Mundarija: Kirish. I bob. Ona tili ta’limida o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini o‘stirish
EATR fodylanishdan oldin quyidagilar tavsiya etiladi
Download 230.02 Kb.
|
4 Daminova Sevara
EATR fodylanishdan oldin quyidagilar tavsiya etiladi:
O‘quv yili boshida EATRdan foydalanish yuzasidan tayyorlangan yo‘riqnoma bilan tanishish, mavzuni tanlash. Mudira, psixolog bilan kelishgan holda mashg‘ulot jadvaliga kiritish yoshlarni EATR dan qanday foydalinish lozimligi bilan tanishtirish Mashg‘ulot jarayonini tashkil qilish, bolalarni ikkita (va undan ko‘proq) guruhga bo‘lish, har bir guruh uchun topshiriqlar tayyorlash, yoshlarni o‘z ustilarida ishlashlarini ta’minlashga oid ijodiy faoliyat turlarini tashkil qilish. Umumiy ta’lim maktab muassasalari o‘qituvchilari mazkur EATR ishlanmasiga ijodiy yondoshishlari maqsadga muvofiqdir. Kompyuter savodxonligini oshirish tinglovchilarni “Klavish trenajori” EATR yordamida ishlashini amaliy mashg‘ulotda ko‘rib o‘tiladi: Dars samaradorligini oshirish uchun har bir mavzuga oid elektron ko‘rgazmali qurollarning mavjud bo‘lishi o‘ta muhim omildir. Ko‘rgazmali qurol yordamida mavzularni yoritilsa dars maqsadiga erishish oson kechishi bilan birga vaqtdan ham ancha tejaladi. Natijada masala va mashqlarni ishlash uchun ko‘proq vaqt qoladi. Tayyorlangan ko‘rgazmali qurollardagi matn, turli rasm va shakllar takomillashgan DTSga, o‘quv dasturiga hamda darslikka mos bo‘lishi lozim. Darsni ko‘rgazmali asosda, ya’ni taqdimot slaydlari yordamida, o‘tishi uchun o‘qituvchi darsni tashkil etish usulini mukammal bilishi bilan birga kompyuterda mavjud bo‘lgan amaliy dasturlarni o‘z ish faoliyatiga qo‘llash malakasiga ega bo‘lishi shart. Masalan, taqdimot slaydlar yaratish uchun Microsoft Office Word bilan birga Power Point dasturini mukammal o‘zlashtirgan bo‘lishi lozim. Barkamol avlodni tarbiyalash – “Ta’lim to‘g‘risdagi” Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dastiri”da Respublika ta’lim xodimlari zimmasiga o‘ta ma’suliyatli vazifalar yuklangan. Bu vazifani amalga oshirish jarayoni boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qishiga yangicha yondashish, o‘qituvchilarni o‘z kasbiga va tarbiyalanuvchilarga o‘ta ma’suliyatli munosabatda bo‘lishni taqozo etadi. Bu dastur yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy, ijtimoiy faollikka, siyosiy hamda ijtimoiy hayotda to‘g‘ri yo‘l topa olish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirish, shuningdek, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutgan pedagogik g‘oyani ilgari suradi. Download 230.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling