Mundarija kirish I bob konstitutsiyaning qabul qilinish va kuchga kirgan davr
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston Respublikasining konstitutsiyasiga qabul qilingandan
77 XULOSA Наг bir xalqning taqdirida muhrlanib qoladigan tarixiy hujjatlar millat ravnaqi, davlatchilik poydevorining rnustahkam bo‘lishi uchun xizmat qilganligi bilan ahamiyatlidir. O`zbek xalqi tarixida ham keskin burilish yasagan, istiqlol uchun kurashlar samarasi bo‘lgan, ahamiyati jihatidan asrlarga tatigulik huquqiy hujjatlar qatorida, Asosiy qonunimiz - Konstitutsiyamizni alohida ehtirom bilan tilga olamiz. Mustaqil davlatchilikning belgisi hisoblanmish Konstitutsiya, avvalo, millatning yuzi, xalqning erki ifodasi, jamiyat taraqqiyotining asosidir. Tom ma‘noda yangi demokratik tuzumni barpo etish maqsadida qabul qilingan Konstitutsiyamizning g‘oyasi, asosiy prinsip va qoidalari umume‘tirof etilgan 78 xalqaro talablar bilan birga, xalqimizning ming yillar davomida shakllanib kelgan qadriyatlarini ham o‘zida mujassam etgan. Xalqimiz Konstitutsiyamizni qabul qilinishi orqali dunyo hamjamiyatiga o‘zining umuminsoniy qadriyatlarga sodiq ekanligini namoyon qildi. Ushbu umuminsoniy qadriyatlarning diqqat markazida inson, uning hayoti, erkinligi, sha‘ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlarini ta‘minlash davlatimiz oldidagi oliy mas‘uliyat ekanligi Konstitutsiyamizning asosiy g‘oyasi sifatida tanlab olindi. Konstitutsiyamizning barcha tamoyillari, avvalo, inson va fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, davlatning majburiyati ushbu huquq va erkinliklami ta‘minlashda aks etadi. Taklif: 1) Fikrimizcha fuqarolarning inson huquq va erkinliklarini taʼminlashning yangi huquqiy mexanizmlarni joriy etish lozim. Gap fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari buzilganda Konstitutsiyaviy sudga murojaat etish huquqi haqida bormoqda. Vaholanki “Konstitutsiyaviy sud to‘g‘risida”gi qonunning 19- moddasiga asosan Konstitutsiyaviy sudga: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Spikeri, Oliy Majlis Senatining Raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida to‘rtdan bir qismidan iborat deputatlar guruhi, Oliy Majlis Senati aʼzolari umumiy sonining kamida to‘rtdan bir qismidan iborat senatorlar guruhi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, Oliy xo‘jalik sudining raisi va Bosh prokurori Konstitutsiyaviy sudda ko‘rib chiqish uchun masalalar kiritish huquqiga ega. Masala Konstitutsiyaviy sudning kamida uch sudyasi tashabbusi bilan ham kiritilishi mumkin. Yaʼni bevosita fuqarolar tomonidan masala kiritilish nazarda tutilmagan. To‘g‘ri O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining qarori bilan 03.07.1998 yilda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining fuqarolar murojaatlari bilan ishlashi to‘g‘risidagi Nizomining 2.1. qismida agar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga yo‘llangan fuqarolar 79 murojaatlarida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va Oliy Majlis qabul qilgan boshqa hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, hukumat va davlat hokimiyati mahalliy organlarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasining davlatlararo shartnomalar bilan olgan yoki boshqa majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mos emasligi to‘g‘risida, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga yoki Qoraqalporiston Respublikasining qonunlari O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga nomuvofiqligi to‘g‘risida, Konstitutsiya yoki qonunlarning normalariga sharh berish to‘g‘risida maʼlumotlar, so‘rovlar aks etgan bo‘lsa, ular Konstitutsiyaviy sud Raisi yoki Raisining o‘rinbosari topshirig‘iga muvofiq, masalani Konstitutsiyaviy sud ko‘rib chiqishi uchun tayyorlash va kiritish maqsadida, Konstitutsiyaviy sudning sudyalari tomonidan o‘rganib chiqilishi lozim degan qoida mavjud. Biroq ushbu normada fikrimizcha aynan maʼlum bir konstitutsiyaviy huquq va erkinlikning to‘g‘risdan-to‘g‘ri buzilishi oqibatida murojaat qilishni nazarda tutmagan. Fikrimizcha fuqaro yoki boshqa jismoniy shaxs (chunki konstitutsiya nafaqat fuqarolarning balki umuman insonlarning huquqlarini kafolatlashni nazarda tutadi)ning Konstitutsiyaviy sudga masala kiritish to‘g‘risidagi qoida Nizomda emas, balki “Konstitutsiyaviy sud to‘g‘risida”gi qonunda o‘z aksini topishi lozim. 2) fikrimizcha inson huquq va erkinliklarini kafolatlashda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan qoidalarning so‘zsiz tan olinishini taʼminlashimiz, konstitutsiya asosida qabul qilingan qonunlarda konstitutsiya normalariga zid, kollizion normalarning qabul qilinishiga chek qo‘yishimiz lozim deb hisoblaymiz. Xususan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar deb belgilangan. Konstitutsiyaning 80 46-moddasida “Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar” degan prinsip eʼtirof etilgan. Biroq saylov qonunchiligi bo‘yicha deputatlikka nomzod ko‘rsatayotgan siyosiy partiya nomzodining 33 foizi albatta ayollar bo‘lishi lozim, mehnat qonunchiligiga ko‘ra esa ayollar 55 yoshdan pensiyaga chiqishi yoki boshqa shunga o‘xshash bir qator normalarning belgilanishi fikrimizcha konstitutsiyaviy normalarga zidlik holatini keltirib chiqarmoqda. O‘ylashimizcha xalq vakillari bu xaqda mulohaza qilishsa yaxshi bo‘lardi. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling