Toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali 11-22-guruh mustaqil ish


Download 0.53 Mb.
bet1/4
Sana18.12.2022
Hajmi0.53 Mb.
#1031917
  1   2   3   4
Bog'liq
o\'zbekistonda bozor iqtisodiyotining rivojlanishi



TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA
INSTITUTI SHAHRISABZ FILIALI


11-22-GURUH
MUSTAQIL ISH

O’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan

MAVZU: O’zbekistonda bozor iqtisodiyotining rivojlanishi

BAJARDI: Doniyorova Sevinchxon
TEKSHIRDI: Shapsanova N

O’zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi
REJA:
1. Bozor munsabatlarini shakllanishi
2.Uning yo’nalishlari
3.Bosqichlari va xususiyatlari

Mustaqillik yillari yuz bergan tub o’zgarishlardan biri mamlakatda ikki yo’l bilan mulkdorlar sinfi shakllana boshladi. Birinchidan, kichik korxonalar va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish, ikkinchidan, pul mablag’larini omonat kassalari yoki banklariga qo’yish, qimmatbaho qog’ozlarga aylantirish yo’li bilan. Iqtisodiy jihatdan erkin bo’lgan mulkdor "o’z boyligini ko’paytirishdan manfaatdor bo’libgina qolmay, balki butun mamlakatni boyitishga ham qodir bo’ladi", deydi Prezident Islom Karimov.


Davlat mulkini xususiylashtirishning ikkinchi bosqichi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 21 yanvardagi "Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirishning chora-tadbirlari to’g’risida"gi qarori asosida olib borildi. Bu davrda ochiq shakldagi aksiyadorlik jamiyati qurish, korxonalarni aksiyasini chiqarish, auksion (kim oshdi) savdosi orqali davlat mulkini shaxslarga sotish, qimmatbaho qog’ozlarni chiqarish va xususiylashtirishni yoppasiga olib borish uchun sharoit yaratish ishlari amalga oshirildi.
Prezident Islom Karimov iqtisodiyotdagi tarkibiy tuzilishni tubdan o’zgartirish to’g’risida: "Iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichida iqtisodiyotimizning tarkibiy tuzilishida tub o’zgarishlarga asos solishdan iborat g’oyat muhim vazifani hal etish kerak bo’lardi. Bu respublika uchun strategik ahamiyatga egadir. Tarkibiy tuzilishda chuqur o’zgarishlarni amalga oshirish makroiqtisodiy barqarorlikka erishishning, istiqbolda O’zbekistonning barqaror iqtisodiy o’sishini va aholi farovonligini ta'minlashning, jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilishning eng asosiy shartlaridan biridir", deb yozadi. Prezidentning ko’rsatmalaridan kelib chiqib, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarning oldiga qo’yilgan aniq vazifalar quyidagilardan iborat bo’ldi: iqtisodiyotning bir tomonlama rivojlanishiga chek qo’yish; importga qaramlikni tugatish; mamlakatning eksport salohiyatini oshirish; xalq iste'moli mollariga aholining talabini qondirish va boshqalar.
Bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning asosiy yo’nalishlari Prezident I.Karimov tomonidan ishlab chiqilib, dunyodagi rivojlangan mamlakatlarning yirik mutaxassislari, davlat arboblari tomonidan tan olindi va o’zining hayotiyligini namoyish etmoqda. Bu tamoyillarning asosiy mazmuni quyidagilardan iborat:
-iqtisod siyosatdan ustun turib, mafkuraviy tazyiqlarsiz, o’ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanmog’i kerak;

-davlat bosh islohotchi o’rnida bo’lib, u islohotlarning ustuvor yo’nalishlarini belgilab berishi va ularni izchillik bilan amalga oshirishi lozim;

-bozor munosabatlariga o’tish qonun ustuvorligini talab qiladi. Butun xalq tomonidan qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlarga amal qilinishi shart;

-bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini himoya qilishning kuchli ijtimoiy siyosatini o’tkazish;

-ijtimoiy islohotlarning rivojlanib borishi va yo’nalishini belgilab beruvchi tamoyillardan biri bozor iqtisodiyotiga o’tish evolyutsion yo’l bilan, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi zarur.
Bozor islohotlarini amalga oshirish dasturiga ko’ra ustuvor vazifalar bosqichma-bosqich hal qilinadi.
Birinchi bosqichda totalitar tizimdan hozirgi zamon bozor munosabatlariga o’tish davridagi bir-biriga bog’liq ikki vazifani bir vaqtda hal qilishga to’g’ri keldi: ma'muriy buyruqbozlik tizimining og’ir oqibatlarini tugatib, iqtisodni barqarorlashtirish va bozor munosabatlarining negizini shakllantirish. Bu bosqich jarayonida iqtisodiy islohotning g’oyat muhim yo’nalishlari O’zbekiston Prezidenti tomonidan belgilab berildi:

-o’tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarning qonuniy-huquqiy bazasini mustahkamlash va rivojlantirish;

-qishloq xo’jaligida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish;

-ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish


Yangi iqtisodiy munosabatlarga o’tish tamoyillari asosida g’oyat mas'uliyatli va murakkab vazifa - iqtisodiy islohotlar strategiyasi ishlab chiqildi. Iqtisodiy strategiyaning boshlang’ich nuqtasi ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarning pirovard maqsadini belgilab olishdan iboratdir. Bu vazifa markazlashtirilgan, ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga, bir sifat holati dan ikkinchi sifat holatiga o’tishdan iboratdir.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling