Mundarija: Kirish I. Bob. Manzarali o’simliklarning kelib chiqish markazlari
Manzarali o’simliklarning kelib chiqishi va xilma-xillik markazlari
Download 51.82 Kb.
|
Manzarali o\'simliklarning kelib chiqish markazlari2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3. Markazlarda mavjud o’simliklarni boshqa xududlarga iqlimlashtirish (Introduksya) xaqida qisqacha tushuncha
1.2. Manzarali o’simliklarning kelib chiqishi va xilma-xillik markazlari
N. I. Vavilov madaniy o’simliklarning bu markazlarini quyidagi ma’lumotlarga asoslanib turib aniqlagan edi:Markazlarda shu yerdan kelib chiqqan o’simlik nav va namunalarining xilma-xilligi yuqori darajada bo‘ladi.Shu markazlarda va hududlardan kelib chiqqan madaniy o’simliklarning yarim yovvoyi hamda yovvoyi ajdodlarining areal lari ham joylashgan bo’ladi.Markazlarda shu yerdan kclib chiqqan o’simliklaming kasalliklarim tug’diruvchi parazit organizmlar va zararli hasharotlaming tarqalgan areallari joylashgan bo’ladi.Markazlardagi o’simliklarda dominant genlar ko’proq, retsessiv genlar kamroq uchraydi.Markazda odamzod sivilizatsiyasining kclib chiqishi va barpo bo'lish markazi joylashgan bo’ladi.Arxeologik va tarixiy dalillar ham markazni xarakterlovchi omillar hisoblanadi. N.I.Vavilov 1926 -1927 yillarda katta ekspeditsiyada bo‘ldi. U Afrika, O‘rta yer dengizi mamlakatlari va yevropa, Aljir, Tunis, Marokko, yegipet, Suriya, Falastin, Gretsiya, Kipr orollari va Italiya, Ispaniya va Portugaliya, O‘rta yer dengizidan Qizil dengizga, Somali va Efiopiyaga bordi. Xuddi shu orada Mrkaziy Osiyo respublikalarida ham N.I.Vavilov bir necha marta bo‘ldi. Shu ekspeditsiya tufayli Vavilov monografik tavsifga ega bo‘lgan hamda genetikaning asosi yotgan gomologik qator nazariyasi uchun katta material to‘pladi.Dushmanlari tomonidan qilingan tuhmatlar, chaquvlar tufayli olimning chet ellarga chiqishi taqiqlandi, ishlardan olib tashlandi, keyinchalik esa 1940 yilning iyun oyida Ukrainaga qilgan safarida buyuk olim qamoqqa olinadi. Ana shu vaqtda qilingan tintuvda olimning qanchadan qancha qo‘lyozmalari yo‘qolib ketdi. NKVD xodimlari shafqatsizlik bilan qo‘lyozmalarni olib ketishgan va yo‘q qilib yuborishgan. Lekin Vavilovning kotiba –stenografisti urush yillari va evakuatsiya bo‘lishiga qaramasdan asarning ko‘lyozmalarini ehtiyot qilib asrab qolgan. Bugungi kunda chop etilgan nashrlari o‘sha paytda yarmi saqlanib qolgan asarlari asos bo‘lgan. 1.3. Markazlarda mavjud o’simliklarni boshqa xududlarga iqlimlashtirish (Introduksya) xaqida qisqacha tushuncha O’simliklarning qandaydir xillarini boshqa rayon (mintaqalar)dan olib kelib selektsiya ishida foydalanish introduktsiya bilan bog’liq. Introduktsiya lotinchada (introductio) kiritish demakdir. Introduktsiya deb, o’simlik tur yoki navlarini ular ilgari o’smagan (ekilmagan) mamlakat yoki mintaqaga (o’smagan joyga yoki sharoitga) olib (ko’chirib) kelib kiritilishiga aytiladi. Makkajo’xori, kartoshka, tamaki, kungaboqar, pomidor, ingichka tolali g’o’za kabi ekinlar mamlakatimizga Amerika qit’asidan introduktsiya qilingan. O’simliklar selektsiyasida introduktsiyaning ahamiyati juda katta. N.I.Vavilov o’simliklar introduktsiyasining nazariy asoslarini yaratib, madaniy o’simliklarning geografik tarqalishi bilan bog’liq bo’lgan o’zgaruvchanlikning qator muhim qonuniyatlarini aniqladi. N.I.Vavilov kuzatishlari natijasida o’simliklarning tur va xillari yer yuzida bir tekisda taqsimlanmaganligi aniqlandi. O’simlik turlarining ko’pchilik qismi yer sharining bir qator mintaqalarda (janubiy-sharqiy Xitoyda, Hindistonda, Janubiy-G’arbiy Osiyoda, Efiopiyada (Habashiston), Markaziy va janubiy Amerikada, O’rta yer dengizi qirg’og’i mamlakatlarida (Old Osiyoda) tarqalgan. Kavkaz va O’rta Osiyoning tog’ etaklari o’simlik turlariga boy joylar hisoblanadi. O’simliklar birlamchi introduktsiyasi qadimiy zamonlarda, odamlar dehqonchilik bilan shug’ullana boshlaganda vujudga keladi. Ilgari faqat mahalliy o’simliklar, odamlar yashagan joy oldida ekilgan bo’lsa, keyinchalik qo’shni qishloq qabilalar o’rtasida urug’ almashtirish o’tkazilib, sifati va hosildorligi past o’simliklar siqib chiqarilgan. Keyinchalik ayrim xalqlar, qabilalar iqlimning, yashash sharoitining o’zgarishi sababli bir joydan ikkinchi joyga ko’chishi, aholining sonini o’sishi, har xil harbiy yurishlar, yangi mintaqa, qit’alarni ochilishi, mamlakatlarda savdo aloqalari va boshqa ko’p sabablarga ko’ra introduktsiya avj olib – yangi-yangi o’simlik turlari, xillari tarqalgan. Odamlarning bir joydan ikkinchi joyga ko’chishi, ular bilan o’simlik va hayvonlarning ham olib ketib tarqalishi madaniy o’simliklarning dastlabki geografiyasini keskin o’zgarishiga sabab bo’ladi. Masalan AQSh, Kanada, Avstraliya, Janubiy Afrika Respublikasi va Argentinaga o’xshagan mamlakatlar o’zini qishloq xo’jaligini deyarli to’lig’icha chetda joylashgan o’simlik va hayvonlarning introduktsiyasi asosida yaratganlar. AQSh va Kanada qishloq xo’jaligida Rossiyaning bug’doy, arpa, suli, don, sebarga, olmalarning qanday rol o’ynagani ma’lum. Amerika Qo’shma SHtatlarida makkajo’xori, tamaki va qisman katta ahamiyatga ega bo’lmagan o’simliklardan tashqari hamma dala ekinlari va mevali o’simliklar introduktsiya orqali kiritilgan. Kaliforniyada esa hamma qishloq xo’jalik ekinlari, jumladan makkajo’xori ham introduktsiya qilingan ekinlardir.Selektsiya uchun boshlang’ich material yig’ish maqsadida ko’p mamlakatlarda maxsus choralar, ekspeditsiyalar tashkil qilingan. Masalan, Rossiyada ayrim agronom, dehqonlar, tajribakorlar o’simliklarni to’plash bilan 1700 yillardan boshlaganlar. Natijada qishloq xo’jaligiga yangi: kartoshka, makkajo’xori, kungaboqar, qand lavlagi, pomidor, ba’zi sabzavotlar, dukkakli don, manzarali ekinlar kiritiladi. Kartoshkaning birinchi tuganaklari va kungaboqarni urug’ini 1700 yili Pyotr 1 Gollandiyadan Peterburg shahriga graf SHeremetьevga yuboradi. Keyinchalik kartoshkaning introduktsiyasi natijasida katta maydonlarga tarqalishi “ikkinchi non”ga aylanishida atoqli agronom I.M.Komov va A.T.Bolotovlarning xizmatlari katta. CHet mamlakatlardan introduktsiya qilib, sabzavot o’simliklarni boshlang’ich material sifatida selektsiyada foydalanishga katta hissa qo’shgan Ye.A.Grachev dehqondir (1826-1877). U birinchi bo’lib Peterburg sharoitida ekin sifatida pomidorni joriy qilgan. Ye.A.Grachev 1875-1877 yil davomida Angliya, Belgiya, Germaniya, Italiya, AQSh, Frantsiyadan olib kelingan sabzavot o’simliklarning 2000 ga yaqin namunalarini ekib o’rgangan.1866 yilda juda ko’p nav namunalarni o’rganib, sinash natijasida karamning 50 navini, lavlagining 40, sabzining 36, sholg’omning 20, bryukvaning 18, turpning 28 xil navlarini ekishga tavsiya qiladi. Ye.A.Grachev birinchi bo’lib kartoshka navlarini yovvoyi turlari bilan chatishtirib fitoftoraga chidamli navlar yaratadi. Kungaboqar o’simligining tarixi juda qiziqarli, Shimoliy Amerikadan Yevropaga manzarali o’simlik sifatida olib keltirilgan chet mamlakat mehmoni 1870 yilga kelib asosiy texnika ekiniga aylanadi. Hozirgi kunda Hamdo’stlik mamlakatlarida yaratilgan yuqori hosilli, tarkibida moy miqdori ko’p bo’lgan kungaboqar navlari AQSh, Kanada, Chili kabi mamlakatlar dalalarida ekish uchun introduktsiya qilinmoqda. Bunday misollarni ko’p ekinlar bo’yicha keltirish mumkin. Madaniy o’simliklarning botanik tarkibini o’rganish R.E.Regel tashabbusi bilan 1894 yilda Rossiya dehqonchilik vazirligi qoshida (Peterburg) amaliy botanika byurosi tashkil qilinganidan keyin avj oladi. Bu jahon fanining tarixida o’simliklar manba’lari va ularni introduktsiyasini o’rganish maqsadida ilmiy izlanishlarni tashkil qilish edi. Byuro tomonidan bir necha ekspeditsiyalar tashkil qilinadi.1924 yilda amaliy botanika byurosi asosida Butanittifoq amaliy botanika va yangi navlar instituti tashkil qilinadi, keyinchalik 1930 yil uning nomi Butunittifoq o’simlikchilik instituti ((Vsesoyuznыy institut rastenievodstva - VIR) deb atala boshlanadi. Institutga 1967 yilda akademik Nikolay Ivanovich Vavilov nomi beriladi. N.I.Vavilov 1920 yildan boshlab 20 yil davomida bu institutni direktori lavozimida ishlab genetika fani, selektsiya fanining rivojlanishida katta xizmatlar qiladi. Vavilov davridan boshlab Yer sharida o’sgan o’simliklarni o’rganish va terib-yig’ib olish avj oladi va dunyoda eng yirik - boshlang’ich material uchun-o’simliklarning jahon kollektsiyasi tashkil qilinadi. VIRning olimlari N.I.Vavilov raxbarligida yer sharining 5 qit’asiga 60 dan ziyod, Hamdo’stlik mamlakatlari territoriyasiga esa 150 dan ko’proq ekspeditsiyalarda (N.I.Vavilovning shaxsan o’zi 52 ta mamlakatda bo’ladi) qatnashadilar. SHu maqsadda chet mamlakatlarning ko’plab ilmiy muassasalari bilan keng miqyosda nav namunalari almashish ishlari olib boriladi. N.I.Vavilov rahbarligida jahon kollektsiyasida 250 mingdan ziyod o’simliklar nav namunalari to’plangan edi. Jahonda eng boy manba hisoblangan VIRning o’simliklar dunyosi kollektsiyasini yaratishda N.I.Vavilov, R.E.Regelь, P.M.Jukovskiy, S.M.Bukasov, D.D.Brejnev, V.E.Pisarev, S.V.Yuzepchuk, V.S.Lexnovich, A.Ya.Trofimovskaya, D.V.Ter-Avanesyan, V.F.Dorofeev va boshqa ko’p olimlarning hissasi ayniqsa kattadir. Download 51.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling