Mundarija kirish i-bob. Marketingni boshqarish strategiyalarining zamonaviy konsepsiyasi


Download 46.61 Kb.
bet6/7
Sana07.03.2023
Hajmi46.61 Kb.
#1247455
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
marketing

II-bob.Marketingni boshqarishda rejalashtirish
5.1. Marketingli boshqarishda rejalashtirishning obyektiv zarurligi va ahamiyati
Strategik marketing faoliyatini rejalashtirish tovarlarga bo'lgan ehtiyojni, barcha mavjud moddiy resurslarni aniqlashni, talab va takliflami, sotishni rejalashtirishni va tovarlami iste ’molchilarga о ‘z vaqtida va to ‘liq yetkazib berishni, servis xizmatlari ко ‘rsatishni, mod-diy resurslardan to ‘la va tejab-tergab foydalanish va hokazolarni o'z ichiga oladi. Tovarlarga boMgan ehtiyojni rejalashtirish o‘z navbatida ish turiga doir ayrim materiallarning kerakli miqdorini hisoblash, ularga boMgan ehtiyojni texnikaviy-iqtisodiy jihatdan asoslab berish, tovarlarga boMgan ehtiyoj rejalarini tuzib, tegishli korxonalar va savdo tashkilotlariga topshirish, bu rejalami himoya qilish kabilami o‘z ichiga oladi. Ehtiyoj rejalari mahsulot birligiga material sarf qilish normalari asosida tuziladi. Marketing boMimi va guruhi rejalashtirish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar bilan birgalikda tovarlar miqdorini aniqlaydi va hisobga oladi. Bunda ular davriy hisobotlar va mavjud moddiy resurslarni inventarizatsiya qilish materiallariga asoslanib ish ko‘radi. Tovarlami iste ’molchilarga sotish rejalashtirilayotganda iste’mol qilinmay qolgan materiallar, davlat buyurtmalari, ichki imkoniyatlardan foydalanish to'g'risidagi topshiriqlar va materiallarga berilgan byurtmalar hisobga olinadi. Tovarlar ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga o‘z vaqtida va toMa yetib borishini rejalashtirish maxsus talabnomalami solishtirishni, ulami bajarish uchun tovarlami yetkazib beruvchilariga topshirishni, materiallar yetkazib berish hajmi va mud-datlami belgilashni, qanday transport vositalari bilan tashishni va sotish shakllarini belgilashni hamda tovarlami omborlarga keltirishni o‘z ichi-ga oladi. Tovarlami to‘g‘ri tejab-tergab sarflashni rejalashtirish xomashyo materiallari va yoqilg‘i sarfini normallashtirishni, uskunalar, mashina va mexanizmlardan foydalanish ko‘rsatkichlarini belgilashni, shuningdek, moddiy resurslarni sarflash va asosiy fondlardan foydalanish ustidan nazorat qilishni ko‘zda tutadi. Marketing quyidagi tamoyillar asosida rejalashtiriladi: Milliylik tamoyili: marketing biznes-rejalari, awalo hukumat siyosatini aks ettiradi. Siyosiy rahbarlikni xo'jalik rahbarligidan ajratib bo'lmaydi, ular bir butun rahbarlikdir. Bu tamoyil xo'jalik vazifalarini hal etishda prinsipiallikni va davlat manfaatlari nuqtayi nazaridan yondashishni talab qiladi. Milliylik tamoyili marketingda mahalliychilik, millatchilik va qarindoshchilikka mutlaqo yo'l qo'ymaydi. Yetakchi bo'g'in tamoyili. Hukumat har bir rejalashtirish bosqichida eng muhim xo'jalik vazifalarini ilgari suradiki, milliy iqtisodiyotning yanada yuksalib, respublika iqtisodiyotining mustahkamlab borishi va o'sha vazifalaming bajarilishiga bog'liq. Bu vazifalar hamma bosqichlarda ham bir xil bo'lmaydi. Masalan, bozor iqtisodiyotiga o'tishning shu kundagi bosqichida marketing biznes-rejasi bozomi eng awalo, iste’mol buyumlari bilan to'yintirish, sanoat korxonalarini esa eng yangi texnika va texnologiya bilan va umuman iqtisodiyotimizga bu muammolarni tezroq hal etish uchun ko'plab chet el investitsiyalarini jalb etishga yo'naltirmog'i lozim. Yaqin kelajakda milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy yo'nalishi ishlab chiqarishning progressiv va iqtisodiy jihatdan samarali tarmoqlarini tez sur’atlar bilan o'stirishga qaratilishi ko'zda tutilmoqda. Marketing biznesrejalarida birinchi navbatda ana shu yetakchi bo'g'inlami ta’min etishni ko'zda tutilishi zarur. Ilmiy-texnika jihatidan asoslanganlik tamoyili. Bu — fan va texnika yutuqlarini hisobga olish demakdir. Bu tamoyil obyektiv iqtisodiy qonunlami bilish, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun talab va ehtiyojlami hisobga ola bilishni taqozo etadi. Marketing biznes-rejalari real bo'lishini, texnika yangiliklari, progressiv normalar qoMlashni talab qiladi. Marketing biznes-rejalari hozirgi davming iqtisodiy qonunlari asosida tuzilishi lozim. Ulamii^ ilmiy asoslanganligi ko‘p jihatdan iqtisodiy-matematik modeller va usullar hamda kompyuter, hisoblash texnikalaridan foydalanib tuzilishiga bogMiq. Biznes-rejasini tuzishda yuqorida qayd etilgan tamoyillardan tashqari demokratik sentralizm va boshqa prinsiplarga ham asoslaniladi. Marketing biznes-rejasi milliy iqtisodiyot biznesrejasining muhim va ajralmas qismidir. Marketing biznes-rejalarini barcha korxonalar, qurilish tashkilotlari, vazirliklar, idoralar va respublikamizning markaziy rejalashtirish organlari ham tuzadi. Demak, marketing biznes-rejalari milliy iqtisodiyotning barcha tarmoq va bo‘g‘inlarida tuziladi. Marketing biznes-rejalari taqsim qilinadigan mahsulot nomenklaturasining amal qilish muddatlari, ко 'lami va rejalashtirish davriga qarab bir qancha turga bo'linadi. Amal qilish davriga qarab, ular istiqbolli (perespektiv) va joriy rejalarga, joriy rejalar o‘z navbatida yillik, yil choraklari va oylik rejalarga bo‘linadi. Amal qilish koMamiga qarab, marketing rejalari: respublika, tarmoq, korxona va sof marketing korxonasi biznesrejalariga boMinishi mumkin. Istiqbolli marketing biznes-rejalari o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, faqat ayrim ko‘rsatkichlar bo‘yichagina tuziladi. Bunda uzoq muddatga mo‘ljallangan tovarlar, resurslarning muhim turlari bo‘yicha sarflash normalari va ularga boMgan ehtiyoj butunicha taxminiy tarzda korxona va tashkilotlarda hisoblab chiqiladi. Bundan tashqari rejalami strategik va operativ tarzda ham tuzish mumkin. Respublika, tuman va ayrim xo‘jaliklar bo‘yicha, muhim tovarlar bo‘yicha moddiy balanslar tuziladi. Mazkur balanslar istiqbolli rejalami ishlab chiqish maqsadida tuzilib, bu rejalar moddiy resurslar bilan asoslanadi. Yillik marketing biznes-rejalari joriy rejaning bir qismi boMib, ularda tovarga boMgan ehtiyoj va bu ehtiyojni qoplash manbalai. kelgusi yil uchun aniqlanadi. Rejada jismoniy shaxslar, asosiy va yordamchi xo‘jaliklaming, shuningdek, ishlab chiqarish bilan bogMiq boMmagan sohalaming ham ehtiyojlari ko‘rsatiladi. Yil choragi va oylik marketing rejalari yuqorida keltirilgan istiqbolli va yillik rejalardan ko‘p jihatdan ajralib turadi. Ular faqat quyi marketing tashkilotlari va korxonalarida tuziladi. Bu rejalar tovarlarning ko‘rsatilgan nomenklaturasi bo‘yicha tuziladi. Respublika marketing biznes-rejalari tovarlami ichki va tashqi bozorda sotishni, eksport va import rejalari tuzishni, marketing budjetini aniqlashni, tarmoq rejalari esa shu vazirlik va idoralarga qarashli korxona va tashkilotlaming tovarlarini sotishni о ‘z ichiga oladi. Zavod-fabrika rejalari har bir korxonada tuziladi. Korxonada marketing rejasi, awalo, tovarga bo‘lgan ehtiyojning xomaki, dastlabki hisob-kitoblarga asoslanib ishlab chiqiladi, chunki qat’iy reja tuzish uchun ishlab chiqarish va kapital qurilishning hajmi hali tasdiqlanmagan bo‘ladi. Marketing biznes-rejalari milliy iqtisodiyot rejasi va korxonalardagi biznes-rejaning hamma qismlari bilan chambarchas bogMangan. Masalan, ishlab chiqarish dasturi bilan marketing biznes-rejalari bir-biri bilan, ayniqsa, uzviy bogMiq. Ishlab chiqarish dasturi moddiy resurslarga boMgan ehtiyojni belgilab beruvchi boshlangMch hujjatdir. Ko‘pgina korxonalarda ishlab chiqarish dasturi rejalashtirilayotganda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlaming sifatini yaxshilash rejasi ham ishlab chiqiladi. Bu reja ham marketing rejasida o‘z aksini topishi kerak. Marketing biznes-rejasi yangi texnikani qoMlanish (texnika taraqqiyoti, mehnat unumdorligini oshirish) rejalari bilan ham bogMiq. Yangi texnikani rivojlantirish rejasi marketing biznes-rejasi bilan ikki tomonlama bogMiqdir: birinchidan, yangi texnikani rivojlantirish ishi ma’lum moddiy xarajatlami talab qiladi; chunonchi, tajriba o‘tkazish maqsadida yasaladigan namunalarga har xil materiallar ishlatiladi. Bu materiallar marketing biznes-rejasida albatta aks ettiriladi; ikkinchidan, marketing biznes-rejasi tuzilayotganda texnika taraqqiyotining sarflash normalariga ta’siri va shu munosabat bilan sotiladigan, talab qilinadigan yoki resurslar miqdori hisobga olinadi. Marketing biznes-rejalari mahsulot tannarxi rejalari va moliyaviy rejalar bilan ham uzviy bog'langan. Marketing organlari mahsulot qiymatining asosiy qismini tashkil etuvchi ishlab chiqarish vositalarini ham o‘z vaqtida sotib va iste’molchilarni ta’minlab, mahsulot tannarxining kamayishiga, foydaning ko‘payishiga ta’sir etadi. Bu hoi marketing biznes-rejasida o‘z aksini topadi. Bunda biz material sarflash normalarini pasaytirish, materiallar, yonilg’i va hokazolami tejab-tergab sarflash topshiriqlari haqida fikr yuritmoqdamiz. Marketing biznes-rejasining moliyaviy reja bilan bog4 liqligi quyidagilardan iborat: korxonalar ko'pincha mavsumiy va boshqa zapaslar uchun bankdan qarz oladi, bu qarzlar ulaming moliyaviy rejasida aks ettiriladi. Aylanma mablag’ lar normasi xomashyo materiallari va yoqilg‘i zaxirasi normasiga va boshqa normalarga bog’liq. Bu normalaming hammasi marketingning strategik rejalarida ham o‘z aksini topadi.



Download 46.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling