Mundarija kirish I. Bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutq o’stirishning ahamiyati


Bolajon» tayanch dasturida bolalar nutqini rivojlantirishning ilmiy asosi


Download 121.5 Kb.
bet6/7
Sana27.03.2023
Hajmi121.5 Kb.
#1299256
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-6-Y123 (3)

2.2. Bolajon» tayanch dasturida bolalar nutqini rivojlantirishning ilmiy asosi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari 2008 yil 28-sentabrdagi XTV hay’at yig‘ilishining 10/4 qarori bilan tasdiqlangan. Bu Davlat talablarini amaliyotga joriy etish zarurati O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish Respublika o‘quv-metodik Markazi 4. «Bolajon» tayanch dasturi yangi takomillashtirilgan dasturning maqsad, vazifasi bugungi Davlat va jamiyat boshqaruvining erkinlashuvi sharoitida, fuqarolik jamiyatining bo‘lg‘usi shaxslarini barkamol qilib kamolga yetkazishga bo‘lgan talab va ehtiyojini qondirish, amaldagi «Uchinchi mingyillikning bolasi» tayanch dasturining samarali mazmun-mohiyatinisaqlab qolgan holda, maktabgacha yoshdagi bolalarni yangi Davlat talablari asosida tarbiyalashga qaratilgan.
Dastur mazmuni bolalarda ilk bora milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usini shakllantirish, milliy urf-odatlar, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat-ehtiromni kuchaytirish maqsadini ko‘zda tutadi. Ushbu dastur O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi YUNISEF xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda o‘tkazgan uch bosqichlik tajriba-validatsiya sinovlaridan samarali o‘tgan. «Bolajon» tayanch dasturi bugungi kunda maktabgacha ta’lim sohasining barcha yo‘nalishlari ushbu meyoriy hujjatlar bilan ta’minlanganligi va ular XTVning elektron saytlarida yoritilganligi bois, yangi tayyorlangan takomillashtirilgan nashrga ushbu hujjatlar kiritilmadi. «Bolajon» yangi tayanch dasturi yaxlit holatda, to‘ldirish va qo‘shimchalar bilan 12 bosma taboqni tashkil etadi. «Bolajon» yangi taomillashtirilgan tayanch dasturi maktabgacha yoshdagi bolalarga 4 yo‘nalish 3 bosqichda ta’lim-tarbiya berish maqsadini ko‘zda tutgan:
1. Jismoniy rivojlantirish, o‘z-o‘ziga xizmat va gigiyena;
2. Ijtimoiy-hissiy rivojlantirish;
3. Nutq, o‘qish, savodga tayyorgarlik;
4. Bilish jarayoni, atrof-olam to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lish va uni anglash Misol. Bolaga tavsiya etilgan ertak yoki hikoyani qayta hikoya qilib bera olishini aniqlash. «Zumrad va Qimmat», «Bo‘g‘irsoq», «Ikki echki», «Ur, to‘qmoq», «Yechki bolalari», «Toshbaqa bilan chayon» kabi ertak va hikoyatlardan uchtasini taklif etiladi. Bola ertakni eslay olmasa, shu ertaklarga ishlangan rasmlar havola qilinadi.
Bolalar hikoyasi quyidagi ko‘rsatkichlar asosida tahlil qilinadi:
- hikoyani mustaqil bayon qilish (kattalarning yordamisiz).
- matn mazmunining to‘liqligi;
- matnni bayon qilishda izchillik;
- ifoda vositalaridan foydalanish ko‘nikmasi;
- nutqning ravonligi.
Tevarak-atrofdagi narsa-predmetlarga oid matnni qayta hikoya qilib berishda bolalar nutqida quyidagi kamchiliklar uchrashi mumkin.
- bolalar ertakni yordamchi savollar bermasdan turib mustaqil hikoya qila olmaydi;
- matndagi so‘zlarga taqlid qilib so‘zlaydi;
- ba’zi muhim voqealarni tushirib qoldiradi;
- bir oz to‘xtab-to‘xtab hikoya qiladi, nutqda uzilish bo‘ladi;
- nutqda ifodalilik yetishmaydi:
- bir xil tezlikda, bir xil tovushda hikoya qiladi;
- o‘zicha ba’zi so‘zlarni qo‘shib, ma’nosiz hikoya qiladi;
- kattalar yordami vositasida hikoya qiladi;
- hikoya qilish jarayonida matn ma’nosini o‘zgartirib yuboradi;
- mantiqiy izchillikka rioya qilmaydi.
Bolalarga «Mehmonda», «Uycha», «Maktabga yo‘l» mavzulari va ularga ishlangan rasmlar tavsiya etiladi. Hikoya qilish jarayonida yo‘l qo‘ygan xatolari va yutuqlari aniqlanadi.
Mazkur MTMda bolalarning nutqini kuzatganda quyidagilar asosiy mezon sifatida olinadi:
- tavsiya etilgan matnni hikoya qilishda voqeani kattalarning
yordamisiz, mustaqil bayon eta olishi;
- matn mazmunini to‘liq ifodalay olishi;
- matn mazmunini bayon qilishda izchillikka rioya qilishi;
- ifoda vositalaridan foydalana olishi;
- nutqning ravonligi, tezligi;
- jumlalarning grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilganligi;
- nutq madaniyatiga rioya etishi.
Bolalarning nutqini o‘rganishning eng qulay usuli, shubhasiz, suhbat metodi hisoblanadi. Shuningdek, bolalarning tevarak-atrofda mavjud bo‘lgan narsalarni kuzatish va ularni tahlil etish, ular haqida sayrlarda uyushtirilgan savol–javoblar ham muhimdir. Shu bilan birga, bolalarning bog‘lanishli nutqini o‘rganishda ularning tarjimai holi yuzasidan olib boriladigan kuzatishlar ham muhim ahamiyat kasb etadi.

XULOSA.
Mamlakatimizda fan-texnika yuksak sur’at bilan rivojlanib borayotgan bir paytda yosh avlod zimmasidagi mas’uliyat ham ortmoqda. Ularga berilishi lozim bo’lgan bilimlarning hajmi yil sayin oshmoqda.
Bolalarni bog’chadayoq maktabga tayyorlash maktabda esa ularni o’qitishning yangi shakllari amalga oshirilmoqda. Modomiki, harakat va so’z insonning o’zligini namoyon etuvchi asosiy vosita ekan, buning uchun bolaning jismoniy va nutqiy tarbiyasiga ilk davrdan boshlab e’tibor qaratmoq lozim.
Nutq kamchiliklarining kelib chiqishi sabablarini oilada har biro ta-ona, maktabgacha tarbiya muassasalarida tarbiyachi, maktabda esa o’qituvchilar bilishlari zarur. Chunki nutq kishilarning til vositasi orqali aloqa jarayonining tarixan topgan formasidir. Shunindek, nutq rang-barang ifodali tovushlarning majmuasidan iborat. Bu tovushlar oliy nerv sistemasining signallari vositasida nutq organlarining turlicha shakllanishi yoki harakati natijasida paydo bo’ladi. Shuning uchun nutq tovushlarining vujudga keltiruvchi manbalarini organlar fiziologiyasini, ularning faoliyatini o’rganish talaffuzdagi nuqsonlarning kelib chiqish sababini aniqlash, to’g’ri va ravon talaffuzni ta’minlovchi omillardan biridir. Nutq bolalarda asta-sekin shakllanadi,bola o’sib rivojlanib boradi. Aslida bola nutqining o’sib borishidagi hal qiluvchi bosqich bir yarim yoshdan besh yoshgacha bo’lgan davrga to’g’ri keladi. Bu davrda bolaning nutqi muayyan sur’atda, besh yoshdan keyin esa nutq intensiv ravishda xilma-xil o’sib boradi. Biroq ayrim bolalarning nutqiy rivojlanishida bir qator kamchiliklar uchraydi va ma’lum bir sababga bo’g’liq bo’ladi. Tovushning notog’ri talaffuz etishni ona tilidagi hamma tovushlarda uchratish mumkin. Shuni alohida ta’kidlab o’tish joizki, bolalarning ko’pchiligi asosan artikulyatsion jihatdan talaffuz qilish qiyin bo’lgan tovushlarni notog’ri talaffuz etadilar.
Bizning bebaho boyligimiz bu minglab avlodlar tomonidan yaratilgan va doimiy takomillashib boriladigan til. Til qobiliyati, til bizni odamga aylantiradi: tirik mavjudotlar dunyosida boshqa aloqa tizimlari ishlab chiqilgan, ammo ularni inson tili va undan foydalanish mexanizmlari bilan taqqoslab bo’lmaydi. Nutq odamlarning ushbu boylikni mukammallashtirishga bo’lgan intilishini tushunish qiyin emas: nafaqat so’zlarva ularning kombinatsiyasining qoidalarini bilish, balki nutqni shakllantirishning eng murakkab tizimiga, boshqa odamlarning nutqini idrok etish va uni tushunish, bolaning shovqinidan tortib, erkin oqadigan, mantiqiy va ma’ruzachining so’zli, ishonarli nutqiga qadar odam uzoq o’rganish yo’lidan o’tadi.
Bir kishi hayoti davomida nutqini rivojlantiradi. Bolalar bog’chasida bola turli xil texnik vositalardan foydalangan holda nutqni rivojlantiradi: matematikada-mantiqiy muammolarni yechishda, mutqni rivojlantrish darslarida-so’z birikmalaridan foydalanish, nutq mashqlari, matnni o’qish va qayta o’qish, rasmlar, buyumlarni tasvirlash, ertaklar o’qish va h.k. O’quv jarayonida nutqning rivojlanishi bolalarning so’z boyligini boyitishga, rus adabiyot tili normalarini mohirona o’rganishga olib keladi. Nutqning rivojlantirish jarayoni uzoq davom etadi va tarbiya yillari davomida amalga oshiriladi.


Download 121.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling