Mundarija kirish I bob konstitutsiyaning qabul qilinish va kuchga kirgan davr


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/29
Sana29.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1400060
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
O`zbekiston Respublikasining konstitutsiyasiga qabul qilingandan

105-modda yangi tahrirga o‘tkazilib, mahalla va fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarishi bo‘yicha quyidagicha qoidalar belgilanyapti: 

Raisni va o‘z boshqaruv organlarini saylaydigan mahallalar – 
shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi fuqarolarning o‘zini 
o‘zi boshqarish organlaridir. 

Mahallalar davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi va o‘z 
vakolatlari doirasida mustaqildir. 

Davlat mahallalar faoliyatini amalga oshirish uchun zarur shart- 
sharoitlar yaratadi, ularga qonunchilikda berilgan vakolatlarni amalga oshirishda 
ko‘maklashadi. Mahallalar faoliyatining huquqiy asoslari, shuningdek mahalla 
raisining va boshqaruv organlarining saylovi tartibi, vakolatlari hajmi qonun bilan 
belgilanadi. 
109-moddaga qo‘shiladigan yangi bandga binoan: 

Konstitutsiyaviy sud fuqarolarning va yuridik shaxslarning muayyan 
ishda sud tomonidan ularga nisbatan qo‘llanilgan qonunning Konstitutsiyaga 
muvofiqligini tekshirish haqidagi shikoyatlarini ko‘rib chiqadi. 
111-moddada Sudyalar oliy kengashi mustaqil deb belgilanmoqda: 

Sudyalar oliy kengashi – sudyalar hamjamiyatining sud korpusi 
shakllantirilishini, sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioya 
etilishini ta’minlovchi mustaqil organidir. 
112-moddaning joriy talqinidagi “Sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga 
bo‘ysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga 
biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashish qonunga 
muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi” degan jumladan “odil sudlovni amalga 
oshirish borasidagi” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi. 


51 
Shu moddadagi “Sudya vakolat muddati tugagunga qadar sudyalik 
vazifasidan qonunda ko‘rsatilgan asoslar bo‘lgandagina ozod etilishi 
mumkin” degan jumla quyidagi jumlaga almashtiriladi: 

Sudyalarni almashtirib bo‘lmaydi. Ularning vakolatlari faqat qonunda 
belgilangan tartibda va asoslarga ko‘ra tugatilishi yoki to‘xtatilishi mumkin. 
116-moddaning amaldagi talqini bunday: “Ayblanuvchi himoyalanish 
huquqi bilan ta’minlanadi. Tergov va sud ishini yuritishning har qanday bosqichida 
malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. Fuqarolarga, korxona, 
muassasa va tashkilotlarga yuridik yordam berish uchun advokatura faoliyat 
ko‘rsatadi. Advokaturani tashkil etish va uning ish tartibi qonun bilan belgilanadi”. 
Mazkur modda quyidagicha yangi tahrirga o‘tkaziladi: 

Har kimga malakali yuridik yordam olishga bo‘lgan huquq kafolatlanadi. 
Qonunda nazarda tutilgan hollarda yuridik yordam bepul ko‘rsatiladi. 

Tergovning va sud ishini yuritishning har qanday bosqichida malakali 
yuridik yordamga bo‘lgan huquq kafolatlanadi. Jismoniy va yuridik shaxslarga 
yuridik yordam ko‘rsatish uchun mustaqillik va o‘zini o‘zi boshqarish prinsiplariga 
asoslangan advokatura faoliyat ko‘rsatadi. Advokaturani tashkil etish va uning 
faoliyati tartibi qonun bilan belgilanadi. 

Advokat shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish 
bo‘yicha o‘z kasbiy vazifalarini amalga oshirayotganda uning faoliyatiga 
aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling