Mundarija kirish i-bob. O‘yinli texnologiyalar va ularning turlari


Quyida bir qator interfaol metodikalarning tavsifi va mohiyatini keltiramiz


Download 1.04 Mb.
bet21/41
Sana01.05.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1418044
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41
Bog'liq
Omonova Zilola Komolovna taj

Quyida bir qator interfaol metodikalarning tavsifi va mohiyatini keltiramiz:
Klasterlarga ajratish - o‘quvchilarga biror mavzu bo‘yicha erkin va ochiq fikr yuritishga yordam beradigan pedagogik strategiyadir. Bu metod biror mavzuni chuqur o‘rganishdan avval o‘quvchilaming fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek o‘tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o‘zlashtirish, umumlashtirish hamda o‘quvchilarni shu mavzu bo‘yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi. Klasterlarga ajratish metodini qo‘llash quyidagicha amalga oshiriladi:

  • tarqatma materialda mavzuga oid ochiq so‘z yoziladi;

  • o‘quvchilar ushbu so‘z bilan bog‘liq xayollariga kelgan so‘z va jumlalarni uning atrofiga yoza boshlaydilar;

  • so‘zlarni yozish jarayoni o‘qituvchi tomonidan belgilangan vaqt tugaguncha yoki barcha so‘z va qoidalar tugaguncha davom etadi.

Klasterga ajratishda bir qator qoidalarga ham rioya qilish zarur. Ular quyidagilardan iborat:

  1. Xayolga kelgan hamma narsani ularning mazmuniga e'tibor bermasdan yozib borish.

  2. Orfografiya va boshqa omillarga e’tibor bermaslik.

  3. Vaqt tugaguncha ko‘proq bog‘lanishlar hosil qilishga harakat qilish.

  4. G‘oyalar va so‘zlar sonini cheklab qo‘ymaslik.

“Informatika” fanida krosvordalardan oydalanishga dior namuna.
Krossvordlar sodda bo‘lishi bilan birga, mashhur olimlar, allomalar ismlariga, mavzuga aynan mos keluvchi maxsus atamalarga diqqatini jalb etishning samarali vositasi hamdir. Quyida “Informatika” fanidan krossvordlardan namunalar keltiramiz.



  1. 1) Oxiri “R” bilan tugaydigan “Informatika”, “Algoritmlash va dasturlash tillari” fanlariga doir so‘zlarni toping, krossvordni to‘ldiring va har bir tushunchaga ta’rif bering. Ushbu krossvordda dasturlash tillariga oid so‘zlar lotin alifbosida yoziladi. Krossvordda or, var, unar, binar, skaner, monitor, strimmer, prosessor kabi so‘zlar ishtirok etishi mumkin.

  2. 2) Krosvordlar odatda trapesiya, to‘g‘ri to‘rtburchak shakllarda beriladi. Quyida biz talabalarning qiziqishini orttirish maqsadida uning shaklini o‘zgartirib gul tasviriga joylashtirdik.




  1. 1. Qattiq disk (vinchestor).

  2. 2. Axborotlarni ko‘rish qurilmasi (monitor).

  3. 3. Rasmlar va matnlarni kompyuter xotirasiga kiritish uchun hizmat qiladigan qurilma (skaner).

  4. 4. Magnit lentada arxiv ma’lumotlarni saqlash uchun hizmat qiladigan qurilma (strimmer).

  5. 5. Arifmetik yoki mantiqiy amallarni bajarib, butun sistemaning ishini nazorat qiluvchi qurilma (prosessor).

Ta’lim jarayonida o‘yinlardan foydalanish talabalarni xursand qilish maqsadida foydalanilmasligi zarur. U albatta didaktik bo‘lishi, ya’ni darsda hal qilinadigan aniq o‘quv tarbiyaviy vazifalarga bo‘ysunishi kerak. Shuning uchun ham, o‘yin avvaldan rejalashtiriladi, uning dars tuzilmasidan o‘rni yaxshilab o‘ylab chiqiladi, uni o‘tkazish shakli belgilab olinadi va shu asosda o‘yinlar tayyorlanadi. O‘yinli texnologiyalar o‘qitishning boshqa shakllari va metodlari kabi yuqori samara beradi. Talabaga har qanday fan, hususan, informatika fanining zamonaviy rivojlanish darajasidagi bilimlarni berish o‘yinning asosiy maqsad bo‘lishi kerak.


Quyida “Delphi dasturlash tilida takrorlanuvchi operatorlar” mavzusidagi amaliy mashg‘ulotda qo‘llash mumkin bo‘lgan “Xatoni top” o‘yini va uni o‘tkazish bosqichini keltirib o‘tamiz.
Guruhni 24 nafar talabadan iborat deb qaraymiz. O‘yinni o‘tkazish avvaldan rejalashtirgani uchun xonani kichik gurux bilan ishlashga mo‘ljallab 3 ta aylanma stol holatida jixozlanadi. Har bir stol “While...do”, “Repeat...Until” va “For...to...do” nomlari bilan nomlanadi. Har bir talaba xonaga kirayotganida “tasodifiy tanlash” usulida uch kichik guruhga ajratiladi. Buning uchun o‘qituvchi oldindan tayyorlangan “While...do”(8ta), “Repeat...Until”(8ta) va “For...to...do” (8ta) yozuvlari tushirilgan jami 24 ta kartochkalarni talabalarga tanlatadi va shu kartochkaga mos stolga borib o‘tirishlarini nazorat qiladi.
Amaliy mashg‘ulot bo‘lganligi sababli o‘qituvchi takrorlanuvchi operatorlar va ularning tadbiqiga doir bitta masalaning uch xil operator yordamida dasturini tuzib, natijalar olinib, ular solishtirilib ko‘rsatiladi. Natijalar bir xilligi isbotlanadi va “Xatoni top” o‘yini boshlanadi.


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling