakatimiz parlamentining roli va ta‘sirini 
kuchaytirish orqali davlat hokimiyati tizimida o‘zaro bir-birini tiyish va muvozanat 
saqlash prinsipining yanada samarali amalga oshirilishini ta‘minlashda muhim o‘rin 
tutadi. Shuningdek, ijro etuvchi hokimiyat faoliyati ustidan parlament nazoratini 
amalga oshirish imkoniyatlarini ancha kengaytiradi. Mazkur o‘zgartish kiritilishi 
orqali O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishining dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini eshitishdan iborat 
parlament tinglovi institutining milliy qonunchilik negizi yaratilishi ta‘minlanadi. 
Bu bilan mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotning ba‘zi strategik masalalari 
yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining hisobotlarini tinglash singari 
muhim parlament nazoratining institutlaridan foydalanish u yoki bu sohadagi 
mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlashga, bu muammolarni hal qilish yuzasidan 
aniq chora-tadbirlar belgilash va qabul qilishga yordam beradi
73
.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasi 6-bandiga 
kirtilgan normaga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga 
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining O`zbekiston Respublikasi Hisob palatasi 
raisini tayinlash to‘g‘risidagi Farmonini tasdiqlash huquqi berilmoqda. Shunga 
muvofiq holda, Konstitutsiyamiz 93-moddasining 12-bandidagi “O`zbekiston 
Respublikasi Bosh prokurori va” degan so‘zlardan keyin “uning o‘rinbosarlari” 
degan so‘zlar chiqarilib, ulaming o‘miga “Hisob palatasi raisini” degan so‘zlar bilan 
to‘ldirildi
74
.
73
Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex 
Print, 2019. – 768 b
74
Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex 
Print, 2019. – 768 b


60 
Asosiy Qonunirnizning ushbu moddalariga kiritilgan o‘zgartishlar 
mamlakatni 
modernizatsiya 
qilish 
va 
demokratik 
islohotlarni 
yanada 
rivojlantirishning mustahkam qonunchilik negizini yaratishda o‘ta muhimdir. 
Bugungi kunda Hisob palatasi raisining o‘z lavozimiga ega bo‘lish tartibining 
qonunchilikda o‘z ifodasini topmaganligi yuzasidan uning qonunchilik asoslari 
yaratilyapti. Shuningdek, davlat hokimiyati tizimida xalq hokimiyatchiligini amalga 
oshirishning muhim vositasi bo‘lgan oliy vakillik va qonun chiqaruvchi organ - 
parlament yuqori palatasining rolini kuchaytirish borasida muhim qadam qo‘yildi
75
.
O`zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
vakolatlari 
mustahkamlangan 
Konstitutsiyamizning 93-moddasi 8-bandidan “ijro etuvchi hokimiyat devonini 
tuzadi va unga rahbarlik qiladi” degan so‘zlarni chiqarish yuzasidan kiritilgan 
o‘zgartish ham muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda Konstitutsiyamizning 89-
moddasiga ko'ra, “O`zbekistonRespublikasining Prezidenti davlat boshlig‘idir va 
davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda 
hamkorligini ta‘minlaydi”. Shu nuqtayi nazardan, Bosh vazirning Vazirlar 
Mahkamasi faoliyatini tashkil etishi, unga rahbarlik qilishi va uning ishi 
samaradorligi uchun shaxsan javob berishi, davlat boshlig‘i bo‘lgan Prezident, 
qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o‘rtasidagi vakolatlarning yanada 
mutanosib taqsimlanishini ta‘minlash uchun zarur shart-sharoitlami yuzaga keltirish 
asnosida ham Asosiy Qonunimizdan ushbu norma chiqarildi
76
.
Kiritilgan yana bir muhim o‘zgartish O`zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi 93-moddasining 15-bandini “viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent 
shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi” degan 
so‘zlardan oldin “O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan” 
degan so‘zlar bilan toMdirish borasidadir. Ushbu normaning kiritilishi, avvalo, 
75
Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex 
Print, 2019. – 769 b
76
Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex 
Print, 2019. – 769 770 b


61 
davlat boshqaruvini yanada iiberallashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan izchil 
islohotlar bilan bog‘liq. Zero, O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining huquq va 
vakolatlarini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar davlat qurilishi va 
boshqaruvi sohasidagi o‘zgarishlaming muhim tarkibiy qismidir. Mazkur o‘zgartish 
orqali O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mahalliy ijro etuvchi organ 
rahbari, ya‘ni hokimni lavozimga tayinlashda markaziy ijro etuvchi hokimiyat 
rahbari bo‘lgan O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ishtirok etish huquqi 
ta‘minlanadi. Binobarin, Vazirlar Mahkamasi rahbari sifatida Bosh vazirga hokimlar 
faoliyati haqida batafsil madumotga ega bo‘lish, ular bilan mustahkam aloqani 
yo‘lga qo‘yish, joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga oid masalalami hal qilishdagi 
faoliyatini tahlil qilish imkonini beradi
77
.
Qonundan o‘rin olgan normalardan biri O`zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi 93-moddasining 16-bandini O`zbekiston Respublikasi Prezidenti 
“O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga haqli” 
degan so‘zlar bilan toddirishga oid. Kiritilgan mazkur norma davlat boshligd sifatida 
mamlakat Prezidentining davlat va jamiyat hayotining ijtimoiy-iqtisodiy hamda 
siyosiy ahamiyatga ega masalalar yuzasidan o‘tkaziladigan Vazirlar Mahkamasi 
majlislarida ishtirok etish huquqini mustahkamlaydi. Zero, O`zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlislari mamlakat ijtimoiy, iqtisodiy va 
siyosiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan o‘tkaziladi. Shuningdek, davlat 
boshqaruvining, xo‘jaiik va ijtimoiymadaniy qurilishning eng muhim masalalari 
ham Vazirlar Mahkamasining majlislarida hal etiladi. Qonunga muvofiq 
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 96-moddasi yangi tahrirda bayon 
etildi. Unga ko‘ra O`zbekistonRespublikasining amaidagi Prezidenti o‘z vazifalarini 
bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha O`zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda uch oy 
muddat ichida, “O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi 
77
Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex 
Print, 2019. – 770 b


62 
Qonunga to‘liq muvofiq holda mamlakat Prezidenti saylovi o‘tkaziladi. Ta‘kidlash 
joizki, mamlakat Prezidenti turli sabablarga ko‘ra o‘z vazifasini bajara olmaydigan 
vaziyat yuzaga kelgan taqdirda noaniqlikka, ushbu moddani turlic'na talqin etishga 
yo‘l qo‘ymaslik maqsadida mazkur moddaning yangi tahriri berildi
78
.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga kiritilgan 
qo‘shimchalarga muvofiq demokratik tartib-qoidalarga javob beradigan yangi 
konstitutsiyaviy qoida joriy etildi. Unga ko‘ra O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri 
nomzodi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga 
saylovda eng ko‘p deputatiik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi 
eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan 
taklif etiladi. Ushbu qo‘shimchalaming kiritilishi tarixiy ahamiyatga ega boiib, 
mamlakatimizda demokratik islohotlami yanada rivojlantirish, huquqiy demokratik 
davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurishda yangi bosqichning boshlanishi 
hisoblanadi. Zero, O`zbekistonRespublikasining Konstitutsiyasiga mamlakat 
hukumatini shakllantirishning yangi tartibi kiritilishi siyosiy partiyalarning 
mas‘uliyatini, ulaming davlat va jamiyat ishlarini boshqarishdagi rolini oshiradi 
hamda mamlakat siyosiy hayotida partiyalararo raqobatning yuqori darajaga 
ko‘tarilishiga xizmat qiladi. Konstitutsiyaga kiritilgan yana bir muhim o‘zgartirish 
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik 
votumi bildirish huquqining berilishi bilan bog‘liq. Xususan, O`zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasida belgilanishicha., O`zbekiston 
Respublikasi Bosh vaziri va O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik 
palatasi o‘rtasida doimiy ziddiyatlar kelib chiqqan taqdirda Qonunchilik palatasi 
deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan O`zbekiston 
Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo‘yicha Bosh vazirga 
78
Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex 
Print, 2019. – 770 b


63 
nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala O`zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisi muhokamasiga kiritiladi
79
.
Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishincha O`zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari 
umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan 
hisoblanadi. Bunday holatda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirini 
lavozimidan ozod etish bo‘yicha qaror qabul qiladi. Bunda O`zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga iste‘foga 
chiqadi. Mazkur norma davlat hokimiyati tarmoqlari o‘rtasidagi vakolatlarning 
yanada mutanosib taqsimlanishini ta‘minlash bilan bir qatorda, davlat ahamiyatiga 
molik muhim masalalarni hal qilishda siyosiy partiyalarning rolini yanada 
kuchaytiradi va O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining davlat hokimiyati 
organlari tizimidagi o‘rnini ancha oshiradi. 2011-yil 12-dekabrdagi “O`zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga tuzatish kiritish to‘g‘risida”gi 
Qonun bilan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga tuzatish 
kiritildi. Unga ko‘ra O`zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy 
vakolat muddati etti yildan besh yilga qisqartirildi
80
.
2014-yil 
16-aprelda 
qabul 
qilingan 
“O`zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish 
to‘g‘risida (32, 78, 93, 98, 103 va 117-modda]ariga)”gi Qonunihokimiyat va 
boshqaruv tizimini yanada dernokratlashtirish, “Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik 
jamiyati sari” prinsipi bosqichma-bosqich amalga oshirilishini ta‘minlash, 
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining davlat hokimiyati organlari 
tizimidagi rolini, ichki va tashqi siyosatning strategik vazifalarini amalga 
oshirishdagi huquq va vakolatlarini kengaytirish, Vazirlar Mahkamasi hamda ijro 
79
Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex 
Print, 2019. – 771 b
80
Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex 
Print, 2019. – 771 b


64 
etuvchi organlar faoliyati ustidan qonun chiqaruvchi oliy organning, hokimiyat 
vakillik 
organlarining 
nazorat 
furiksiyalarini 
kuchaytirish, 
shuningdek, 
hukumatning, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mamlakatni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish vazifalarini ro‘yobga chiqarish borasidagi mas‘uliyatini 
oshirish maqsadini ko‘zlaydi
81
.
Ushbu qonun asosida Konstitutsiyaga quyidagi muhim o'zgarishlar kiritildi: 
birinchidan, Konstitutsiyasining 32-moddasining ikkinchi jumlasiga fuqarolarning 
jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda “ishtirok etishi o‘zini o‘zi boshqarish, 
referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish, 
shuningdek, davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini 
rivojlantirish va takomillashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi ” kabi norma kiritildi; 
- ikkinchidan, Konstitutsiyasining 78-modda birinchi qismining 21-bandiga 
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 
birgalikdagi vakolatlari sifatida parlament nazoratini amalga oshirish huquqi 
belgilandi. Darhaqiqat, parlament demokratik asosda shakliantiriladigan, xalq 
xohish-irodasini ifoda etuvchi oliy vakillik organidir. Mazkur organning davlat ijro 
hokimiyati organlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishi qabul qilinayotgan 
qonunlami samarali ijrosini ta‘minlashga xizmat qiladi
82
.
Parlament nazorati — birinch id a n , qabul qilingan qonunlarning ijro etilishi 
darajasini o'rganishga; ik k in c h id a n , qonunlarning amaliyotda qo‘llanilishiga 
salbiy ta‘sir etuvchi ob’ektiv va subyektiv omillami o‘z vaqtida aniqlashga; u c h in 
c h id a n , mavjud kamchiliklami bartaraf etishga qaratilgan tezkor chora-tadbirlarni 
belgilashga; to‘rtinchidan, tegishli qonunlarga nazorat-tahlil natijalariga asosan 
qo‘shimcha va o‘zgartirishiar kiritilishiga; beshmchidan, davlat hokimiyati va 
boshqaruv organlari, mansabdor shaxslar hamda fuqarolarning qonun hujjatlari 
81
Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex 
Print, 2019. – 772 b
82
Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex 
Print, 2019. – 772 b


65 
qoida-taiablariga so‘zsiz amal qilish mas‘uliyati va majburiyatini oshirishga xizmat 
qiladi; - uchinchidan, 93-moddaning 8, 10, 16, 24-bandlariga ayrim tuzatish va 
toMdirishlar kiritildiki, ular Bosh vazir vakolatlarini kengaytirdi, Prezidentning 
ayrim vakolatlarini amalga oshirish tartibotini yanada takomillashtirdi; - 
to‘rtinchidan, Konstitutsiyaning 98-moddasi mazmuni Bosh vazir lavozimiga 
nomzod O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida uning nomzodi ko‘rib 
chiqilayotgan va tasdiqlanayotgan paytda Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq 
istiqbolga mo`jallangan harakat dasturini taqdim etishini nazarda tutadigan yangi 
qoidalar bilan to`dirildi. Shu bilan birga Konstitutsiyaning 98-moddasida Vazirlar 
Mahkamasi va Bosh vazirning vakolatlari aniq belgilab berildi; - beshinchidan, 
Konstitutsiyaga (103-modda) mahalliy ijroiya hokimiyati organlari mustaqiiligining 
kafolatlari va ayni paytda vakillik organlari oldidagi mas‘uliyatini kuchaytirishga 
qaratilgan norma kiritildi. Unga ko‘ra viloyat, tuman va shahar hokimi tegishli xalq 
deputatlari Kengashiga viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining 
eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlar taqdim etishi, ular bo‘yicha 
xalq deputatlari Kengashi tomonidan tegishli qarorlar qabul qilishi tartibi 
mustahkamlab qo‘yildi. Mazkur norma ham vakillik organlari tomonidan mahalliy 
ijro hokimiyati ustidan amalga oshiriladigan nazoratning huquqiy asoslarini 
takomillashtirdi; - oltinchidan, Konstitutsiyaga (117-modda) demokratik saylov 
tizimining tashkiliy va huquqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan normalar 
kiritildi. Unga ko‘ra, O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi 
faoliyatining asosiy prinsiplari mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va 
adolatlilikdan iborat boMishi alohida belgilandi
83
.
Shu bilan birga, O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 
a‘zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo'qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari 
viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyasi bo‘yicha O`zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan saylanishi, 
83
Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex 
Print, 2019. – 773 b


66 
Markaziy saylov komissiyasining Raisi komissiya a‘zolari orasidan O`zbekiston 
Respublikasi Prezidentining taqdimi bo‘yicha komissiya majlisida saylanishi kabi 
konstitutsiyaviy norma mustahkamlandi1. Mamlakatimizda 2016-yildan boshlab 
barcha jabhalarda ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2017-2021-
yillarda O`zbekistonRespublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasida, davlatning taraqqiyotini belgilab beruvchi 
muhim yo‘nalishlarda bir qancha maqsad va vazifalar belgilab berildi. Albatta, 
buning negizida inson manfaatlari har narsadan ustun g‘oyasi ustuvorlik ahamiyat 
kasb etdi. Ko‘plab qonunlar, qonun osti hujjatlar, davlat dasturlari, kontseptsiyalar 
ishlab chiqish vazifalari yuklatildi. Hammamizga, ma‘lumki, Konstitutsiyamizning 
11- moddasida sud hokimiyati alohida hokimiyat tarmog‘i sifatida o‘z faoliyatini 
mustaqil tarzda amalga oshiradi. Asosiy vazifasi sifatida inson huquq va 
erkinliklarini himoyalashga qaratadi. Shundan kelib chiqib, 2017-yil 6-aprelda 
“O`zbekistonRespublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha 
kiritish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Ushbu o‘zgartish va qo‘shimcha!ar 
O`zbekistonRespublikasida sud tizimini takomillashtirish va uning faoliyati 
samaradorligini oshirish, sudyalar korpusini yanada mustahkamlash va sud 
hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta‘minlash maqsadida kiritildi. Qolaversa, 
O`zbekistonRespublikasida sud hokimiyatining mustaqilligi konstitutsiyaviy 
prinsipiga rioya etilishini ta‘minlashga ko‘maklashish uchun O`zbekiston 
Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tuzildi hamda ulaming asosiy vazifalari 
sifatida, sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlov asosida tanlash, eng malakali va 
mas‘uliyatii mutaxassislar orasidan sudyalami tayinlash, shuningdek, rahbar 
sudyalik lavozimlariga ko‘rsatish uchun tavsiya berish asosida sudyalar korpusini 
shakllantirish va boshqa shu kabi vazifalar belgilandi
84
.
Mazkur o‘zgartish va qo‘shimchalarga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak: 
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddaning 4-bandi quyidagi 
84
Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex 
Print, 2019. – 774 b


67 
tahrirda bayon etildi. Unga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 
taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisini 
tayinlash masalasi Oliy Majlisi Senati tomonidan amalga oshirilishi belgilab berildi. 
Darhaqiqat, O`zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalar 
bamjamiyatining organi hisoblanishining o‘zi Raisga ulkan mas‘uliyatni yuklaydi. 
Mamlakatimizda sud tizimidagi islohotlardan kelib chiqib, Konstitutsiyaning 81-
moddaning yettinchi qismidagi “Oliy xo‘jalik sudi” degan so‘zlar “Sudyalar oliy 
kengashi” degan so‘zlar bilan almashtirildi
85
.
Qonunchilik tashabbuskorlari subyektlarini belgilab beruvchi 83-moddadagi 
“Oliy xo‘jalik sudi” degan so‘zlar chiqarib tashlandi. O`zbekiston Respublikasi 
Prezidentining vakolatlari mazkur sud tizimidagi konstitutsiyaviy islohotlardan 
kelib chiqib, tegishli tarzda yangicha tahrir etildi. Xususan, Konstitutsiyaning 93-
modda birinchi qismining 13-bandiga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti 
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga O`zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyaviy sudi, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkiblariga, shuningdek, 
O`zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisi, O`zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisi, O`zbekiston Respublikasi 
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining raisi lavozimlariga nomzodlarni 
taqdim etadi. Mazkur moddaning 14-bandiga muvofiq esa, O`zbekiston 
Respublikasi Prezidenti O`zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining 
taqdimiga binoan viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislari va rais 
o‘rinbosarlarini, O`zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisini tayinlaydi va 
lavozimlaridan ozod etadi; O`zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining 
a‘zolarini qonunga muvofiq tasdiqlaydi. Oxirgi ikki yil davornida sud hokimiyatini 
amalga oshirishda bevosita ta‘sir etadigan sud tizimida, ulaming ijtimoiy moddiy 
ta‘minoti va faoliyatining kafolatlarida qator o‘zgarishlan amalga oshirildi. 
Xususan, jinoyat, fuqarolik, ma‘muriy va iqtisodiy nizolarni ko‘ruvchi ko‘p 
85
Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex 
Print, 2019. – 774 b


68 
pag‘onali sudlar tizimi shakllantirilib, ushbu sudlarning sud ishlarini yuritish 
sohasida sud hokimiyatining oliy organi sifatida O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
belgilandi
86
.
Mazkur yangilanishlar asnosida, Konstitutsiyaning 107-moddaning birinchi 
qismi quyidagi tahrirda bayon etiladigan bo‘ldi. Jumladan, “O'zbekiston 
Respublikasida sud tizimi O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, 
O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi, harbiy sudlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha 
viloyatlar va Toshkent shahar sucUari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va 
Toshkent shahar iqtisodiy va ma‘muriy sudlari, fuqarolik ishlari bo‘yicha 
tumanlararo, tuman, shahar sudlari, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlari, 
tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari va tuman, shahar ma‘muriy sudlaridan 
iboraf’. Qolaversa, 110-moddaning birinchi qismi “jinoiy” degan so‘zdan keyin, 
“iqtisodiy” degan so‘z bilan toddirildi, uchinchi qismidagi “Qoraqaipog‘iston 
Respublikasi oliy sudlari, viloyatlar, shaharlar, tumanlararo, tuman sudlari va harbiy 
sudlaming” degan so‘zlar “quyi sudlarning” degan so‘zlar bilan almashtirildi. 
Sudyalar oliy kengashinining konstitutsiyaviy 
maqomini mustahkamlash 
maqsadida, Konstitutsiyaning I 11-moddasi yangi tavsifda bayon etildi. Unga 
muvofiq, 
O`zbekiston 
Respublikasi 
Sudyalar 
oliy 
kengashi 
sudyalar 
hamjamiyatining organi bo‘lib, u O`zbekistonRespublikasida sud hokimiyatining 
mustaqilligi konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta‘minlashga ko‘maklashadi. 
O`zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashini tashkil etish va uning faoliyati 
tartibi qonun bilan belgilanadi. MaMurnki, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham “O`tgan bir yil 
davomida sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta‘minlash bo‘yicha keng 
kodamli ishlar boshlandi. Xususan, sudlar tuzilmasini hamda sudyalik lavozimlariga 
nomzodlarni tanlash va tayinlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida hech 
86
Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex 
Print, 2019. – 775 b


69 
qaysi hokimiyat bo‘g‘iniga bo‘ysunmaydigan organ - Sudyalar oliy kengashi tashkil 
etildi. Kengash tomonidan sudyalikka nomzodlarni tanlash va tayinlashda ta‘sirchan 
jamoatchilik nazorati o‘rnatildi”318, deb bu borada amalga oshirilgan ishlarga 
to‘xtalib o‘tgan edi. Shubhasiz, ushbu sohada amalga oshirilayotgan amaliy chora-
tadbirlar fuqaroiaming huquq va manfaatlarini himoya qilishda muhim rol o‘ynadi
87

Mamlakatimizda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat 
boshqaruvi tizimini takomillashtirish, sud - huquq sohasini mustahkamlash 
maqsadida ham ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2017-yil 1-iyunda 
e‘lcm qilingan, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsisining ayrim moddalariga 
o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida (80, 93,108 va 109-moddalariga)gi qonunida, 
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O`zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyaviy sudi maqomi, faoliyati qayta ko‘rib chiqilib takomillashtirildi. 
Mazkur o‘zgartishlarga muvofiq: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80- 
moddasining 5- bandi chiqarib tashlandi (O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
Senati tomonidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan 
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisini tayinlash). Shuningdek, mazkur 
moddaning 12-bandidagi “O`zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish 
davlat qo‘mitasi raisining” degan so‘zlar chiqarib tashlandi O'zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
konstitutsiyaviy 
vakolatiga tegishli bo‘lgan 
Konstitutsiyaning 93-modda birinchi qismining 13-bandidagi “O`zbekiston 
Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlar qo‘mitasining raisi” degan so‘zlar 
chiqarib tashlandi. Bu yerda, O`zbekiston Respublikasi Prezidentning Oliy Majlis 
Senatiga Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining raisi nomzodini taqdim etish 
vakolati haqida so‘z bormoqda. Ma‘lumki, O`zbekistonRespublikasining 
Konstitutsiyaviy sudi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat hujjatlarining 
Konstitutsiyaga rnuvofiqligi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha doimiy 
faoliyat ko‘rsatuvchi sud hokimiyati organidir. Konstitutsiyaviy sud huquqiy 
87
Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex 
Print, 2019. – 776 b


70 
maqomini takomillashtirish yuzasidan 1995-yi! 30-avgustdagi “O`zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi” to‘g‘risidagi qonunning ko‘plab normalarini 
vangitdan ko‘rib chiqish hamda takomillashtirish natijasida, 2017-yil 31-mayda 
“O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi” to‘g‘risidagi yangi tahrirdagi 
qonuni qabul qilindi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining konstitutsiyaviy 
sud faoliyati bilan bogTiq boTgan normalari ham takomillashtirildi
88
.
Xususan, Konstitutsiyaning 108 hamda 109 moddalari yangi tahrirda bayon 
etildi. Konstitutsiyaning 108-moddasiga ko‘ra, O`zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyaviy sudi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat hujjatlarining 
Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risidagi ishlami ko‘radi. O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyaviy sudi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan 
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan O`zbekiston 
Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tavsiya etgan siyosat va huquq sohasidagi 
mutaxassislar orasidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining vakilini qo‘shgan holda 
saylanadi. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi o‘z tarkibidan 
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisini va uning o‘rinbosarini 
saylaydi. Xorijiy mamlakatlar tajribasiga e‘tibor qaratadigan bo‘lsak, Germaniyada 
federal konstitutsiyaviy sud mamlakat parlamentining yuqori palatasi - Bundesrat 
tomonidan shakllantiriladi. Bunda nomzodlar palatajami a‘zolarining uchdan to‘rt 
qismi ovozini to‘p!ashi lozim1. Mazkur o‘zgartishlarga muvofiq, Konstitutsiyaviy 
sudni saylashda O`zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining ishtiroki, 
Konstitutsiyaviy sudining raisini va uning o‘rinbosarini saylash tartibi 
konstitutsiyaviy sud majlisi tomonidan amalga oshirilishi kabi yangi qoidalarni 
nazarda tutadi
89
.
88
Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex 
Print, 2019. – 777 b
89
Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex 
Print, 2019. – 778 b


71 
Konstitutsiyaning 109-moddasiga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyaviy sudi quyidagi vakolatlarni amalga oshiradi: 1) O`zbekiston 
Respublikasi qonunlarining va O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari 
qarorlarining, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va 
farmoyishlarining, hukumat, mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, 
O`zbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlarining 
O`zbekistonRespublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi; 2) 
O`zbekistonRespublikasining 
Prezidenti 
tomonidan 
imzolanguniga 
qadar 
O`zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlarining, O`zbekiston Respublikasi 
xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi O`zbekiston Respublikasi 
qonunlarining 
O`zbekistonRespublikasining 
Konstitutsiyasiga 
muvofiqligini 
aniqlaydi; 
3) 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
O`zbekistonRespublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
qonunlarining O`zbekistonRespublikasining qonunlariga muvofiqligi to‘g‘risida 
xuiosa beradi; 4) O`zbekistonRespublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari 
normalariga sharh beradi; 5) O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining muayyan ishda 
qo‘llanilishi 
lozim 
bo‘lgan 
normativ-huquqiy 
hujjatlarning 
O`zbekistonRespublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligi to‘g‘risida sudlar 
tashabbusi biian kiritilgan murojaatini ko‘rib chiqadi; 6) konstitutsiyaviy sudlov 
ishlarini yuritish amaliyotini umumlashtirish natijalari yuzasidan har yili 
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va O`zbekiston Respublikasi 
Prezidentiga mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati to‘g‘risida 
axborot taqdim etadi; 7) O`zbekistonRespublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari 
biian berilgan vakolati doirasida boshqa ishlarni ko‘rib chiqadi. Konstitutsiyaviy 
sudning hujjati rasmiy e‘lon qilingan kundan e‘tiboran kuchga kiradi
90
.
90
Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex 
Print, 2019. – 778 779 b


72 
Konstitutsiyaviy sudning hujjati qat‘iy va uning ustidan shikoyat qilinishi 
mumkin emas. Konstitutsiyaviy sudni tashkil etish va uning faoliyati tartibi qonun 
biian belgilanadi”. Mazkur o‘zgartishlarga ko‘ra, O`zbekistonRespublikasining 
Prezidenti 
tomonidan 
imzolanguniga 
qadar 
O`zbekiston 
Respublikasi 
konstitutsiyaviy qonunlarining, O`zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarini 
ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi O`zbekiston Respublikasi qonunlarining 
O`zbekistonRespublikasining 
Konstitutsiyasiga 
muvofiqligini 
aniqlash, 
O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining muayyan ishda qo‘ llanilishi lozim bo‘lgan 
normativ-huquqiy hujjatlarning O`zbekistonRespublikasining Konstitutsiyasiga 
muvofiqligi to‘g‘risida sudlar tashabbusi biian kiritilgan murojaatini ko‘rib chiqish, 
konstitutsiyaviy sudlov ishlarini yuritish amaliyotini umumlashtirish natijalari 
yuzasidan har yili O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va 
O`zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentiga 
mamlakatdagi 
konstitutsiyaviy 
qonuniylikning holati to‘g‘risida axborot taqdim etish kabi yangi qoidalar biian 
takomillashtirildi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 
2017-yiI 22-dekabrdagi Oliy Majlisga taqdim etgan Murojaatnomasida Kengashlar 
faoliyati xususida to‘xtalib, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tgan edi: “ Keyingi paytda 
yurtirnizda xalq deputatlari Kengashlarining roli, xalq noiblarining vakolatlari 
tubdan oshirildi. Siyosiy partiyalaming mahalliy hokimiyat idoralarini shakllantirish 
borasidagi vakolatlari bosqichma — bosqich kengaytirildi, deputatlik nazorati esa 
mustahkamlandi”1. Darbaqiqat, mamlakatimizda davlat hokimiyati vakillik 
organlarini saylov orqali shakllantirib olish, unda fuqarolarimizning o‘z siyosiy 
huquqlarini erkin amalga oshirish imkoniyatini yaratish masalasiga jiddiy e‘tibor 
berib kelinmoqda. 2017-yil 29-avgustdagi “Toshkent shahar xalq deputatlari tuman 
Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi qonun, davlat hokimiyatining demokratik 
asoslarini, vakillik organlarining ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlami 
amalga oshirishdagi roli va ahamiyatini yanada mustahkamlash, shuningdek, 
mahalliy Kengashlarga saylovni saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, 
saylovchilarning xohish-irodasiga to‘ia muvofiq hamda xalqaro huquqning 


73 
umume‘tirof etilgan prinsiplari va normalarini inobatga olgan holda o‘tkazish 
maqsadida qabul qilindi. Mazkur qonun asosida 2017-yil 29-avgustda O`zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasining 2 ta moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar 
kiritildi. Xususan, 99-moddadagi, “shuningdek, shahar tarkibiga kiruvchi 
tumanlardan” degan so^zlar chiqarib tashlandi. Negaki, mazkur qoida shahar 
tarkibiga kiruvchi tumanlarda xalq deputatlari kengashlarini tuzish imkonini bermas 
edi. Qolaversa, 102-moddaning: uchinchi qismidagi “tegishli viloyat hokimi 
tomonidan” degan so‘zlar “viloyat, Toshkent shahar hokimi tomonidan” degan 
so‘zlar bilan almashtirildi; to'rtinchi qismi chiqarib tashlandi; beshinchi qismi 
to‘rtinchi qism deb hisoblandi
91
.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling