Mundarija kirish i-bob. Marketingni boshqarish strategiyalarining zamonaviy konsepsiyasi
Download 46.61 Kb.
|
marketing
Buyruq berishning yagonalik tamoyili ham marketingli boshqarishda muhim ahamiyatga ega. Agar ushbu tamoyil buzilsa, u hokimiyatning, masalan, marketing boshlig'ining, direktoming obro'siga putur yetkazadi, intizom yo'ldan chiqadi va tartib buziladi. Bu marketingni tashkil etishga salbiy ta’sir ko'rstadi. Ushbu tamoyilga muvofiq marketingni tashkil etishda xizmatchi faqat bir boshliqning buyrug'ini bajarishi kerak. Masalan, marketing bo'limi boshqaruvchisiga xizmatchi biriktirilgan, ya’ni bo'lim xizmatchisiga, faqat bo'lim boshqaruvchisi buyruq beradi. Marketingni tashkil etishdagi yagonalik tamoyilini shunday tushuntirish mumkin: bitta yagona maqsadni ko'zlagan yagona boshliq va dastur. Bu ishning yaxshi ketishi uchun kerakli bo'lgan shart-sharoit, lekin yakkaboshchilik masalalami hal qilishning jamoaviyligini inkor etmaydi. Balki masalalami jamoaviy hal qilish va javobgarlik yagona shaxsga yuklatilganligini anglatadi. Bunda shaxsiy fikrlaming ommaviy fikrga bo'ysunishi nazarda tutiladi. Bu tamoyilning ma’nosi quyidagicha: korxonada marketing guruhi xodimlaming manfaatlari korxona manfaatlaridan ustun qo'yilishi kerak emas, umumjamiyat manfaati shaxs, shaxslar guruhi manfaatidan yuqori bo'lishi kerak. Agar marketing bo'limida xodim, faqat o'zining manfaatini o'ylab ishlasa, korxonaning yuqori daromad olishiga, jahon bozoriga chiqishiga to'sqinlik qilayotgan bo'ladi. Oqibatda korxonaning yaxshi yutuqlarga erishmasligi xodimlaming manfaatlariga ta’sir qiladi. Manfaatlaming ikki toifasini bir-biriga moslashtirish marketingni tashkil etishdagi asosiy vazifalaridandir. Buning uchun:
-boshliqning yaxshi namunasi; -iloji boricha haqiqatga yaqin kelishuv; -qattiq nazorat bo'lishi kerak. Rag'batlantirish tamoyili marketing xizmatlarini moddiy, ma’naviy taqdirlash, bajarilgan ishga haq to'lash demakdir. Taqdirlash haqiqatga yaqin bo'lib, marketing xodimi va korxonani qoniqtirishi kerak. Rag'batlantirish o'lchovi xodimning ish sifati, bilimiga hamda haq to'lash shakliga bog'liq. Xodimlarga haq to’lash shakli ishning yaxshi ketishida muhim o‘rin tutadi. Amaliyotda bu vazifaning ko‘plab yechimlari mavjud, lekin ulaming hech qaysisi to‘liq, qoniqarli emas. Bizning vazifamiz eng maqbuli haqiqiy turlami ishlab chiqishdir, lekin bu juda qiyin masala. Chin haqiqiy taqdirlashni ta’minlashni, harakatlaming rag‘batlantirilishi va chegaradan chiqib ketadigan kelishmovchiliklarga olib kelmasligi kerak. Ushbu masalalami yechish marketologlaming, iqtisodchilaming vazifasidir. Markazlashuv va ierarxiyalik tamoyili ayrim boshliqlar tomonidan qabul qilinishi yoki qilinmasligi mumkin, lekin u katta yoki kichik miqdorda albatta faoliyat ko'rsatadi. Marketingni tashkil etish va amalga oshirishda markazlashgan yoki markazlashmagan usullami qo'shib olib borish maqsadga muvofiq. Markazlashgan topshiriqlar iqtisodiy manfaatdorlik davlat va har bir iste’molchi hamda mahsulot ishlab chiqaruvchi manfaatlari nuqtayi nazaridan boshqarib borilmog'i lozim. Ierarxiya boshqarishda yuqoridan pastgacha bo’lgan boshqaruv organlari qatori boMishini taqozo etadi. Ierarxiya «koleyasi» shunday yoki, bu yo’l orqali yuqori organlarga qog'ozlar beradi va u yerdan pastga keladi. Ammo bu yo'l juda tez emas, ba’zida bir qog'oz bir korxonani marketing bo'limining o'zida juda asta-sekin harakat qilishi ham mumkin. Xodimlar tarkibining doimiylik (muqimlik), birlikka moyillik tamoyili. Xodim yangi bir vazifani o'rganib olishiga ozgina vaqt qolganda almashtirilsa, bu bilan birga uni korxonaga foyda keltirishi imkoniyatini yo'qqa chiqaradilar. Agar shunday o'zgartirishlar to'xtovsiz va tez-tez amalga oshirilsa, vazifa hech qachon yaxshi va a’lo darajada bajarilmaydi. Bunday xatoliklar har qanday korxonalar uchun xavflidir, chunki u yerda butun vazifani egallab, o'rganib olish ko'p vaqtni oladi. Marketing tadqiqotlari shuni ko'rsatadiki, vaqt bu eng qimmatli omildir. Lekin marketing guruhi tarkibidagi xodimlaming o'zgarishlaridan qochib bo'lmaydi, lekin uni eng kam darajaga tushirish, ulaming birligining do'stona munosabatini saqlash va rag'batlantirish muhim vazifadir. Turli xil kasalliklar, ishdan ketish, o'lim va boshqalar, ijtimoiy ta’lim marketing guruhi xodimlaming tarkibini o'zgarishiga olib keladi. Ko'pgina xodimlar vazifani bajarish xususiyatini yo'qotadi, boshqalami mas’uliyatli ishni o'z bo‘yniga olishga qodir emas. Tashabbuskorlik va haqqoniylik tamoyili - marketing faoliyatini bajarishda, reja tuzish va amalga oshirishda, imkoniyatlarni ishga solishda tashabbus ko'rsatish, odil bo'lishdir. Taklif erkinligi va uni amalga oshirish ham tashabbus toifasiga kiradi. Tashabbus ishchilar faolligini oshiradi, bu esa Marketingli boshqarishda ijobiy o'rin tutadi. Boshliqlar, ishchilar tashabbusi - katta kuch va korxona uchun katta ahamiyatga ega. Bu asosan qiyin daqiqalarda bilinadi. O'z xodimlariga tashabbus ko'rsatadigan boshliq bu vazifani bajara olmaydigan boshliqdan ustun turadi. Bu tamoyil, marketing faoliyatida, ayniqsa, alohida ahamiyat kasb etadi, chunki tashabbuskor marketologgina yutuqqa erisha oladi. Haqqoniylik ham Marketingli boshqarishda muhim omildir. Marketolog o'z xaridori, tovar yetkazib beruvchisini aldashi mumkin emas, aks holda inqirozga uchraydi, obro'sizlanadi. Marketing xodimlari o'z ishini puxta, sodiqlik va sidqidildan bajarishi uchun ularni rag'batlantirishda adolat va haqiqat bilan do'stona munosabatda bo'lishi kerak. Marketing bo'limi xodimlari haqiqatni va tenglikni talab qilganda, ular bilan maslahatlashishi kerak. Ammo bu talablarni hech bir tamoyilni buzmay umuman manfaatlarga futur yetkazmay bajarishi kerak. Buning uchun marketing bo'limi boshlig'i barcha usullami ishga solishi lozim. Marketingli boshqarishni ilmiy asoslanganlik tamoyili alohida ahamiyat kasb etadi. Marketing obyektiv iqtisodiy qonunlaming talabini e’tiborga oigan holda amalga oshiriladi. Shunday ekan, Marketingli boshqarish har tomonlama chuqur ilmiy izlanishlar asosida, barcha obyektiv shart-sharoitlarni hisobga oigan holda, marketing faoliyatidagi tendensiyalami, uning ishlash mexanizmini, imkoniyatlarini to'liq e’tiborga oigan holda amalga oshiriladi. Marketingli boshqarishda ilmiylik har qanday shablonga qarshi, har bir masalaga individual yondashish va ustalik bilan faoliyat ko'rsatishni nazarda tutadi. Bunda ushbu masalalar ilmiy asosga ega bo'lishi ko'rib chiqilishi va hal qilinishi lozim. Marketologlar faoliyatining ilmiy asoslanganligi ularga xaridorlar va tovarlar yetkazib beruvchilami doimiy mijozga, muxlisga aylantiradi, ular orasida ishonch va do'stona munosabat o'matishga imkon beradi. Marketingli boshqarishda samaradorlik tamoyili har qanday marketing masalalarini qisqa muddatda kam xarajatlar bilan hal etishni taqozo etadi. Marketing faoliyatida tejamkorlikni keng yoyish, resurslardan oqilona foydalanishni tashkil etish, tovarlar zaxirasini qisqartirish, tovarlar aylanishini tezlashtirish, ulami kam xarajatlar bilan xaridorga yetkazishdir. Bu mazkur tamoyilning asosiy mazmunidir. Download 46.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling