Mundarija kirish I bob. Mark Tven Amerika bolalar adabiyoti asoschisi


II bob. Mark Tvenning bolalar hayoti aks ettirilgan asarlarining poetik tahlili


Download 250.5 Kb.
bet5/8
Sana05.08.2023
Hajmi250.5 Kb.
#1665400
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mark Tven – bolalar yozuvchisi.

II bob. Mark Tvenning bolalar hayoti aks ettirilgan asarlarining poetik tahlili


II.1. “Tom Soyerning sarguzshtlari” asarida bolalar ruhiyatining ifodalanishi

Bolalar adabiyoti so`z san’ati va tarbiya vositasi hisoblanib, yosh kitobxonlar uchun yoziladigan har qanday badiiy asar ularning yosh xususiyatlariga, saviyalariga mos, kichkintoylar qalbida o`y-fikrlar uyg’otadigan, porloq va ezgulik ishlariga ilhomlantiradigan bo`lishi kerak. Eng muhimi mavzular aniq, sodda va qiziqarli tilda ifodalanishi zarur. Bolalar adabiyoti o`ziga xos xususiyatlari bilan kattalar adabiyotidan farq qiladi. Zotan, bolalar yozuvchisi dunyo voqealarini bolalar tasavvuri, tushunchasini nazarda tutib tasvirlaydi. Mustaqil mamlakatimizda kattalar adabiyotining ajralmas bir bo`lagi bo`lgan bolalar adabiyotining rivojlanishi, har tomonlama boyib borishida tarjima asarlarini o`rni, ahamiyati katta. Negaki tarjima asarlarini o `qigan har bir yosh kitobxonning dunyo haqidagi fikri, tasavvuri boyib, o`sha xalqlarning yashash sharoitlari, urf-odatlari, orzu-intilishlari bilan tanish bo`ladilar. Adabiy taxallusi Mark Tven bo`lgan Semyuel Lengxorn Klemens Amerika demokratik adabiyotining yirik vakili, o`z zamonasi burjua jamiyati illatlarini fosh etgan satirik va realist yozuvchidir. Mark Tven asarlarini o`qigan har bir kitobxonning, millati va tilidan qat’iy nazar bu yozuvchining mahoratiga tan bermay iloji yo`q. Yozuvchi asarlarini O`zbekistonda har bir shoir, yozuvchi hamda tarjimonlar o`zbek tiliga tarjima qilib yurtdoshlarimizni Mark Tven asarlaridan bahramand etishgan. Ushbu yozuvchining noyob asarlaridan bo`lmish “Tom Soyerning boshidan kechirganlari”, hamda “Geklberri Finnning boshidan kechirganlari” sarguzasht asarlari butun dunyo bolalar adabiyotiga hamda hozirgi kun bolalar adabiyotiga ham o`z hissasini qo`shib kelmoqda. “Tom Soyerning sarguzashtlari” romani nafaqat bolalar haqida, balki muallifning qalb to`rida saqlangan “Sof yurak” to`g‘risidagi xayolini mujassamlantirgan kitobdir. Unda inson-ijtimoiy mavjudlik ekanligi, agar inson saqlash qobig‘iga o`ralashib qolmay, tabiiylikka intilsa, o`zining ezgu va samimiy niyatiga munosib rag‘batlanadi, degan g‘oya yotadi. Romanning tarbiyaviy ahamiyati katta. U bolalarni do`stlik, adolat, tashabbuskorlik ruhida tarbiyalashga yordam beradi. Asarning o`ziga xos xususiyatlardan yana biri unda realizm (kichik shaharda yashovchi meshchanlar hayoti tasviri) bilan romantizm (Tom va do`stlarining xayoliy romantik dunyosi) ning mavjud bo`lishidur.


“Tom Soyerning boshidan kechirganlari” romani 1876-yilda yozilgan bo`lib, Mark Tven ijodida yangi davr boshlanganini ko`rsatadi. Yozuvchi unda Amerika burjua jamiyati voqeligiga emas, balki o`tmishiga, o`zining yoshlik vaqtidagi hayotga, bolalarning „sof poetik” dunyosiga murojaat etadi. Shunday bo`lsa ham, Tom Soyer haqidagi bu roman o`z zamonasidan qochish degan ma’noni bildirmaydi. Aksincha, bu asar Mark Tven realistik mahoratining rivojida ma’lum bir bosqich hisoblanadi. Bolalar hayoti haqidagi bu kitobni yoshlar ham, kattalar ham qiziqib o`qiydilar, chunki unda insonning ichki dunyosi psixologik jihatdan asoslangan holda real bo`yoqlarda, samimiy til bilan ochiq beriladi.
Roman qahramoni Tom kichik shahardagi michmanlar ichida yashaydi. Xolasining beto`xtov nasixatlari, maktabda quruq yod oldirishdan iborat eskicha o`qitish usullari zerikarli bo`lganidan u darsga qiziqmaydi, mashg‘ulot vaqtida boshqa narsalarni o`ynab o`tiradi. Uning sho`xligi va o`yinqaroqligi o`sha voqelikka o`ziga xos norozilikdir. Tomning o`ysiz bola Gek Finnga havas bilan qarashi meshchan urf odatlaridan holi erkinlikka intilish alomatidir.
Romanda sayohat qilishga intiladigan, doimo sarguzasht qidiradigan Tom o`zining yaqin do`stlari bilan dengizga juda ko`p sayohatlar uyushtiradi. U sayohatdan kelgach, yo`l xotiralari, ko`rgan-kechirganlarini qishloqdagi odamlarga so`zlab beradi. U doimo odamlarni zeriktirmaslik uchun yangidan yangi sarguzashtlar qidiradi. Qishloq odamlari Tomni turli hikoyalari uchun juda hurmat qilishar edi. Tomning o`rtoqlari unga juda havas qilishadi. Qisloqda Tomning bu hayotiga hasad qilib, Tomdek e`tiborga erishish uchun turli voqealar so`zlab beradigan Nat Persons ismli odam ham yashaydi. U odamlarga xuddi Tomdek turli voqealarni so`zlab berib, sayohat paytida orttirgan yarasini ko`rsatar edi. U bu yarasi bilan fahrlanar edi. Nat Persons ham xuddi Tomdek atrofdagilarni e`tiborini tortishga harakat qiladi. Nat Persons bu yarasi bilan fahrlanib, doimo cho`loqlanib yurar edi. Ba`zida oyog`i tuzalsa ham choloqlanib yurishni uyda bir necha bor mashq qilib, shu holatda yurar edi. Chunki Nat ham Tomga o`xshab qahramon bo`lish istagida unga hasad bilan qarar edi. Lekin Tom unga dushmanlik ko`zi bilan qaramaydi. To`g`ri, unda ozgina bo`lsa-da bolalarga xos mag`rurlik va qiziqqonlik bor edi. Lekin u insonlarga yaxshilik qilishni juda yaxshi ko`radigan, birovning og`irini yengil qilishdan fahrlanadigan, ko`ngli ochiq, qaddiyatli, hech narsasini sheriklaridan qizg`anmaydigan bola sifatida tasvirlanadi. Romanda kulgili lavhalar jiddiy voqealar bilan aralash davom etadi. Tom Gek bilan kechasi qabristonga borib, hindu Jo tomonidan bir doktorning o`ldirilishini ko`radilar, so`ngra ular qotilni topishda tegishli kishilarga ko`maklashadilar.
Asardagi hikoyalar juda qiziq. Asardan o`rin olgan „Tom va burga“ hikoyasida Tomning juda qiziquvchan ekanligi, atrofdagi barcha voqealarga munosabat bildira olishi, ular haqida eshitgan hikoyalarini do`stlariga, atrofdagilarga so`zlab berishdan erinmasligini ko`rishimiz mumkin. „Tom va burga“ hikoyasida Tom burgani eng tez uchishini, xatto, qushlardan ham tez uchishini aytadi. Faqat qushlardan farqli ravishda ularda vaqt kamligi va agar shunday vaqt bo`lsa juda uzoq ucha olishini aytadi. Unga tuyani misol keltirib, tuya haqidagi bir voqeani aytib beradi. Uning mazmuni shunday edi: Bir tuyakash tuyasini yo`qotib qo`yib, yo`lovchilardan so`raydi. Bir yo`lovchi tuyani cho`loq, bir ko`zi ko`r, bir tomoniga tariq, bir tomoniga asal yuklanganligini aytadi. Tuyakash buni eshitib, uni ko`rgan bo`lsa kerak, deb o`ylab, yo`lovchidan tuyaning daragini surishtiradi. Lekin yo`lovchi tuyani ko`rmagan edi. Tuyaning sifatlarini u yurgan yo`ldagi izidan, yegan o`tlaridan, yerga to`kilgan asal va don qismlaridan bilgan edi. Bundan ko`rinib turibdiki, qahramon juda sinchikov va zehnli. Boshqalar e`tibor bermagan narsalarnni payqaydi.
Tom sayohati davomida shunday hikoya eshitadi va uni yana do`stlari va yaqinlari bilan baham ko`radi. Ushbu hikoya mazmuni juda yuksakki, o`quvchining e`tiborini o`ziga tortadi. Uni eshitib o`quvchi o`ziga tezda xulosa chiqara oladi. Bu hikoya nomi “Tepalikdagi xazina“ deb nomlanib, unda sahroda tentirab yurgan bir darveshning boylikka o`ch kimsani to`g`ri yo`lga qaytarmoqchi bo`lgani bayon etilgan. Darvesh sahroda yurgan paytda yuzta tuyaga ega bir tuyakashga duch kelib qoladi. Unga Olloh hammani ham bir xil yaratmasligini, kimnidir boy, kimnidir kambag`al qilib yaratgani, tuyakash o`sha baxtli kimsalardan biri-yu, darvesh uning aksi ekanligini aytadi. Darvesh undan yordam so`raydi. Ziqna tuyakash yordam bergisi kelmaydi. Darvesh unga bir taklif aytadi. Bu taklif tuyakashga ham, darveshga ham foyda keltirishi mumkin edi. Darvesh sahrodagi tepalik ortida xazina borligini, agar insofli va sof yurakli insonning ko`ziga undagi dorini surilsa, uning ko`ziga ko`rinishini aytadi. Tuyakash o`sha sofdil odam o`ziligini aytib, dorini ko`ziga surttiradi. Agar xazina bo`lsa yarmini ellikta tuyaga yuklab, darveshga berishga va`da beradi. Xazina ko`rinadi. Uni teng bo`lishishadi va ikki tomonga qarab yo`lga tushishadi. Tuyakash ozgina yurgach, ortga qaytib darveshdan o`nta tuyadagi tillani qo`shib berishini iltimos qiladi. Darvesh bunga rozi bo`lib qirtqta tuyani olib qolib, o`ntasini berib yuboradi. Sal yurgach tuyakash yana keladi. Shu zaylda boylikka o`ch bu tuyakash qayta-qayta kelaveradi. Nihoyat, kelib darveshdan ikkinchi ko`ziga ham dori surtib, yanada ko`proq boylikka ega bo`lish istagi borligini, va bunga darveshning yordam berishini iltimos qiladi. Darvesh agar bunday qiladigan bo`lsa, uning ko`zi butunlay ko`rmay qolishini aytadi. Lekin ochko`z tuyakash darveshni holi-joniga qo`ymaydi. Oxiri, darvesh dorini tuyakashning ko`ziga surtadi. Natijada bu pastkash tuyakashning ko`zi bir umrga ojiz bo`lib qoladi.
Ushbu hikoyadan shuni xulosa qilish mumkinki, inson qanchalik boylikka o`ch bo`lsa, boylik uni o`z domiga tortib, oxiri botqoqqa botiradi va umrini hazon qiladi. Dunyoda boy odam deganda moddiy boyligi bor odam emas, balki ma`naviy yuksak, keng fikrli odam nazarda tutiladi.
Asarda Tomning qanday qilib yaxshi o`quvchi nomini olishi voqeasi ham qiziq. U bolalardan so`rab olgan bilet asosida javob berib, namunali o`quvchi sifatida taqdirlanadi. Lekin Tavrotni sira ham o`qib ko`rmagan Tom unda ko`rsatilgan avliyolarning nomlarini to`g‘ri ayta olmaydi. U butxona xutbalarini ham, ibodat qilish rasm rusumlarini ham yoqtirmaydi. Tom juda zerikarli bir ibodat vaqtida qo`ng‘izni cherkovga qo`yib yuboradi. Qo`ng‘iz kuchukka yopishib oladi, u vangillab u yoq bu yoqqa chopganida ibodat qiluvchilar hushyor tortadilar. Tom hayoti davomida shunday ajoyib sarguzashtlarga duch keladi.
Tomning yosh Bekkiga nisbatan bolalarcha sevgisi kishida ham zavq ham yengil kulgi tug‘diradi. Asar odamda bolalarning o`ziga xos harakatlariga nisbatan chin muhabbat uyg‘otadi va ularning ichki dunyosini to`laroq tushunishiga yordam beradi. Bu oddiy bolalar turmushda uchraydigan har xil voqealarga duch keladilar, lekin ular asosiy masalalar haqida to`g‘ri fikr yuritadilar.
„Tom Soyerning boshidan kechirganlari“ romanining tarbiyaviy ahamiyati shundan iborat ediki, asar bolalarni do`stlik, adolat, tashabbuskorlik ruhida tarbiyalashga yordam beradi. Asarning o`ziga xos xususiyatlaridan yana biri unda realizm ya`ni kichik shaharda istiqomat qiluvchi meshchanlar hayoti tasviri bilan romantizm yoki Tom va do`stlarining xayoliy romantik dunyosining mavjud bo`lishidir. Dastavval, Tven bu romanda bolalik davridagi halol va tartibli provinsial hayotning xayoliy sahnasini tasvirlab yozishni fikr qilgandi. Biroq realistik umumlashtirish qonun-qoidalari mutlaqo boshqacha yondashuvni talab qildi. Asarda yozuvchi uchun ma’rifatparvarlik ideali – tabiat bilan hamnafas hayot “soddalik” tuyg‘usi dunyo va inson munosabatlarining uyg‘unligi hali ham o`z ta’sirini yo`qotmagan edi. Hayotning o`ziga xos qonunlari baxt garoviga aylanadi. “Tom Soyer“ qahramonlarining dunyosiga qarama-qarshiliklar va shafqatsizlik soya solmaydi, unda tasvirlangan voqelikka qora buzg‘unchi kuchlar deyarli yot va shu ma’noda u “zaxarlangan asr” davridagi Amerika voqeligi bilan hech biri mos kelmaydi. “Tom Soyer” munofiqlik, ma’naviy qashshoqlik va ommaviy olchoqlikning niqoblangan tanqidi sifatida mutolaa qilinishi kerak edi.
Ammo bu ichki qarama-qarshilik asarning hal qiluvchi badiiy vazifasi emas edi. Yuqorida qayd etilgandek, Tven ham kattalarga, ham bolalarga mo`ljallangan kitob yozgandi. Bunga qadar hech kim yosh qahramon olamini bu qadar silliqlik, ravonlik bilan tasvirlamagandi. Shu tufayli ham qissa o`zining o`sha davr bolalar adabiyotiga xos bo`lmagan yumori, romantikasi, lirizm va realistik tipiklashtirish bilan hammani qoyil qoldirib, o`quvchi diliga kirib borib ularda qiziqish uyg`ota oldi.
Mark Tvenning ushbu asari, undagi qiziqarli voqea va hodisalar, asar qahramonlarining xatti-harakatlari, xarakter-xususiyatlari o`zbek bolalar adabiyotini yuksak cho`qqilarga olib chiqqan mashhur yozuvchi Xudoyberdi To`xtaboyev qalamiga mansub „Sariq devni minib“ asarini yodga soladi. Ushbu asar qahramoni Hoshimjon soddadil, ota-onasi, oilasini yaxshi ko`radigan, doimo sarguzashtlar qidirib yuradigan , bir xillikdan zerikkan, nimadir qilib bo`lsa-da odamlarga yordam berishni xohlagan bola sifatida tasvirlanadi. Hoshimjon ham bolalardek uni yaxshi ko`rishlarini, qahramon deb bilishlarini juda-juda xohlardi. U hammaga hali o`zini ko`rsatib qo`yishini, bot-bot takrorlaydi. Bu holat esa Mark Tvenning “Tom Soyerning sarguzashtlari” asaridagi barchaga yordam berishni xohlagan Tomga juda o`xshash hisoblanadi.
Mark Tvenning “Tom Soyerning sarguzashtlari” romanini yozishda qo`llagan asosiy motiv va umuman yozuvchining uslubi haqida ingliz tanqidchisi Leng Endryu (Lang Andrew) o`z fikrlarini shunday ifodalaydi.
“Tom Soyerning sarguzashtlari” romani nafaqat bolalar haqida, balki muallifning qalb to`rida saqlangan “Sof yurak” to`g‘risidagi xayolini mujassamlantirgan kitobdir. Unda inson-ijtimoiy mavjudlik. Agar inson saqlash qobig‘iga o`ralashib qolmay, tabiiylikka intilsa, o`zining ezgu va samimiy niyatiga munosib rag‘batlanadi, degan g‘oya yotadi. Romanning tarbiyaviy ahamiyati katta. U bolalarni do`stlik, adolat, tashabbuskorlik ruhida tarbiyalashga yordam beradi. Asarning o`ziga xos xususiyatlardan yana biri unda realizm (kichik shaharda yashovchi meshchanlar hayoti tasviri) bilan romantizm (Tom va do`stlarining xayoliy romantik dunyosi) ning mavjud bo`lishidir”15.



Download 250.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling