Mundarija kirish i-bob. O‘yinli texnologiyalar va ularning turlari


Pedagogik tajriba - sinov ishlarini natijalari va ularning tahlili


Download 1.04 Mb.
bet38/41
Sana01.05.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1418044
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
Omonova Zilola Komolovna taj

3.2. Pedagogik tajriba - sinov ishlarini natijalari va ularning tahlili
Kasb hunar kollejlarida “Informatika va axborot texnologiyalari ” fanini o‘qitishda o‘yinli texnologiyalardan foydalanishni samaradorlik darajasini aniqlash maqsadida tajriba sinov ishlari olib borildi. Tajriba-sinov ishlarini statistik tahlil qilish maqsadida tajriba va nazorat guruhlarida o‘zlashtirish ko‘rsatgichlari bo‘yicha aniq sonli ma’lumotlar olindi. Bunday ma’lumotlarni nazariy jihatdan kutilayotgan ma’lumotlarga mos kelishini aniqlash maqsadida, biz dastlabki statistik tahlil qilib, o‘rta qiymatlar va ularning xatoliklari hisoblandi. Farazlarni tekshirishda Styudent kriteriyasi(mezonlari) foydalanildi .
Tajriba-sinov natijalari uch darajali va 10 ballik baholash sistemasida olib
borildi va reyting ballari bilan: 5,5 ^7- «o‘rta»; 7,1 ^ 8,5- «yaxshi»; 8,6^ 10- «a’lo» kabi baholandi
Sonli ma’lumotlarni statistik tahlili, bu ma’lumotlarga nisbatan nisbiy
xarakterda ekanini, ya’ni u baholash sistemasiga emas, balki baholar tarkibiga bog‘liq ekanligini e’tiborga olib, qulaylik uchun «o‘rta»ni 3ga, «yaxshi»ni 4 ga va «a’lo»ni 5 ga almashtirildi.
Pedagogik tajriba-sinovni o‘tkazishda biz matematik-statistika tahlilini quyidagi tartibda olib bordik:

  1. Har bir guruh uchun o‘rtacha o‘zlashtirish, o‘rta arifmetik usulda aniqlanib, ularning nisbiy va o‘rtacha ayirma koeffitsientlari taqqoslandi.

  2. O‘zlashtirish natijalarini yanada chuqurroq taqqoslash maqsadida tajriba- sinov guruhlarida o‘zgaruvchanlik varaqasi ko‘rsatkichlari hisoblandi va har bir guruhga mos kelgan bosh to‘plamlar o‘rtachalari haqida xulosalar chiqarildi.

  3. Har bir guruh tanlanma taqsimotlari poligonlarini chizib, bosh to‘plamlar o‘rta qiymati tengligi haqidagi gipotezani tekshirish Studentning ikki tanlanma mezoni asosida olib borildi.

  4. Yuqoridagi tartibda olib borilgan matematik-statistika metodi natijalaridan
    tegishli xulosalar chiqarildi.

Pedagogik tajriba-sinov o‘tkazishda Mirzo Ulug‘bek informatika kasb-hunar kollejida olib borilgan tajriba-sinov natijalarini statistik metodlar yordamida tekshirdik. Tajriba-sinov guruhida 29 nafar o‘quvchi va nazorat guruhlarida 32 nafar o‘quvchilar qatnashdi.

Guruhlar

Nazorat guruhi

Tajriba- sinov guruhi

Baholar


«2»

«3»

«4»

«5»

«2»

«3»

«4»

«5»


Talabalar soni

n=2

n=14

n=11

n=7

n=0

n=8

n=12

n=10
Tajriba-sinov guruhi talabalarining bilim saviyalari va uzviylik asosida
o‘qitish ko‘nikmalari sezilarli darajada yuqori ekanligi kuzatildi. Biz o‘tkazilgan
tajriba- sinov natijalarini quyidagi jadvalda keltiramiz.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling