Mundarija kirish I bob konstitutsiyaning qabul qilinish va kuchga kirgan davr


Bugun yurtimizda muhim jarayon – konstitutsiyaviy islohotlarni amalga


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/29
Sana29.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1400060
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
O`zbekiston Respublikasining konstitutsiyasiga qabul qilingandan

Bugun yurtimizda muhim jarayon – konstitutsiyaviy islohotlarni amalga 
oshirishga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda. 
Fuqarolarning takliflari, fikr-mulohazalari o‘rganilib, Bosh qomusimizni 
takomillashtirish ishlari jadal olib borilmoqda. 
Bugun Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha 
takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan 
Konstitutsiyaviy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda 
Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari, ekspertlar, deputatlar hamda ommaviy axborot 
vositalari vakillari ishtirok etdi. 
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va 
qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni olish, ularni ko‘rib chiqish yuzasidan 
amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborot berildi hamda berilgan takliflar 
atroflicha muhokama etildi. 
Yig‘ilishni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, 
Konstitutsiyaviy komissiya raisi Akmal Saidov kirish so‘zi bilan ochib, 
91
Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / A.X.Saidov, M.X.Rustambayev, O.Xusanov va boshqalar. - Toshkent: Complex 
Print, 2019. – 779 b


74 
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar xalqimizning 
xohish-istagi, ezgu maqsadlari ifodasi, mamlakatimizdagi demokratik islohotlarning 
mantiqiy davomi ekanligini ta’kidladi. Shu sababli bu jarayon xalqimiz tomonidan 
qizg‘in qo‘llab-quvvatlanayotganini, Konstitutsiyaviy komissiyaga fuqarolardan 
ko‘plab taklif va tavsiyalar kelib tushayotganini qayd etdi. 
Komissiya yig‘ilishida takliflar muhokama qilinar ekan, fuqarolik jamiyati 
institutlari, ayniqsa, siyosiy partiyalar, mahallalar hamda ilmiy-tadqiqot 
institutlarining faolligi yaqqol sezilayotgani e’tirof etildi. 
Fuqarolik jamiyati institutlari bir tomondan Konstitutsiyani boyitish 
maqsadida asoslantirilgan jamoaviy takliflarni berishda jonbozlik ko‘rsatayotgan 
bo‘lsa, ikkinchi tomondan, xalqimiz orasida konstitutsiyaviy islohotlarning 
targ‘ibotida faol ishtirok etmoqda. 
Shuningdek, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy 
markazi, “Yuksalish” umummilliy harakati, Oliy Majlis palatalari huzuridagi 
Yoshlar parlamentlari, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, “Kamalak” bolalar tashkiloti 
faollari, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, Fanlar 
Akademiyasi tarkibidagi tadqiqot institutlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh 
Prokuratura akademiyasi, Sudyalar oliy maktabi singari institutlar Konstitutsiyaviy 
komissiyaga jamoaviy takliflar yuborishda yetakchi o‘rinlarda turibdi. 
Yig‘ilishda Konstitutsiyaviy komissiyaning Takliflar bilan ishlash guruhiga 
kelib tushgan va saralangan hamda Yig‘ma axborot-tahlil guruhi tomonidan 
o‘rganib chiqilgan navbatdagi takliflar atroflicha muhokama qilindi. So‘z olgan 
komissiya a’zolari hamda ekspertlar har bir taklif, Konstitutsiyamizga kiritilayotgan 
o‘zgartish va qo‘shimchalar yuzasidan fikr-mulohazalarini, munosabatini bildirdi. 
– bugungi kunda ekologik muammolar eng dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. 
O‘zbekistonning ekologik tashabbuslari, xususan, davlatimiz rahbarining BMT 
Bosh Assambleyasining qator sessiyalarida ilgari surgan ekologiyaga oid taklif va 


75 
tashabbuslariga dunyo miqyosida e’tibor qaratilmoqda. Bugun O‘zbekiston aniq 
amaliy ishlari bilan dunyo mamlakatlariga namuna bo‘lmoqda. Masalan, so‘nggi 4 
yilda Orolbo‘yi hududida 1 million 734 ming gektar yerga saksovul urug‘lari sepildi. 
Bu butun Markaziy Osiyo ekologiyasiga o‘z ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi, albatta. 
Konstitutsiyamizning 9-bobida ekologik huquqlarga o‘rin berilayotgani ayni 
muddao va to‘g‘ri ish bo‘ldi. Shuningdek, 54-moddada mulkdan foydalanish 
ekologik muhitga zarar yetkazmasligi shartligi belgilangan. Ushbu normani “atrof-
muhitga zarar yetkazmaslik” deb o‘zgartirish o‘rinli bo‘ladi. Shuningdek, 
yig‘ilishda kelib tushayotgan takliflar bo‘yicha ham ma’lumotlar taqdim etildi. 
Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va 
qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha Takliflar bilan ishlash guruhi tomonidan 24 soat 
davomida takliflar qabul qilinmoqda. O‘tgan hafta davomida fuqarolardan 
kelayotgan takliflar soni va sifati keskin ortgan. Bu esa xalqimizning bu jarayondagi 
faolligidan darak beradi. 
Joriy yilning 17 iyun holatiga ko‘ra, Takliflar bilan ishlash guruhiga jami 35 
mingdan ortiq takliflar kelib tushgan. Ularning aksariyat qismi elektron shaklda 
yuborilgan bo‘lsa, qolganlari mahallalar va Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga 
og‘zaki yoki yozma shaklda, pochta aloqasi hamda bosma matbuot, televideniye, 
radio orqali yuborilgan. 
Bu takliflarda O‘zbekistonning tashqi siyosati inson huquqlari va 
erkinliklarini hurmat qilish prinsip va normalariga asoslanishini tashqi siyosat 
prinsiplariga qo‘shish, hech kim o‘zining fuqaroviy, huquqiy shartnomaviy 
majburiyatlarini bajara olmasligi sababli ozodlikdan mahrum etilmasligi, hech bir 
inson qiynoqlarga yoki shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatini kamsituvchi 
muomalaga yoki jazoga tortilmasligi, har bir shaxs o‘z huquq va erkinliklarini 
qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli ekanligini 
konstitutsiyaviy mustahkamlashga doir masalalar ilgari surilgan. 


76 
Shuningdek, har bir shaxs O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va 
xalqaro shartnomalariga muvofiq, o‘z huquq va erkinliklari hamda qonuniy 
manfaatlari inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar tomonidan himoya qilinishi 
uchun murojaat qilishga haqliligi, qonunda belgilangan tartibda faoliyat 
yuritayotgan barcha diniy tashkilotlarning faoliyat erkinligi kafolatlanishini nazarda 
tutuvchi takliflar kelib tushgan. Fuqarolardan kelib tushayotgan takliflarning 
salmoqli qismini inson huquq va erkinliklarini ta’minlashga doir takliflar tashkil 
etayotir. 
Shuningdek, yig‘ilishda Konstitutsiyaviy islohotlarni OAV va ijtimoiy 
tarmoqlarda keng yoritish bo‘yicha ishlab chiqilgan Media-rejaning ijrosi yuzasidan 
axborot berildi. 
– Fuqarolarga konstitutsiyaviy islohotlar haqida tezkor, xolis va to‘laqonli 
axborot yetkazish maqsadida radio, gazeta va jurnallar hamda internet nashrlari bilan 
samarali hamkorlik qilib kelinmoqda, – dedi Komissiya matbuot xizmati rahbari 
Odil Tojiyev. – Jumladan, davlat va nodavlat telekanallarda shu kunga qadar 1445 
ta lavha, maxsus ko‘rsatuvlar tasvirga olinib, efirga uzatildi. Davlat va nodavlat 
radiokanallarda jami 656 ta maxsus eshittirish efirga uzatildi. Bosma nashrlarda 150 
dan ortiq maqolalar, Internet nashrlarda 6 ming 34 ta materiallar e’lon qilindi. 
Maxsus platformada 50dan ortiq reportaj va videoroliklar e’lon qilindi. 3 marta 
davlat tili va rus tilida mamlakatimizning 30 million mobil aloqa abonentlariga 
SMSlar, har haftada bir marotaba jami 180 million SMS yo‘llandi. Bu yo‘nalishdagi 
ishlar, o‘z navbatida, oddiy fuqaroga konstitutsiyaviy islohotlarni sodda va 
tushunarli tilda yetkazishda muhim omil bo‘lyapti. 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling