Innovatsion marketing har xil bo'lishi mumkin va quyidagilarni o'z ichiga oladi. — 1. Mutlaqo yangi mahsulotni joriy etish yoki mavjud mahsulot sifatini yaxshilash.
2. Yangi ishlab chiqarish usulini, shuningdek, tovarlarni tijorat asosida qayta ishlashning yangi usulini joriy etish.
3. Xom ashyo yoki tovarlarni etkazib berishning yangi manbasini zabt etish, bu manba allaqachon mavjudmi yoki yaratilishi kerakmi, yangi bozorlarni egallash.
4. Yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish, imidjini yaxshilash va bozorda ishonchini oshirish.
5. Mahsulotning resurs intensivligini pasaytirish va pul oqimi miqdorini oshirish.
Innovatsion marketing o’zi 4 turga bo’linadi
SRM-bu mavjud va potensial mijozlar haqida barcha axborot malumot manbalari haqida yig’ish va integratsiya qilish
CALL markaz- bunda istemolchiga bevosita bog’lanish orqali tovar haqida malumot beriladi
Virusli innovatsion marketing- bunda istemolchilarni jalb qilish maqsadida kuchli tasir qiluvchi reklamalardan foydalaniladi
Tarmoq innovatsion marketingi- bunda ishlab chiqaruvchi o’z mahsulotini distebyuter orqalì tarqatadi
2.O’zbekiston Rwspublikasining eksport salohiyatini amalga oshirishga mo’ljallangan chora tadbirlar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Joriy yil mobaynida mamlakatimizning tashqi iqtisodiy sohasida tashqi savdo hajmi va eksportni tizimli ravishda jadal oshirishga qaratilgan tarkibiy oʻzgarishlar amalga oshirildi, xususan, valyuta siyosati liberallashtirildi, maʼmuriy toʻsiqlar bartaraf etildi, eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlari uchun narxlarni shakllantirish va toʻlovning bozor mexanizmi joriy qilindi.
Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni, shu jumladan, komissioner (ishonchli vakil) orqali realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumida eksport ulushi 15 foizdan yuqori boʻlgan yuridik shaxslarga yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi va yagona soliq toʻlovi boʻyicha soliq solinadigan bazani kamaytirish imkoniyati berildi. Shu bilan birga, amalga oshirilayotgan tadbirlarning samaradorligi ustidan muntazam ravishda olib borilayotgan monitoring tashqi savdo va eksportning umumiy ijobiy dinamikasiga qaramasdan ular hajmlarining real oʻsish surʼatlari iqtisodiyotni modernizatsiya qilish surʼatlariga muvofiq emasligini koʻrsatmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |