Mundarija Kirish I. Bob. Logistikaning rivojlanish tarixi


O’zbekistonning xorij davlatlari bilan logistik hamkorligi


Download 134.63 Kb.
bet10/11
Sana15.06.2023
Hajmi134.63 Kb.
#1482443
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
DIlshodxon Akramov(1)

3.2 O’zbekistonning xorij davlatlari bilan logistik hamkorligi.
O‘zbekistonning tranzit davlati sifatidagi o‘rni
Respublikamiz mintaqamizdagi eng yaxshi transport infratuzilmasiga ega. Davlatimiz hududidan 42530 km avtoyo‘l, 4500 km temir yo‘li (har 10000 km ga 150 km) o‘tadi va mamlakatimizni mintaqaning muhim transport koridorlariga ulaydi. O‘zbekistonning tranzit davlati sifatida ayniqsa Afg‘oniston Islom Respublikasiga (Trans-Afg‘on xalqaro transport karidori) kirish va Afg‘oniston orqali Bandar Abbos va Chobahor portlariga chiqish imkoniyati Tojikiston Respublikasiga kirishi muhim hisoblanadi. Mohiyati yildan yilga ortib borayotgan Andijon- O‘sh — Saritosh — Irkeshtom — Qashqar koridori dunyo tarixidagi eng buyuk loyihalardan bo‘lgan va Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan taklif qilingan «Bir makon — bir yo‘l» (Belt and Road Initiative — BRI) da munosib qatnashish uchun va Xitoyni mamlakatimiz hududidan o‘tuvchi yo‘llar orqali boshqa mintaqalar bilan bog‘lash xizmat qiladi. Xitoyning TIR konvensiyasiga qo‘shilishi, Qirg‘iziston orqali Xitoydan O‘zbekistonga avtotransport orqali amalga oshirilgan ilk transport tranzit davlati sifatidagi potensialimiz yuqoriligidan dalolatdir. Bu potensialdan foydalangan holda Turkmaniston orqali Eron va Turkiyaga, Kavkaz davlatlariga, Bojxona Ittifoqi davlatlari orqali Yevropaga chiqishimiz mumkin. Bu imkoniyatlar ayniqsa iqtisodimiz uchun bevosita va bilvosita ishlab chiqarish, transport, infratuzilma, turizm sohalarida minglab ish o‘rinlari yaratishi mumkin.
DP World – O‘zbekistonning logistika va tashqi savdoni raqamlashtirish sohasidagi muhim hamkori
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakovning dunyoning eng yirik logistika operatorlaridan biri bo‘lgan Birlashgan Arab Amirliklarining «DP World» kompaniyasi rahbariyatining vakili, raqamli texnologiyalar va logistika bo‘yicha bosh operatsion direktori Mayk Bhaskaran bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Navoiy shahrida «quruq port»ni yaratish loyihasi doirasida Toshkent viloyatida yirik logistika markazi va erkin iqtisodiy zonani qurish, shuningdek, Toshkent shahri va mamlakatimiz hududlarida logistika markazlari tarmog‘ini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi, bu, o‘z navbatida, O‘zbekiston hududidan o‘tadigan yuk tashish hajmini karrasiga oshirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarining chet el bozorlariga chiqishini soddalashtirish va O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda asosiy logistika markazi sifatidagi mavqyeini mustahkamlash imkonini beradi. Loyihaning amaliy bosqichiga o‘tish jarayonini tezlashtirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
O‘zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish va tashqi iqtisodiy faoliyat barcha ishtirokchilarining yagona tizimga integratsiyalashuvi uchun raqamli infratuzilmani yaratish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Birlashgan Arab Amirliklari tomoni bu sohadagi ilg‘or dasturiy-texnologik yechimlarni taqdim etishga va ularni O‘zbekistonda joriy etishda ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv doirasida Dubay amirligi (BAA) hukumati tashabbusi bilan joriy etilgan «World Logistics Passport» (WLP) xalqaro savdoga ko‘maklashish dasturiga O‘zbekistonning qo‘shilishi masalasi muhokama qilindi. Tegishli bitimni shu oy oxirigacha imzolashga kelishildi.
Kompaniya delegatsiyasi 16-maydan buyon O‘zbekistonda bo‘lib, Transport vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Toshkent viloyati hokimligi rahbariyati bilan ishchi uchrashuvlar o‘tkazdi. Muzokaralar doirasida eksport-import operatsiyalarining bojxona rasmiylashtiruvi uchun sarflanadigan vaqtni sezilarli darajada qisqartirish maqsadida bojxona tartiblarini optimallashtirish maqsadida zamonaviy IT-yechimlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.
Ma’lumot uchun: «World Logistics Passport» — rivojlanayotgan bozorlar o‘rtasida savdo imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha xalqaro dastur. Tashabbus yuk tashish xarajatlarini optimallashtirish va vaqtini qisqartirish orqali xalqaro savdodagi notarif to‘siqlarni bartaraf etish va logistika zanjiri samaradorligini oshirishga qaratilgan. 2019-yilda ishga tushirilganidan buyon dastur o‘z ishtirokchilari tomonidan amalga oshirilayotgan savdo operatsiyalari hajmini 10%ga ko‘paytirish imkonini berdi.

XULOSA
Logistika borgan sari kengroq ahamiyat kasb eta boshlagan faoliyat sohasidir. Shuning uchun davlat va xususiy bo‘limlarning logistika sohasiga qiziqishi ortib bormoqda hamda ehtiyoj vujudga kelmoqda.
Shunday qilib, logistika iqtisodiy faoliyatning funksional yoʻnalishlarini muvofiqlashtirishga, boshqaruv tizimini optimallashtirishga va iqtisodiy tuzilmalarning ishlab chiqarish va bozor pozitsiyasining barqarorligiga yordam beradi.
Logistika jarayonlarining xilma-xilligi logistika tizimlarining tarkibiy qismlarini birlashtirishga imkon beradi, shuningdek korxonalar va hatto shunga oʻxshash boʻlinmalarning ish sharoitidagi farqlarni hisobga olgan holda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning maqsadlari va vazifalariga muvofiq eng aniq va mazmunli natijalarga erishish uchun bir qator yondashuvlardan foydalanadi.


Download 134.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling