Mundarija kirish I bob. Mark Tven Amerika bolalar adabiyoti asoschisi
“Gekkelberry Finning sarguzashtlari” asarida realizm va romantizm uyg`unligi
Download 250.5 Kb.
|
Mark Tven – bolalar yozuvchisi.
2.2. “Gekkelberry Finning sarguzashtlari” asarida realizm va romantizm uyg`unligi.
Adabiyot tarixiga nazar tashlar ekanmiz, adiblar bolalar va o`smirlar ruhiyatini ochib berishda ularning muhit bilan “to`qnashuvi”da aziyat chekuvchi shaxs sifatida tasvirlashlari va shu obrazlar orqali o`zlarining ma’naviy-estetik ideallarini aks ettirish uchun foydalanganliklarining guvohi bo`lamiz. Bunga milliy adabiyotlardan yuzlab misollar keltirish mumkin, biroq biz olamga mashhur adiblar Charlz Dikkens (“Oliver Tvist”), V.Gyugo (“Xo`rlanganlar”, “Kulayotgan kishi”), G.Malo (“Sayoq truppa”, “Romen Kalbrining boshidan kechirganlari”), A.La Guma (“Bir qultum qahva”), A.de Sent-Ekzyuperi (“Kichkina shahzoda”), K.Vive (“Avtostop”, “Remi va arvoh”), Mark Tvenning (“Tom Soyerning boshidan kechirganlari”, “Geklberri Finnning boshidan kechirganlari”) nomlarini keltirish bilan chegaralanamiz 1885-yilda yozilgan “Geklberri Finning boshidan kechirganlari” romani Mark Tven ijodining ikkinchi davrida yaratilgan. Bu ham bolalar haqidagi birinchi asarining davomidek tuyulsa-da, lekin undan farq qiladigan jihatlari bor. Endi bu romanda bosh qahramon Tom emas, balki ko`chada yuruvchi yetim bola Gek Finndir. U faqat shaxsiy erkinlikka intiluvchi bola bo`lmay, balki ham aqlan, ham jismonan kamol topib borayotgan o`smir sifatida harakat qiladi. O`sha davrning eng yaxshi romani hisoblangan “Gek Finn” da Mark Tven fuqarolar urushiga qadar 50-yillardagi Amerika hayotini aks ettirsa ham, biroq “Tom Soyer” dagi kabi bolalarning uyini, kulgisi, xushchaqchaq hayotini emas, aksincha, Amerikaning to`s-to`polonli keyingi davri bilan bog‘lanib ketuvchi voqealarni ko`rsatadi. Asarning bosh qahramoni Gek erkinlikka intiluvchi yetim bola. U dindor beva ayol Duglas uyida tinch yashayverishi mumkin edi. Biroq Gek biror kimsaga qaram bo`lib qolishni istamaydi, shuning uchun uning uyidan chiqib ketadi va sarson-sargardonlikda kezib yuradi. U bir xildagi osoyishta, zerikarli meshchan hayotini rad etadi. “Men boylikni, diqqinafas xonalarda yashashni istamayman. Boy bo`lish sira ham ko`ngilli ish emas, boylik bu diqqatbozlik va tashvish demakdir”16, – deydi Gek. Gek Finni aroqxo`r otasi zulmidan qochib, shahardan chiqib ketayotganida qochoq negr Jimga duch keladi. Uni turli xayollar qurshab oladi. Janubda qulning qochishi qattiq jinoyat hisoblanar edi. O`sha muhit ta’siri ostida Gek negrni ushlab bermoqchi ham bo`ladi. Lekin yaramas muhit qoidalaridan undagi tabiiy odamlik hissi ustun chiqadi. Endi u Jimni ochiq himoya qilish yo`liga o`tadi. “Tom Soyer” asarida Tom sayohatni yaxshi ko`ruvchi xushchaqchaq bola tarzida tasvirlangan bo`lsa, endi bu romanda negr qulning ozod yashashi uchun qayg‘uruvchi, faqat o`zini emas, ko`proq atrofdagilarni o`ylovchi jonkuyar inson sifatida gavdalanadi. Mark Tven irqchilarning soxta nazariyasini fosh etib, negr Jimni ham halol, mard, o`ylab ish ko`radigan, insoniylikning qadriga yetadigan odamshinavanda, xushchaqchaq shaxs sifatida alohida e`tirof bilan tasvirladi. Bunday oliyjanob fazilatlar Gek bilan Jimni bir-biriga yaqinlashtiradi. Jimning haqiqiy inson ekanligi, o`z hayotini xavf ostida qoldirgani holda yarador Tomni qutqarish epizodida ochiq ko`rinadi. Asarda provinsial shahardagi miskin hayot to`la aks etgan. Shahar ko`chalari tor va iflos, uylari eski, odamlari esa qo`pol, ochko`z va berahmdirlar. Ularning qiladigan ishlari kuchuklarga azob berish, qochoq negrlarni ushlash va qiynash, jazo berishdan iborat. Gek va Jim yo`llarida yaxshi odamlardan ko`ra ko`proq yomonlar: qotil, bandit, o`g‘ri va tovlamachilarni uchratadilar. Ular adolat axtaradilar, lekin har qadamda yovuzliklar, irqiy kamsitishlarga duch keladilar, faqat suv ustida suzib yuruvchi taxta-stol ustida o`zlarini erkin his etadilar. Biroq bu bexavotirlik ham uzoqqa cho`zilmaydi. O`zlarini “Qirol” va “Gersog” avlodidan deb atovchi ikki tovlamachi paydo bo`ladi. Burjua muhiti yaratgan jinoyat dunyosining bu kishilari 40 dollarga qul qilib Jimni sotib yuborishdan ham qaytmaydilar. Mark Tven Bicher Stounning “Tom tog‘aning kulbasi” romani an`analarini davom ettirib, negrlarning kapital quliga aylantirilishini qattiq qoraladi va ularning teng huquqli bo`lishlari uchun haqiqiy kurashchi sifatida chiqdi. Mark Tven Gek Finn shaxsiyatida romantik sharoitda harakat qiluvchi qahramonni emas, balki 50- yillardagi Amerika hayoti bilan bog‘liq bo`lgan real kishilar obrazini yaratdi. Bular Gek bilan Jimning quldorlik janubidan “erkin” deb atalgan shimoliy shtatlarga qochib o`tishlari va u yerlarda ham zulm, daxshat hukmron ekanligini ko`rishlari misolida ko`zga tashlanadi. Bu kitob markazida umumlashtiruvchi ramziy xususiyat bor , biroq har qanday patetika va mubhamlikdan ham yuqori Missisipi obrazi turadi. Daryo ozodlik, erkinlik, borliqning cheksiz xilma-xillik va tabiiyligini o`zida mujassamlashtiradi. Bu esa asarning ikkinchi bir motivi: konkret tasvirlangan irqchilik, kambag‘allik va ma’naviy qashshoqlik motividan keskin ravishda farq qiladi. “Gek Finn” o`tgan asr Amerika hayoti tasviri sifatida butun AQSh adabiyotida beqiyos asar hisoblanadi. Romandagi asosiy konflikt gumanizmning burjuacha olam yuzaga keltirgan antigumanizmning xilma-xil shakllari bilan to`qnashuvi Tvendan keyingi Amerika adabiyotida muhim ahamiyat kasb etdi va bu Gek haqidagi qissaga alohida, o`zgacha ruh bag‘ishladi. Mark Tven yaratgan “soddadil” qahramon bundan buyon kitobxon ko`z o`ngida barcha hayotiy qadriyatlarning mezoni bo`lib qoluvchi xalq ongining eng yaxshi jihatlarini o`zida aks ettiruvchi kishi sifatida gavdalanadi. Asrimizning buyuk adiblaridan biri Ernest Heminguey Mark Tvenning “Geklberri Finn” asariga yuksak baho berib, bunday degan edi: “Butun xozirgi zamon Amerika adabiyoti birgina “Geklberri Finn” deb atalmish kitobdan iboratdir”. Zamonaviy Amerika adabiyoti Mark Tvenning “Geklberri Finn sarguzashtlari” kitobidan boshlanadi. Agar uni o`qib chiqsangiz, qora odam o`g'irlangan joyda turishingiz kerak. Bu haqiqiy yakundir. Qolganlari yolg'ondir. Lekin bu bizning eng yaxshi kitobimiz. Hamma Amerika yozuvchilari u yerdan keladi. Bundan ilgari hech narsa bo`lmagan. O`shandan buyon u hozirgacha bo`lgani kabi yaxshi bo`lmagan”.17 Hemingueyning fikri ularning barchasini birlashtiradi. “Geklberry Finnning sarguzashtlari” asari 10-12 yoshdagi bolalar uchun ajralmas axloqiy qadriyatga ega va bolalarning ma'naviy dunyosiga yaxshi ta'sir qilishi mumkin. Shuning uchun ushbu asar dunyo bolalar adabiyotida o`z o`rniga ega yetuk asar hisoblanadi. Mark Tven o`rta asr hayotiga oid ko`plab asarlar yaratadi va bu bejiz emas. Unda feodalizm asoratidan ezilgan oddiy mehnatkashlar taqdirini tasvirlar ekan, qahramonlar qismatida o`zi yashab turgan zamondagi amerikaliklar hayotidagi ko`pgina chirkin illatlarni, qarama-qarshilikni ham ko`rganday bo`ladi. Ushbu qissada tilga olinadigan qo`pol qonun-qoidalar hamda urf odatlar tarix haqiqatiga molik va ularni oydinlashtiruvchi voqealar tarix ko`zgusida qay tarzda aks etgan bo`lsa, shunday bayon ettirilgan. Muallif, bu qonun-qoidalar aynan VI asrda Angliyada qabul qilingan edi, deb da’vo qilmoqchi emas, yo`q, u shuni qayd etmoqchiki, bu kabi qoidalar, keyinroq bo`lsa ham, Angliya va boshqa mamlakatlarda mavjud bo`lgan ekan, “tuhmatchi” degan nom ottirishdan qo`rqmay, ushbu qonun-qoidalar VI asrda ham bo`lgan, deb taxmin qilish mumkin. Zero, tasavvurimizdagi qonun yoki udum uzoq o`tmishda mavjud bo`lmagan bo`lsa ham, boshqa qonun yoki udumlar mavjud edi, deyishga to`la asos bor. Ushbu asarda bolalar hayotiga ham nazar tashlanar ekan, ularning pok qalbi, ichki dunyosi ro`y-rost ochib beriladi. Bolalar adabiyoti so`z san’ati va tarbiya vositasi hisoblanib, yosh kitobxonlar uchun yoziladigan har qanday badiiy asar ularning yosh xususiyatlariga, saviyalariga mos, kichkintoylar qalbida o`y-fikrlar uyg’otadigan, porloq va ezgulik ishlariga ilhomlantiradigan bo`lishi kerak. Eng muhimi mavzular aniq, sodda va qiziqarli tilda ifodalanishi zarur. Yosh kitobxonni doimo sehrli-fantastik ertak, sarguzasht hikoya va asarlar qiziqtiradi. Bolalar adabiyoti o`ziga xos xususiyatlari bilan kattalar adabiyotidan farq qiladi. Zotan, bolalar yozuvchisi dunyo voqealarini bolalar tasavvuri, tushunchasini nazarda tutib tasvirlaydi. Mustaqil mamlakatimizda kattalar adabiyotining ajralmas bir bo`lagi bo`lgan bolalar adabiyotining rivojlanishi, har tomonlama boyib borishida tarjima asarlarini o`rni, ahamiyati katta. Negaki tarjima asarlarini o`qigan har bir yosh kitobxonning dunyo haqidagi fikri, tasavvuri boyib, o`sha xalqlarning yashash sharoitlari, urf-odatlari, orzu-intilishlari bilan tanish bo`ladilar. Adabiy taxallusi Mark Tven bo`lgan Semyuel Lengxorn Klemens Amerika demokratik adabiyotining yirik vakili, o`z zamonasi burjua jamiyati illatlarini fosh etgan satirik va realist yozuvchidir. Mark Tven asarlarini o`qigan har bir kitobxonning, millati va tilidan qat’iy nazar bu yozuvchining mahoratiga tan bermay iloji yo`q. Yozuvchi asarlarini O`zbekistonda har bir shoir, yozuvchi hamda tarjimonlar o`zbek tiliga tarjima qilib yurtdoshlarimizni Mark Tven asarlaridan bahramand etishgan. Ushbu yozuvchining noyob asarlaridan bo`lmish “Tom Soyerning boshidan kechirganlari”, hamda “Geklberri Finnning boshidan kechirganlari” sarguzasht asarlari butun dunyo bolalar adabiyotiga hamda hozirgi kun bolalar adabiyotiga ham o`z hissasini qo`shib kelmoqda. Ushbu sarguzasht asarlaridagi yumorlar har qanday kitobxonni o`ziga rom aylaydi. Uning yuqoridagi asari tarkibiga kiritilgan “G`aroyib o`g`irlik`” hikoyasi ham yumorga juda boy. Undan tashqari, ushbu hikoyada obrazlar aqlli va keng fikrli, uzoqni ko`zlovchi shaxslar sifatida tasvirlanib, tarbiyaviy ahamiyati juda katta. Uning mazmuni quyidagicha: Qishning izg‘irinli tunida do`kondor do`kon derazasining tashqi panjaralarini tushirar ekan, to`satdan oynadan do`kon ichidagi kimsaga ko`zi tushadi. Do`konda hali odam borligini payqamagan ham ekan. U notanish kishining do`kon peshtaxtasida turgan bir necha bo`lak sariyog‘ni chaqqonlik bilan shlyapasi ichiga yashirganini ko`rib qoladi. Do`kondor oynadan tashqariga chiqishga shoshilgan o`g‘rini kuzatarkan, ayni paytda unga qanday jazo berish yo`llarini qidirardi. Do`kondor ichkariga qadam qo`yarkan, chiqib ketishga taraddudlangan notanish kimsaning qo`llari allaqachon eshik tutqichida edi. Do`kondor odillik bilan uni issinib olishga taklif etadi. Notanish odam do`kondorga olazarak qarab, nima qilishni, nima deyishni bilmay qoladi. U tezroq do`konni tark etishni xohlardi. Axir shlyapasining ichida sariyog` bor edi. Lekin noiloj do`konchining orqasidan yurdi. Do`kon egasi uning yelkasiga qo`lini qo`yib xona burchagidagi pech yoniniga o`tqazdi. Do`kondor pechga o`tinlardan ketma-ket tashlay boshladi. Notanish odam o`tirgan joyida sariyog‘ning erib borayotganini his qilardi. Birdan u sakrab o`rnidan turdi va ketishi zarurligini aytdi. Do`kondor bunga rozi bo`lmay, uni hikoya eshitishga taklif etadi. Notanish odam esa tezroq borishi kerakligini, mollariga qarashi kerakligini aytsa ham dokondor ketishiga yo`l qo`ymaydi. Notanish kishining shlyapasining ichidan yuz ko` zlariga sariyog‘ oqib tusha boshlagan edi. Do`kondor esa bu holni ko`rmagan bo`lib, pechkaga o`tin tashlashda davom etadi. Bu paytda sariyog‘ uning bo`yinlaridan kiyimiga, poyabzalining ichigacha oqib borardi. U xuddi yog‘li vannaga tushib qolgandek edi. Do`kondor oxiri uni ketishiga qo`yib beradi. Notanish odam do`kondan chiqib ketayotganda do`kondor uni shunday so`zlar bilan kuzatadi: “ Men to`qqiz pensni juda qadrlayman, lekin shlyapangiz ichidagi bir funt sariyog‘ uchun sizni ayblay olmayman” Yuqoridagi hikoya mazmunidan ko`rinib turibdiki, Mark Tven asarlari satira va yumorga juda boy. Bu kulgili vaziyat o`quvchiga ham zavq beradi, ham – tarbiya. Odil Rahimiy tomonidan tarjima qilingan quyidagi matndan ham buni sezish mumkin: “Salli xolaning mendan nuqul gap so`rayverganini aytmaysizmi! O`zim qo`rqib ketganimdan dir-dir titrab o`tiribman, uyning ichi tobora isib, shlyapam tagidagi moy erib, bo`yinlarimdan va yelkalarimdan oqib tusha boshladi; fermerlardan biri: “Hozirning o`zida bostirmaga kirib, o`sha yerda poylab o`tirish kerak, ular kelishi bilan tutib olish kerak”- degan edi,o`tirgan yerimdan yiqilib tushishimga sal qoldi, buning ustiga moy peshonamdan ham oqib tusha boshladi. Salli xola uni ko`rib qolib oppoq oqarib ketdi-da!”18 Hikoyadan olingan ushbu parchadan bilishimiz mumkinki, Mark Tvenning dunyoqarashi, fikrlash doirasi juda keng va shu tufayli u o`quvchini kuldirish bilan birga o`ylanishga ham majbur qila olgan. Asardagi voqea juda g`ayritabiiy holatda yuz bergan. Uni o`qib odamning kulgisi keladi. Kulish bilan birga do`konchi Sallining uzoqni o`ylab, bosiqlik bilan vaziyatdan chiqqaniga qoyil qoldiradi. U o`g`rilikni ko`rgan zahoti topalon qilib to`xtatmadi. Agar shunday bo`lganida o`g`ri o`ziga xulosa chiqarishi, qilgan ishidan afsuslanishi qiyin edi. Salli to`palon ko`tarib, jazolashni o`rniga o`g`rini qilgan ishi to`g`ri emasligini tinch yo`l bilan singdirish va pushaymon qildirishga erishadi. Yuqoridagi holat bizga adabiyotimizda o`z o`rniga va o`quvchilariga ega bo`lga buyuk yozuvchi G`afur G`ulomning “Shum bola” asarini eslatib yuboradi. Asarda shum bola katakdan tuxum o`g`irlab, bosh kiyimi tagiga yashiradi va ko`chaga shoshadi. Ketayotganini ko`rgan onasi uni to`xtatmoqchi bo`ldi. Onasi unga tanbeh berib, boshiga niqataganida tuxum sinib shum bolaning do`ppisi tagidan oqib tusha boshlaydi. Onasi bu holatni ko`rib qo`rqib ketadi. Ushbu kulgili voqea Mark Tven asaridagi voqeaga o`xshash. Bundan ko`rinib turibdiki, Mark Tven o`zbek adabiyoti namoyandalarini ham ilhomlantirgan. Yuqorida ta`riflangan ikkala asar (“Tom Soyerning boshidan kechirganlari”, “Geklberri Finnning boshidan kechirganlari”) ning qahramonlari ham umidsizlik nimaligini bilishmaydi, ular kurashchan, intiluvchan, optimist va o`tkir hazilkash o`spirinlar. Tom bilan Gek do`stlari Jimni qullikdan qutqarishga, uning barcha qatori ozod inson bo`lishiga chin dildan harakat qiladilar. Gekning quyidagi nutqida ham uning qanchalik mehribon va haqiqatgo`y ekanligi, Tomning matonati, qat`iyati, yosh bo`lishiga qaramay dunyoqarashi juda keng ekanligini ko`rish mumkin: “Tom bilan tanho qolgan paytdayoq men undan: “Bu ishlarni nimaga boshlading, anchadan beri erki o`zida bo`lgan negrni haqiqatdan ham qochirib yuborish qo`lingdan kelganda, nima qilmoqchi eding?”, – deb so`radim. U Jimni omon-eson qutqarib olsak, daryoning eng oxirigacha solda suzib borardik, boshimizdan qiziq-qiziq sarguzashtlar kechirardik, keyin Jimga sen ozodsan derdik-da, bekor ketgan vaqti uchun haq to`lab, paroxodda uyiga qaytarib olib ketardik, hamma negrlar kutib olsin deb, oldin xat yozib yuborardik. Shaharga mash’allar yoqib, muzikalar bilan olib kirardik, ana shundan keyin u ham qahramon bo`lib ketardi, biz ham qahramon bo`lib ketardik dedi. Menimcha, shunday ham ishimiz yomon bo`lmadi”19. Asarlarda keltirilgan mushtarakliklar bilan birga milliy o`ziga xosliklar yaqqol ko`zga tashlanadi. Bular , avvalo, asarlar yaratilgan davrdagi mamlakatlardagi ijtimoiy-siyosiy holat, tarixiy vaziyat, milliy voqelik, milliy urf-odatlar, milliy mentalitetni ochib berishda, obrazlarning milliyligida namoyon bo`ladi. Ushbu kitobda “podsho amri vojib” deb atalmish masala chetlab o`tilgan. Bu masala nazarimizda haddan ziyod murakkab ko`rindi. Davlatning bosh hukmdori yuksak qalb, nodir iste’dod egasi bo`lishi lozimligi, bunday odamni saylab olishda yolg‘iz tangrining o`zi qodir ekanligi ham shak-shubhasizdir, binobarin, bunday odamni saylashni ikkilanib o`tirmay, tangrining o`ziga havola qilishdan o`zga choramiz yo`q va bu fikr, davlatning bosh hukmdorlarini hamisha tangrining o`zi belgilaydi, degan muqarrar xulosaga olib keladi. Har holda yozuvchi toki Pompidur xonim, Kastlmen oyim va shu kabi bosh hukmdorlarning namoyondalariga duch kelmaguncha shunday fikrda edi, binobarin bularni Hudo saylagan kishilar guruhiga qo`shish shu qadar mushkul bo`ldiki, bu kitobni (kuzgacha nashr bo`lishi kerak) boshqa masalalarga bag‘ishlashga va yetarli tajriba orttirganidan so`ng qirollarning irsiy huquqlari xususidagi muammoni keyingi kitobda hal etishga harakat qilgan. Ushbu kitob yozuvchi tomonidan shunday mahorat bilan yozilganki, Amerika hududida, ko`plab mamlakatlarda bu kitobni bilmagan, ko`rmagan odam kam topiladi. Ushbu asar katta-yu kichik uchun qiziqarli. Masalan, Virgin kompaniyasi rahbari Richard Branson har yili Xalqaro Kitob kunlarida inson hayoti davomida, albatta, o`qib chiqishi kerak deb hisoblagan asarlar to`plamini tavsiya qilib keladi. U tavsiya qilgan kitoblar orasida bolalar kitoblari, fantastika va badiiy adabiyotlarni uchratish mumkin. Milliarderning fikricha, har bir kishi, albatta, quyidagi beshta kitobni o`qishi kerak. Mark Tven – “Gekelberri Finnning sarguzashtlari” Duglas Adams – “Galaktika uchun otashin ko`rsatma” Metyu Sayed – “Fikrlashning qora qismi” Karl Sagan – “Koinot” Piter Diamandis – “Baraka: kelajak siz o`ylagandan yaxshiroq” Yuqorida ko`rganingizdek Mark Tvenning “Gekelberri Finnning sarguzashtlari” asari bu ro`yxatning birinchisida turibdi. Bu esa asarning qanchalik ahamiyatli va mazmunga boy ekanligini isbotlaydi. Download 250.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling