Glossariy
1. Fikr – Biror narsa, hodisa yoki kimsa haqida oʻy, xayol.
2.Yondashuv – ma‘lum bir faoliyatni qay tartibda bajarishga mo‘ljallangan jarayon.
3.Pedagog – (gr. 'παῖς', paіda — bola, gr. 'ἄγω', gogos — yetaklovchi) atamasi qadimiy bo‘lib, „bola yetaklovchi“ degan maʼnoni bildiruvchi grekcha „paydogogos“ so‘zidan kelib chiqqan. Keyinchalik esa, maxsus o‘qitilgan va pedagoglikni o‘ziga kasb qilib olgan kishilarni pedagog deb atay boshlashgan
4.Darslik – muayyan fanga doir bilim asoslarini maʼlum tartibda bayon etadigan va yuqori maʼnaviy-gʻoyaviy, ilmiy uslubiy saviyada yozilgan kitob; oʻquv adabiyotining asosiy va yetakchi turi.
5.Nutq – tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli.
6. Modul (lot. modulus — meʼyor, oʻlchov) — 1) meʼmorlik va qurilishda — majmualar, insho-otlar va ularning kismlari oʻlchamlarini ifodalash uchun qabul qilingan asbob, oʻlchov.
7. Masofaviy o`qitish – eng yaxshi an’anaviy va innovatsion metodlar, o`qitish vositalari va formalarini o`z ichiga olgan sirtqi va kunduzgi ta’lim singari axborot va telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan ta’lim formasidir
8. Masofaviy o`qish – bu yangi axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya texnologiyalari va texnik vositalariga asoslangan ta’lim tizimidir.
9.Yozma nutq- so‘zlovchi fikrlarini bayon etishning yozma turi.
10.Og‘zaki nutq- so‘zlovchi fikrlarini bayon etishning og‘zaki turi.
11.Pedagogik mahorat- o‘qituvchi egallashi kerak bo‘lgan, asosiy jihatlardan biri.
12.Innovatsiya- (ing . innovationas — kiritilgan yangilik, ixtiro) — 1) texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni taʼminlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablagʻlar; 2) ilmiy-texnika yutuklari va ilgʻor tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qoʻllan
Do'stlaringiz bilan baham: |