Mundarija: Kirish i-bob. Muammoni o‘rganishning ilmiy- nazariy asoslari
Download 150.24 Kb.
|
Mundarija Kirish i-bob. Muammoni o‘rganishning ilmiy- nazariy a
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Asosiy davr.
Tayyorgarlik bosqichida tovushlar talaffuzidagi ishlarning izchilligi.
Unli tovushlar artikulemalari quyidagi izchillikda shakllanadi: a, e, o, u, i, ya, ye, yu. Ya, ye, yo, yu tovushlari y tovushining tegishli unli tovush (a, e, o, u) bilan qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Y tovushi diftongning birinchi qismida ham, ikkinchi qismida ham nafas chiqarishning yo‘nalishini kuzatib borishga yordam beradi. Undosh tovushlar. Unli tovushlar artikulemalari bilan tanishgandan keyin jarangsiz undosh tovushlar artikulemalari asosida og‘izdan nafas chiqarishni rivojlantirish bo’yicha mashqlar boshlanadi. Unlilar artikulemalari ustida ishlash ularni shivirlab talaffuz qilishda davom ettiriladi. Bunday izchillik og‘izdan erkin nafas olish ko‘nikmasini mustahkamlash va talaffuz organlari faollashganda tovushlarni avtomatlashtirish imko-nini beradi. Bolaning butun diqqat-e’tibori artikulema va og‘izdan nafas chiqarishning yo‘naltirilganligiga qaratiladi. Eshitilishiga esa diqqat jalb qilinmaydi. Bolada jarangsiz undosh tovushlarning artikulyatsiya ukladini logoped artikulyatsiyasiga ko‘rish taqlidi, og‘zaki tushuntirish asosida hosil qilish mumkin (lablarning, tilning holati va og‘izning ochilish darajasi yozib beriladi). Bola tovush jarangini eshitmasligi lozim. Ishning tayyorgarlik bosqichida jarangsiz frikativ undoshlar quyidagi izchillikda shakllanadi: f, s, sh, x. Undosh tovushlarni shakllantirish ishlari artikulyatsiyasi buyicha nisbatan qulay bo‘lgan f tovushidan boshlanadi. Ushbu tovushni talaffuz qilishning davomiygi bolaning e’tiborini og‘izdan nafas chiqarishga qaratish va nazorat qilib borishga imkon beradi. Portlovchi tovushlar guruhi bu borada birmuncha murakkabdir. Shuning uchun ular ustida ishlash kechroq o‘tkaziladi. II. Asosiy davr. Bu davrda 3 bosqich bo’yicha quyidagi ishlarni olib borish nazarda tutiladi: 1-bosqich – og‘iz orqali uzoq nafas chiqarishda ovozni qo‘shish; 2-bosqich – portlovchi undosh tovushlarni realizatsiya qilishda og‘izdan qisqa nafas chiqarishni shakllantirish; 3-bosqich – sanor tovushlar va affrikat tovushlar guruhi talaffuzini shakllantirishda uzun va qisqa xarakterdagi og‘izdan hamda burundan nafas olish va chiqarish differensiatsiyasi. Bu davrdagi mashg‘ulotlardan ko‘zlangan maqsad ham birinchi bosqichdagi singari, ya’ni artikulemalarni rivojlantirish bilan bir vaqtda to’g‘ri nutqiy nafas olishni shakllantirishdan iborat. Download 150.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling