Mundarija kirish i-bob. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilish jarayonining rivojlanishi va elementar matematik malakalarini amalga oshirishning nazariy asoslari


Muammoning o‘rganilganlik darajasi


Download 55.5 Kb.
bet3/5
Sana12.03.2023
Hajmi55.5 Kb.
#1262236
1   2   3   4   5
Bog'liq
MUNDARIJA

Muammoning o‘rganilganlik darajasi: Mazkur muammo yuzasidan tadqiqotlar olib borgan olimlarning fikricha, ta’lim bolaning psixik taraqqiyotidan oldinda borib, uni o‘z ortidan ergashtirishi lozim (L.S.Vigotskiy, B.G.Anan’ev va boshqalar). O‘zbekistonda psixologiya fanining hozirgi ahvoli ilgarigidan ancha rivojlangan. Chunki bu fanni o‘qitish muassasa tayyorlov qurollar va markazlar ochilib kishilar ongiga yetib bormoqda. Bundan tashqari psixologiya tarmoqlari bo‘yicha turli xil muammolarni yechishda asosiy rol o‘ynaydi. Bu fanni rivojlanishida hozirgi kunda o‘zbek psixologlari, ya’ni B.R. Qodirov, Ye.G‘. G‘oziev, G‘.B. Shoumarov, V.M. Karimova, A.M. Jabborov, N. S. Safaev, Sh.R. Barotov, B.M. Umarov, Z.T. Nishonova, D.G. Muhammedova va boshqa olimlarning hissasi katta. Hozirgi kunda psixologiya fani ham o‘z tarmoqlarini rivojlantirmoqda. Har bir yosh davri psixik taraqqiyotning maxsus bosqichidir va bola taraqqiyotining ma’lum bosqichida shaxs strukturasidagi o‘ziga xosliklar majmuini tashkil etadigan o‘zgarishlar to‘plami bilan xarakterlanadi. L.S.Vigotskiy yoshni taraqqiyotning ma’lum davri deb qaragan. Uning fikricha 1 yosh davrdan boshqasiga o‘tganda ilgari yosh davrida mavjud bo‘lmagan yangi narsa paydo bo‘ladi, taraqqiyotning borishi o‘zgaradi va qayta quriladi. Yosh xususiyatlari ko‘p sharoitlar majmui bilan belgilanadi. Bunda eng avvalo oila asosiy rol o‘ynasa, maktabgacha ta’lim tashkilotining hissasi ham bu borada muhim ahamiyat kasb etadi. M.P.Yusupova, R.M.Qodirova, D.Abdurahimova, X.B.Tulenova, D.R.Boboeva, V.I.Loginova, P.R.Samorukova, V.I.YAdeshko, F.A.Soxina, G.X.Jumasheva, X.I.Kasimova, M.SH.Rasulova, M.A.Solihova, K.S.SHodieva, SH.A.Sodiqova va boshqalar tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatining mazmuni, maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy, jismoniy va psixologik jihatdan tarbiyalash, ularda muomala madaniyati va nutq ko‘nikmalarini hosil qilish, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash muammolari tahlil etilgan. A.Xayitov va boshqalar Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun ta’lim vositalari tayyorlaganlar.

Download 55.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling