Informatika va axborot texnologiyalari fanining nazariy mashg‘ulotlarida o‘yinli texnologiyalardan foydalanib o‘qitish metodikasi.
Informatika fanini o‘quv jarayoni shakllariga ma’ruza, seminar, amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya mashg‘ulotlari, o‘quv anjumanlari, maslahatlar, ekskursiya, ekspeditsiya, o‘quv ishlab chiqarish pedagogik amaliyoti, kurs va diplom ishlari, talabalarning mustaqil ta’limi kiradi..
Ma’ruza – u yoki bu ilmiy masalani to‘g‘ri, mantiqiy izchillikda va aniq izohlab berish sanaladi. Ma’ruza o‘qituvchi shaxsining barcha boyligi: ongi, hissiyoti, irodasi, tuyg‘usi, e’tiqodi orqali talabalar ichki dunyosi bilan muloqotda bo‘lishining eng samarali, jonli shaklidir. Bunda o‘qitishning yo‘naltiruv, axborot berish, metodologik va tarbiyalash funktsiyalarini ro‘yobga chiqarishga yordam beradi.
Ma’ruzaning yo‘naltiruvchi funktsiyasida talabalarning diqqati o‘quv materialining asosiy qoidalari, uni o‘rganishdagi hamda bo‘lg‘usi kasbiy faoliyatidagi roli va ahamiyati, uni o‘zlashtirish metodlariga jalb qilinadi.
Ma’ruzaning axborot berish funktsiyasi asosiy ilmiy faktlar, qoidalar, xulosalarning mohiyatini ochishda o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Ma’ruzaning metodologik funktsiyasini qo‘llash tadqiqot metodlarini qiyoslash, chog‘ishtirishga, ilmiy izlanishning tamoyillari va yondashuvlarini aniqlashga yordam beradi.
Ma’ruzaning tarbiyaviy funktsiyasi ma’ruza jarayonida o‘quv materialiga hissiy baho berish munosabatlarini uyg‘otish, qiziqishlarini o‘stirish, mantiqiy fikrlash va isbotlashni oydinlashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Kasb-xunar kollejlarida o‘qitish tizimiga ma’ruza bilan birgalikda amaliy (mashq, seminar va laboratoriya) mashg‘ulot turi ham kiradiki, ular: ta’limiy, tarbiyaviy va nazariyani amaliyot bilan bog‘lash funktsiyalarini bajaradi.
“Adobe Photoshop dasturi va uning ishlash imkoniyatlari bilan tanishish ” mavzusi bo‘yicha ma’ruza darsini olib borish texnologiyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |