Mundarija Kirish I. Bob. Logistikaning rivojlanish tarixi


II Bob. Logistika kursining predmeti va vazifasi


Download 134.63 Kb.
bet4/11
Sana15.06.2023
Hajmi134.63 Kb.
#1482443
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
DIlshodxon Akramov(1)

II Bob. Logistika kursining predmeti va vazifasi.
2.1 Logistikaning predmeti va obyekti.
Logistika murakkab ishlab chiqarish-sotish komplekslarini o‘rganadi, bu komplekslar ta’minot, asosiy ishlab chiqarish, transport va sotuv sohalarida tashkiliy-iqtisodiy faoliyatni amalga oshiradi. Bu komplekslarning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: asosiy vositalar va ishchi guruhlarning katta maydonga tarqalganligi; texnik vositalar asosiy qismining yuqori fond sig'imi; logistik tizim elementlari ba’zilarining mobilligi va boshqalarining ma’lum jug‘rofik mintaqaga qattiq bogliqligi; katta miqdordagi aralash tizimostilar (yuk jo‘natuvchilar, yuk qabul qiluvchilar, resurslarni yetkazib beruvchilar va hokazo) ishining natijasiga bog’liq. Ko‘rib chiqilgan xususiyatlar logistik tizimda moddiy va axborot. oqimlarining o‘tishiga va hajmiga ta’sir qiladi hamda material o‘tkazuvchi zanjiming alohida bo'g'inlari o‘rtasida yuzaga keladigan taslikiliy va iqtisodiy munosabatlar tabiatini aniqlaydi. Fan sifatida logistikaning predmeti bo‘lib tovar harakati sohasida xarid, ishlab chiqarish va mahsulotni sotish bosqichlaridagi tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar xizmat qiladi. Logistika fan sifatida logistik tizimlarni tashkil etishning umumiy xususiyatlarini, qonun va qorruniyatlarmi o'rganadi.
I ogistikaning fan sifatida tuzilmasi bo’lib tovar harakati liiiayoniga tegishli bo'lgan qonuniyatlar va aloqalarni o'rnatish hisoblanadi. Bu moddiy va axborot oqimlarini boshqarishning samarali shakl va uslublarini amaliyotda aniqlash va qo‘llash maqsadida amalga oshiriladi. I ogistika fanining umumiy uslubi bo’lib tadqiqotning dialektik uslubi hisoblanadi. Aniq masalalar yechimini topish uchun fanda tizimli yondashuv, amallarni tadqiqot qilish usiublari va tizimlar nazariyasidan foydalaniladi.
XX asrning 50-yillarida moddiy oqimlarni boshqarish masalalari harbiy logistikada qo’llaniladigan uslublar yordamida hal etilishi mumkinligi tan olindi. XX asrning 70-villari boshida turli mamlakatlar iqtisodiyotida logistik qarashlar keng qo‘llanila boshladi.
Asta-sekin logistika va logistik boshqaruv tushunchalari turii shakllarga ega bo‘ldi va ishlab chiqarish hamda tovar almashinuvining turli xil tarmoqlariga kirib bordi. Bugungi kunda logistikaga moddiy oqimlarni boshqarish sifatida qaraladi. O’z davrida Sharq bilan G ‘arbni bog’lab turgan Buyuk Ipak Yo‘li orqali bo‘ladigan turli xil tovar almashinuvi hamda savdo-sotiq jarayonlarida logistika elementlarini yaqqol ko‘rish mumkin. Logistika tushunchasini tasniflashda bir nechta qarashlar mavjud. Ularning ko‘pchiligi bu tushunchani moddiy oqim va axborot oqimi bilan bog‘lashadi. Logistikaning barcha tasniflarini ikkita guruhga ajratish mumkin. Ulardan biri logistikani xo'jalik faoliyatining bir yo‘nalishi sifatida tushuntiradi, u ishlab chiqarish va tovar almashinuvi sohalarida moddiy va axborot oqimlarini boshqarishdan iborat. Ikkinchisi — logistikani ilmiy yo‘nalish sifatida o'rganadi, u moddiy va axborot oqimlarining samaradorligini oshirishning yangi imkoniyatlarini qidirish bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq.
Logistika - ma’lum maqsadlarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan mablag‘ va
xizmatlarni maqsadga muvofiq tayyorlash, foydalanishni tashkil qilish va
boshqarish. Logistikaning maqsadi - ma’lum tovarni ma’lum vaqtda eng kam
(minimal) harajatlar bilan oldindan tayyorlash. Logistikani iqtisodiyotning ishlab
chiqarish infratuzilmasi, desa ham bo‘ladi. Logistikaning tuzilishi quyidagicha
b
o‘ladi (2-chizma):
Logistika:
a) ehtiyoj;
b) ishlab chiqarish;
v) transport;
g) mahsulot taqsimlashning o‘zaro bog‘lanishiga asoslangan.
Logistika konsepsiyasining bir necha kategoriyalari bor, ulardan asosiylari
quyidagilar.
1. Taqsimlash kategoriyasi deganda-faoliyatning bir turi va reklama
qiladigan, (realizatsiya), mahsulotni sotadigan, transportirovka qiladigan va
xaridorlarga xizmat ko‘rsatadigan tashkilotlar tushuniladi.
2. Logistika - material va mahsulotlar oqimini boshqarish, xomashyo bilan
ta’minlashdan boshlab, to oxirgi iste’molchiga tayyor mahsulot yetkazib
berilgunga qadar, shu bilan birga materiallar harakatiga yordam qiluvchi axborot
oqimi kategoriyasi.
Odatda har bir firma o‘z mahsulotining taqsimlanishini nazorat qiladi va
boshqaradi. Logistika tizimi esa xalq xo‘jaligida material va mahsulotlar oqimini
boshqaradi.
3. Makrologistika kategoriyasi.
4. Mikrologistika kategoriyasi.
Adabiyotlarda logistikaga xo'jalik yuritishning ilmiy-amaliy yo’nalishi sifatida yondashish keng tarqalmoqda. Bu yondashish ishlab chiqarish va tovar almashinuvi sohalarida moddiy va axborot oqimlarini samarali boshqarishdan iborat.
Rossiyada 1995-yilda nashr etilgan logistika bo'yicha ilmiy lug'atda logistikaga quyidagicha tasnif berilgan: «Logistika — ishlab chiqarish korxonasigacha xomashyo va materiallarni yetkazib berish, xomashyo, materiallarni. yarimtayyor mahsulotlarni qayta ishlash, tayyor mahsulotni iste’molchigacha yetkazib berish hamda zarur ma’lumotni qayta ishlash, saqlash va jo‘natish jarayonida bajariladigan tashish, saqlash hamda boshqa moddiy va nomoddiy operatsiyalami boshqarish va nazorat qilish to‘g‘risidagi fandir»
Yuqoridagilarni umumlashtirib logistikaga qisqaroq tasnif berish mumkin. Logistika — moddiy va axborot oqimlarini, ularning birinchi manbayidan to oxirgi iste’molchigacha bo’lgan harakatini boshqarish, nazorat qilish, rejalashtirish va tashkil etish to‘g‘risidagi fandir. Logistikani o‘rganish obyekti moddiy va unga tegishli moliyaviy, axborot oqimlaridir.



Download 134.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling