Mundarija kirish I bob. Korxonalardagi innovatsiyаlar marketingi I strategik


Download 229.98 Kb.
bet6/8
Sana31.01.2024
Hajmi229.98 Kb.
#1831141
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Reja Innovatsion marketing turlari va ulardan foydalanish

Birinchi navbatda raqobatbardosh afzalliklarga ega boʻlgan tarmoqlarda bir qator tizimli muammolar va kamchiliklarning saqlanib qolayotganligi eksport hajmlarining salmoqli oʻsishini taʼminlashga toʻsqinlik qilmoqda. Jumladan: birinchidan, ishlab chiqarish quvvatlaridan va keng turdagi xom ashyo, shuningdek, mehnat resurslari mavjud boʻlgan hamda tashqi bozorlarda raqobatbardosh boʻlgan yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlarni ishlab chiqarishni taʼminlovchi afzalliklardan toʻliq hajmda foydalanilmayapti; ikkinchidan, eksport qiluvchi korxonalar faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash vositalari rivojlanmayapti, eksportoldi va eksportni moliyalashtirish mexanizmlari mavjud emas; uchinchidan, chuqur marketing tadqiqotlarini oʻtkazish, uzoq muddatli barqaror tashqi bozorlarni shakllantirish va xorijda tashqi savdo infratuzilmasini yaratishga yetarli darajada eʼtibor qaratilmayapti; toʻrtinchidan, har xil xizmat turlari eksportini tashkil qilish va ilgari surish boʻyicha tizimli ishlar mavjud emas, ularni koʻrsatish uchun zarur infratuzilma rivojlanmagan.


Mamlakatimizda innovatsion iqtisodiyotni shakillantirish va shu orqali korxona eksport salohiyatini oshirish yo`llarini keng miqiyosida tadqiq etish masalalari juda ko`p bora ilmiy izlanishlarning ham nazariy, ham amaliy ishlarni olib borishni taqozo etmoqda. Albatta bu vosita korxona eksport salohiyatiga bevosita ta’sir etuvchi omillarni taxlil qilish zaruriyatini tug`diradi. Korxona eksport salohiyati zamonaviy bozor munosabatlariga bog`liq. Shunday ekan, bunda marketing tadqiqotlari, korxona yutuqlarining hal qiluvchi omillari va ularning kutilmagan tasodiflarini hisobga olgan holda imkoniyat istiqbollarini aniqlash borasida korxona faoliyatining innovatsion strategic tadqiqot o`tkaziladi, marketing strategiyasi va uni amalga oshirish yo`llari ishlab chiqiladi. Ma’lumki, mazmuniga ko`ra “strategiya” – korxonaning o`z faoliyatida qaror qabul qilish maqsadida amal qiladigan qoidalar, yo`l-yo`riqlar majmuidir. Bu qoidalardan iborat:

  • korxona faoliyatining hozirgi va kelgusidagi rivojlanishini baholashda qo`llaniladigan qoidalar;

  • korxona va tashqi muhit o`rtasidagi munosabatlarning yuzaga kelishidagi qoidalar, ya’ni: mahsulotning yoki texnologiyaning qanday u taqdim qiladi, qayerga, kimga va qanday narxda o`z mahsulotini sotadi, qanday yo`l bilan raqobatchilardan ustunlikka erishadi va h.k.

  • korxonaning ichki munosabatlarini tashkil qilishdagi qoidalar;

  • korxonaning kundalik faoliyatida qo`llaniladigan qoidalar.

Respublikamiz korxonalari, ayniqsa , sanoat tarmog`lari korxonalari bugungi kunda bir qator qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Bular ishlab chiqarish, sotish, moliyaviy, resurslar yetishmasligi, tovarlar sifatining pastligi kabilarda yaqqol namoyon bo`lmoqda. Ichki bozorda raqobatchilarning paydo bo`lishi, yangi texnologiyalarning vujudga kelishi, sobiq ittifoq davrida mavjud bo`lgan iqtisodiy aloqalarning uzilishi tarmoq korxonalarning ayrimlarini ayrimlarini tanglik holatiga tushirib qo`ydi. Bunday vaqtda korxona faoliyatini yaxshilash, bozordagi ulushini saqlab qolish va uni mustahkamlash masalalarini yo`lga qo`yish juda muhimdir. Bizning fikrimizcha, korxonaning krizis holatiga tushib qolishiga asosiy sabab-birinchidan, korxonaning strategik rivojlanish kontsepsiyasi yo`qligi bo`lsa, ikkinchidan, operativ qarorlar qabul qilish uchun bozorning holati, tashqi muhit to`g`risida axborotlarning yo`qligi, deb hisoblaymiz. Tanglik holatida bo`lgan korxonada axborotlarning yetishmasligi quyidagi uch omil asosida yuzaga keladi:

  • bozordagi talab va taklif qisman hisobga olinganda yoki umuman hisobga olinmaganda;

  • bozorning sifat va miqdoriy ko`rsatkichlari o`zgarishi to`g`risida ma’lumotlar bo`lmaganda;

  • korxonaning tovarlarni sotish bilan shug`illanuvchi bo`limi yaxshi rivojlanmagan, shu sababli maqsadga qaratilgan sotish siyosatini amalga oshirish imkoniyatiga ega emas.

Yuqorida sanab o`tilgan muammolarni bartaraf qilish jadal ravishda faol marketingga o`tishni talab qiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko`rsatdiki, assotsiatsiya tarkibiga kiruvchi korxonalarning qariyb 50 foizida marketing bo`limlari tashkil qilinmagan, mavjudlarida ham marketingning vazifalaridan kompleks foydalanish, bozor konyunkturasini tadqiq qilish natijasida axborotlar to`plash talab darajasida emas. Bozor iqtisodiyoti rivojlanib borayotgan hozirgi davrda korxonaning eksport salohiyati rivojlanishi iste’molchining istak va xohishini o`z vaqtida ilg`ab olish hamda uni tezda qondirishga qaratilgan taqdirdagina amalga oshadi. Buning uchun korxonaning faoliyatini strategik rejalashtirish, uning yaqin va uzoq kelajakdagi maqsadlarini aniqlash muhim ahamiyatga ega.
Korxona maqsadlarini uning mohiyatiga ko`ra bir nechta turlarga bo`lishimiz mumkin, masalan: bozordagi maqsadlar – ta’sir ko`rsatish, sotish, bozorning ma’lum ulushini egallash; moliyaviy maqsadlar – foyda, rentabillik; mahsulot va jamiyat bilan bog`liq bo`lgan maqsadlar – sifat, ijtimoiy javobgarlik, korxona faoliyati kafolatini ta’minlash va boshqalar. Korxonaning eksport salohiyati bo`yicha maqsadni belgilashda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar xususiyati, tashqi bozordagi imkoniyatlari, ishonchli sotish kanallarining mavjudligi ham ta’sir ko`rsatadi. Shuni ham ta’kidlash lozimki, harqanday maqsadga erishish korxonaning haqiqiy imkoniyatlaridan kelib chiqib belgilansa, rahbariyat va ishchi-xodimlar o`rtasida to`liq anglab yetilsagina, uni amalga oshirish oson kechadi. Demak, sanoat mahsulotlari marketing o`ziga xos xususiyatlariga ega bo`ladi.
Bular quyidagilar:

  • sotish va xarid qilishning katta hajmda ekanligi;

  • mahsulotlarning texnika jihatdan ancha murakkabligi;

  • xaridorlarning katta tavakkal qilishlari;

  • sotib olish davrining bir muncha uzunligi;

  • sotib olish haqida qaror qabul qilish jarayonining bir qadar murakkabligi;

  • oldi-sotdi ishlarning uyushgan bozorlarda amalga oshirilishi va h.k.

Sanoat marketing xususiyatlarini belgilovchi omillardan biri sanoat tovarlarining texnik jihatdan ancha murakkabligidir. Darhaqiqat mashinasozlik tarmog`ida ishlab chiqarilgan mahsulotlar, iste’mol tovarlariga nisbatan texnik jihatdan murakkabligi bilan ko`zga yaqqol tashlanadi. Bu hol sanoat marketing xodimlaridan o`z sohalari bo`yicha maxsus bilimli, texnika, ilm-fan yutuqlaridan doimo xabardor bo`lishlarini, o`z malakalarini oshirib borishni talab qiladi. Shu yo`nalish bo`yicha olib brogan marketing tadqiqotlarimiz shuni ko`rsatadiki, respublikamizda “sanoat dizayni”ga bo`lgan e’tibor, uning rivojlanish holati va assotsiatsiya tarkibiga kiruvchi korxonalar eksport salohiyati orasida ma’lum bog`liklik mavjud ekan. O`tkazilgan marketing tadqiqoti natijasida shu narsa aniq bo`ldiki, “sanoat dizayn” tushunchasi maxsus dizaynerlar va korxona rahbarlari tomonidan turlicha talqin qilinar ekan. Masalan, dizaynerlar fikricha “sanoat dizayni” – bu: - estetik va ergonomic talablarga mos keluvchi tovarlarni loyihalashtirish; - ommaviy ishlab chiqariluvchi tovarlar dizayni.
Kelgusida sanoat dizaynining rivojlanishiga ta’sir ko`rsatuvchi omillar sifatidagi fikrlar bildiriladi: “sanoat dizayn”nib o`yicha oliy o`quv yurtlarida mutaxassislar tayyorlashni yo`lga qo`yish va ta’lim sifatini oshirish; -sanoat korxonalari rahbarlarining sanoat dizayniga bo`lgan e’tiborni yanada kuchaytirish. Yuqoridigilarga qo`shimcha qilib shuni ta’kidlash joizki, bizning fikrimizcha, mashinasozlik tarmog`ida sanoat dizaynini kelgusida rivojlantirish va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish uchun quyidagilarni amalga oshirish maqsadaga muvofiq bo`ladi:
-mashinasozlik tarmog`ida sanoat dizaynini rivojlantirish bo`yicha yagona davlat dasturi ishlab chiqish;
-davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash va kapital qo`yilamalarni ko`paytirish;
-sanoat dizayni sohasida huquqiy tizimni yaratish;
-dizaynerlar ishlanmalarini standartlashtirishni yo`lga qo`yish. – “sanoat dizayni”ga bag`ishlangan xalqaro va respublika miqiyosida ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil qilish. Yuqorida sanab o`tilgan muammolarni bartaraf qilish jadal ravishda faol marketingga o`tish orqali innovatsion iqtisodiyotni shakillantirishga hamda korxona eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Marketing – (Marketing) ingliz tilidan olingan bo‘lib, bozor faoliyatini o‘rganish ma’nosini anglatadi. Marketing – bozorda iste’molchilarga mahsulotlarni to‘g‘ri shakllangan narxlarda yetkazib berishni o‘rgatadi. Marketing – ayirboshlash yo‘li bilan ehtiyoj va talablarni qondirishga yo‘naltirilgan inson faoliyatining turi, bozordagi barcha qatnashchilarning o‘zaro manfaatlariga asoslangan harakatlarini, talabni shakllantirish va qondirish uchun birlashtirishdir. Marketing – bu tovar harakatining barcha bosqichlarini o‘z ichiga oluvchi, talab va taklifni o‘rganish, mahsulot ishlab chiqarish dasturini yaratish, sotish va iste’mol qilish bilan bog‘liq bo‘lgan turli xildagi xizmatlar ko‘rsatish va iste’moldan chiqqandan keyin utilizatsiyalashni tashkil qilish kabi bozor muammolarini yechishda yaxlit-tizimli (kompleks-sistemali) yondashishdir.
Marketing xo‘jalikning ma’lum bir tarmog‘iga, masalan, ishlab chiqarishga yoki savdoga taalluqli deb o‘ylash noto‘g‘ri bo‘lur edi. U bozorga xizmat ko‘rsatuvchi barcha xo‘jalik subyektlarini o‘z ichiga oladi va ulardan birgalikda va yaxlit (kompleks) foydalanilganda, birgalikdagi faoliyatning so‘nggi natijasi uchun umumiy strategik yo‘nalishi mavjud bo‘lgan holdagina uning vosita va usullari samarali natija beradi. Bizning iqtisodiyotimiz sharoitlaridan kelib chiqqan holda, bunday natijalar quyidagilar bo‘lishi mumkin: bozor va milliy iqtisodiyot manfaatlaridan kelib chiqqan holda iste’mol tovarlari ishlab chiqarish va xizmatlarni tashkil qilish, tovar aylanishi miqdori va tarkibini shakllantirish, bozor talablari nuqtayi nazaridan milliy iqtisodiyotning istiqbolini aniqlash va hokazolar. Marketingli yondashish, markazdan turib boshqarish va rejalashtirishdan nima bilan farq qiladi? Bunda korxona va tashkilotlarning ish amaliyotida bozor talabi umuman hisobga olinmas edi. Marketing esa sotish uchun taklif qilinayotgan tovarning ham, unga almashinadigan va aholining turlicha bo‘lgan tabaqalarining daromadlariga asoslangan pul oqimining ham aniq manzili bo‘lishini talab qiladi. Markazlashtirilgan rejalashtirishdagi yalpi-qiymatli yondashuv pul va ayniqsa, tovar masalasini hech qanday boshqarmaydi, aksincha, uni ma’nosiz o‘rtacha xaridor deb ataluvchi xaridorga yo‘naltiradi. Hattoki, yetarli imkoniyatlar mavjud bo‘lgan holda ham, talab va taklif orasida muvozanat bo‘lmaydi, chunki korxonalar shunday sharoitda faoliyat ko‘rsatadiki, ular uchun bozor talablariga moslashishning keragi yo‘q bo‘lib qoladi. Faqat ishlab chiqarish rejasini bajarish va oshirib bajarish kerak bo‘ladi. Keyin bozorning o‘zi unga kelib tushgan tovarni yutib ketadi. Bizning iqtisodiyotimizda mavjud bo‘lgan doimiy taqchillilik qonuni shundan iborat edi. Bordi-yu ishlab chiqarilgan tovarning biron-bir qismi bozorda o‘ziga xaridor topa olmasa, korxona hech qanday zarar ko‘rmas va u hech qanday moddiy javobgarlikka tortilmas edi. Bunaqa «ish»dan kelib tushadigan zarar jamiyat «yelkasiga» og‘ir yuk bo‘lib tushar edi, xolos.
Marketingli qarorlar qabul qilish korxonalardan bozorga mumkin qadar moslashishni va davlat iqtisodiy siyosatiga to‘liq javob berish bilan birga, ishlab chiqarishning samaradorligi va foydaliligini oshirish, mehnat natijalaridan moddiy manfaatdorlikni oshirishga asoslangan, o‘zining rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilishni har vaqt talab qiladi. Nima uchun bunday hol sodir bo‘ladi? Chunki, marketingli yondashuvda qiymat qonuni va tovar ishlab chiqarishning boshqa iqtisodiy qonunlari qat’iy amal qiladi. Ana shu asosida faqat bozorgina tovar-pul almashinuvini ta’minlaydi. Ishlab chiqilgan moddiy boyliklar pul ekvivalentiga almashtirilmas ekan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish tugallangan va to‘liq bo‘lmaydi va yangi ishlab chiqarish davri sikli boshlanishi o‘zo‘zidan mumkin emas. Eng kam xomashyo, materiallar, mehnat va moliya resurslar sarfi bilan talabni ko‘proq, to‘laroq qondirishga imkon beradigan marketing strategiyasining ma’nosi ham ana shunda. Shunday qilib, marketing usullaridan foydalanish korxona manfaatlari va maqsadlarini, jamiyat maqsadlari va manfaatlari bilan birlashtiradi, iqtisodiyot taraqqiyotiga mikro va makroiqtisodiy yondashuv birligini ta’minlaydi.
Marketing tadbirkorlik faoliyatining bozorda ishlash uslubi bo‘lib, iste’molchilar va ularning talab istaklarini o‘rganish, ularga mos tovarlar yaratish, narx belgilash, tovarlarni yetkazib berish, taqdim etish, sotish, xizmat ko‘rsatishni uyushtirish usullari, vositalari, tartib-qoidalari majmui hisoblanadi. Bularning hammasi birinchi asosiy maqsadga talab bilan taklifni o‘zaro muvofiqlashtirishga xizmat qiladi. Marketing – iste’molchilar, bozorning aniq segmentlari talabini hisobga olish, aniqlangan talablarga mos yangi tovarni ishlab chiqish, rag‘batlantirish va reklama tadbirlari asosida uni sotishni tashkil qilish hamda tovarlar harakatini aniqlash konsepsiyasidir. Jahon amaliyoti tajribalari asosida o‘tkazilgan izlanishlar va statistik ma’lumotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, tashkil qilingan xususiy korxonalarning 50–60 foizi faoliyat yuritishning dastlabki 3 yili ichida inqirozga uchrashi mumkin. Agarda siz shu kabi xususiy korxonaning rahbari bo‘lsangiz va bu holatga duchor bo‘lmay desangiz o‘z ustingizda va ko‘zda tutgan rejalaringiz ustida ko‘p mehnat qilishingizga to‘g‘ri keladi. Xususiy korxonalarning inqirozga uchrashiga va yopilib ketishiga bir qancha sabablar ta’sir qiladi. Bu sabablar ichida asosiy o‘rinlardan birini marketing egallaydi. Xo‘sh marketing o‘zi nima? Bozormi? Sotuvlarmi? Yo‘q. Marketing — xaridorlar ehtiyojini qondirish va daromad olish maqsadida mahsulot, xizmat, qimmatli qog‘ozlar bozorida olib boriladigan keng qamrovli faoliyat turidir. Marketing ishlab chiqarish jarayonini bozor talablariga moslashtirish uchun xizmat qiladi. Marketing faoliyatini amalga oshirish muhiti quyidagi besh qismga bo‘linadi: – nazorat qilinadigan omillar; – nazorat qilinmaydigan omillar; – o‘z maqsadiga erishishni tashkil qilishda yutuqlar yoki muvaffaqiyatsizliklar darajasi; – teskari aloqalar; – moslashuvchanlik. Kichik tadbirkorlik faoliyatini nazorat qilish jarayoni omillariga tadbirkor tomonidan boshqarishni quyidagicha amalga oshirishi, ya’ni o‘zaro faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan qarorlarini amaldagi qonunchilikka binoan qabul qilishi, yuqori tashkilot rahbariyati tomonidan aniqlik kiritiladi.



Download 229.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling