Mundarija kirish I bob. Mehmonxona ma’lumotlar bazasi loyihasini ishlab chiqish va predmet soha tahlili


Xizmatlar toifasi, xilma-hilligi va narxiga koʻra


Download 0.67 Mb.
bet7/10
Sana10.11.2021
Hajmi0.67 Mb.
#173112
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Jasurbek Muhammadiyev

Xizmatlar toifasi, xilma-hilligi va narxiga koʻra mehmonxonalar bir necha turga ajratiladi:

  • minimal miqdordagi hizmatlarni koʻrsatuvchi chegaralangan servisli arzon mehmonxonalar. Ushbu turdagi mehmonxonalarda ovqatlanish korxonalati boʻlmasligi ham mumkin.

  • “lyuks” mehmonxonalar – kishini lol qoldiruvchi dekoratsiyaga ega, qimmatbaxo mebel, yaxshi jihozlangan umumiy foydalanish joylariga, xodimlar soni honalar soniga qaraganda birmuncha ortiq.

Jahon turizm tashkiloti hozirgi kundagi mehmonxona hizmatlari bozori iste’molchilariga koʻra mehmonxonalarni quyidagi turlarga ajratadi:

  • “lyuks” otellar - badavlat insonlar va tashkilot rahbarlariga moʻljallangan boʻlib, shahar markazida joylashadi, juda qimmat narx evaziga shohona hizmatlarni taqdim etadi.

Yuqori toifali otellar – shahar ichida joylashgan boʻlib, malakali xodimlar tomonidan koʻsatiladigan keng qamrovli hizmatlarni taklif etadi, qimmat mebel uskunalar bilan jihozlangan. Biznesmenlar, konferensiya qatnashchilari va individual turistlarga moʻljallangan. Narxlar oʻtamiyonadan yuqoriroq.

Oʻrta hol otellar– keng omma uchun moʻljallangan boʻlib, oʻrtameyona narxlar asosida hizmat koʻrsatadi. Ishlab chiqarish harajatlarini pasaytirish uchun zamonaviy texnologilaryani qoʻllaydi.

Apart-otel – odatda 100-400 xonadan iborat boʻladi mebellangan xonalardagi sharoitni eslatadi. Narxlar sezon va joylashtirish shartlariga qarab oʻzgarishi mumkin. Uzoq muddat qoluvchi biznesmen va turastlarga moʻljallangan.

Ekonom sinfdagi otel – uncha katta boʻlmagan taqdirda 10 tadan 150 tagacha xonadan iborat boʻlishi mumkin.Shahar hududida joylashadi, kam sondagi xodimlarga ega, xonalari yaxshi jihozlangan, ekin ovqatlanish hizmatlarini taklif etmaydi. Iste’molchilarining aksariyat qismi biznesmen va individual turistlardir.

Motel – avtotransportda sayohat qiluvchi turistlarga moʻljallangan. 150-400 honadan iborat boʻlib, avtotrassalar yoqasida joylashadi, oz miqdordagi hodimlar ga ega, past narxlardahizmat koʻrsatadi, zamonaviy va yaxshi jihozlangan honalardan iborat.Ovqatlanish hizmatlarini koʻrsatmaydi.

Kurort mehmonxona (Resort hotel) – 100-500 xonadan iborat boʻlishi mumkin, odatda shahardan uzoqlashgan suv havzalari va hushmanzara maskanlarda joylashadi. Keng qamrovli hizmatlarni taqdim etadi, koʻp sonli sport inshootlari, bolalar maydonchasiga ega.Turli toifadagi turistlarga oʻrtameyonadan yuqoriroq narxlarda hizmat koʻrsatadi.

Taymsher – 50-250 xonaga ega boʻlib, bir necha binolardan tashkil topgan boʻlishi mumkin. Kurort otel singari sharoitlar va kvartira tipidagi nomerlardan iborat boʻlishi mumkin. Alohida kvartiraralar ayrim kishilarga sotilishi mumkin, lekin butun mulk boshqaruvchi kompaniya tomonidan nazorat qilinadi.

Taymsherning narxi sezonga ga yashash muddatiga bogʻliq.Tabiiyki talab katta boʻlgan sezonlarga nisbatan yoqimsiz sezonlarda narxlar arzonroq boʻladi.

Nomer egasi muayyan vaqt ichida mulkdan foydalanishi mumkin.Odatda nomerlar uzoq muddat foydalanish uchun sotib olinadi.

Joylashtirish muddati haftalarda hisoblanadi.

Faqatgina Yevropadagi taymsherlar sotilishi hajmi 1991yilda 3,74 milliard dollarni tashkil etdi.

2002-yilda ushbu koʻrsatgich 30 milliard dollarni tashkil etdi.157 mamlakat fuqarolari taymsherlarga egalik qilishadi.Taymsherli kurortlar dunyoning 75 mamlakatida mavjud.




Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling