Mundarija: Kirish. I bob. Ona tili ta’limida o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini o‘stirish
Download 230.02 Kb.
|
4 Daminova Sevara
Umumiy xulosalar
Ta’lim jarayonida birdamlikni ta’minlash eng yaxshi natijalashga olib chiqadi. O‘quvchilar birdamlik va guruh bo‘lib ishlashni o‘rganadi. Bu ularga kelajakda jamiyatga erkin aralashishni va o‘z fikriga ega bo‘lishni o‘rgatadi. Ona tili fanining ham vazifasidan xulasa qiladigan bo‘lsak, guruh bo‘lib ishlash va zamon bilan birnafasada keta olish uchun, zamonaviy texnologiyalarni baravar o‘zlashtirish kerakligini isbotladi. Shu bilan birga dars jarayonida kompyuter texnikasidan hamma vaqt ham foydalanish imkoniyati bo‘lavermaydi va bu metodik jihatdan to‘g‘ri ham emas. Darhaqiqat, XXI asrda axborot texnologiyalariga oid bilimlarga ega bo‘lmay turib hayotiy zarur ko‘nikma va malakalarni shakllantirib bo‘lmaydi. Shunga muvofiq zamonaviy ta’limning maqsad va vazifalari ham o‘zgarib, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim ustuvorlik kasb etmoqda. Bunday yondashuv asosida o‘quvchi shaxsining to‘la rivojlanishi, tez o‘zgaruvchan hayotga har tomonlama tayyor bo‘lishini ta’minlash, mustaqil bilim olish ko‘nikmalari, ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, ulkan axborot makonida informatsiyani tanqidiy nuqtai nazaridan to‘g‘ri izlash, tanlash, mauammolarni nafaqat ko‘ra bilish, balki ularni ifodalash va hal eta olish layoqatini shakllantirish kabi vazifalar mujassamdir. Bunday talab darajasidagi yosh avlodni kamolga yetkazish uchun pedagoglar nafaqat faoliyatni osonlashtiruvchi dasturiy-texnik vositalarni o‘zlashtirishi va amalda qo‘llashi, balki fanga oid intellektual va ijodiy masalalarni hal eta oladigan dasturlardan foydalana olishi ham zarur. Guruhda ajaralib qolayotgan, o‘zlashtirishga qiynalayotgan o‘quvchilarni qolgan o‘quvchilardek fikrlashga o ‘rgatish va buning aniq yechimlarini toppish kerakligini tushunishimiz kerak. Avvalo shuni tushuntirish kerakki, o‘quvchilar jamoaga birlashsa mehr-oqibat, uddaburonlik, bir-birini hurmat qilish kabi tuyg‘ular paydo bo‘ladi. Ma’lumki, hozirgi kunda ko‘plab maktablarda fanlarni o‘qitishning ham, yozma ishlarni tashkil etish metodikasining ham eski usullaridan foydalanilmoqda. Ko‘plab o‘qituvchilar yangilik kiritishga qarshi yoki o‘zlarini qiynagilari kelmay eski usullardan o‘zgartirishlarsiz foydalanishmoqda. Ushbu kurs ishini yozish davomida shuni aniqladimki, yangiliklar o‘qitishni yanada samarali qiladi. Guruhlar bilan ishlashga doir ishlar juda kam qilinganiga guvoh bo’ldim. Download 230.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling