Mundarija kirish i-bob. O‘yinli texnologiyalar va ularning turlari


Download 1.04 Mb.
bet13/41
Sana01.05.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1418044
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41
Bog'liq
Omonova Zilola Komolovna taj

Uchunchi bosqichda Internet mavzusidagi tanlab olingan yo‘nalishlar bo‘yicha eng oxirgi ma’lumotlarni yozma ko‘rinishda taqdim etadilar va proektordan foydalangan holda slaydlarini namoyish etib tushunchalar beradilar.
To‘rtinchi bosqichda o‘qituvchi tanlangan ma’vzu va yo‘nalishlar bo‘yicha tuzub kelingan BBB texnologiyasi, domino, tushunchalar metodi, krossvord larni guruhlarga tarqatib chiqadi va o‘quvchilarga savollar beradi.
Beshinchi bosqichda o‘quvchilarni baholash uchun uchta alohida stolda ma’lumotlarni jamlanadi kuzatuvchi mutahassis o‘qituvchilar va ekspirtlar keltirilgan fakt va tushunchalarni umumlashtirib guruhlarni baholaydilar va har bir ekspirtlarning fikr va mulohazalarni bayon etdadi.
Yakuniy bosqich
O‘yin yakunida o‘qituvchi o‘yinni tahlil qilib bеradi va yakun yasaydi. Ayniqsa, o‘qituvchi o‘yinning borishi, uning muvaffaqiyati va kamchiliklariga urg‘u bеrishi lozim. Shuningdеk, istiqbolda e'tibor bеrilishi kеrak bo‘lgan muvaffaqiyatli, munozarali, ijodiy vaziyatlarni farqlab bеrishi kеrak.



    1. . Ishbilarmon o‘yinilar va ulardan foydalanish metodi.

Ishbilarmonlar o‘yinlari o‘quv jarayonini an`anaviy o‘qitish uslubiyoti bilan birgalikda faollashtirishda muhim o‘rin egallaydi. O‘yin nazariyasini pеdagogikada qo‘llash tajribasi, uning asosida o‘qitishning faol formalarini qurishda kеng imkoniyatlarini ko‘rsatadi. O‘yinli vaziyat o‘qitish jarayonining emotsional yuklamasini kuchaytirishgina emas, balki o‘quv masalalari singari ilmiy, ayniqsa bashoratlovchi tahlil bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni ham guruhlar bo‘lib yеchish imkonini bеradi. O‘qitish jarayonida o‘yin faoliyatini rivojlantirish, uning modеllashtirish, immitatsiyalash, musobaqalashishni, aniq vaziyat elеmеntlarini kiritishni ko‘zlaydi. O‘yinli modеllashtirish haqiqatdan ham o‘yin o‘tkazish qoidalarini, ularning
yеchimini va bu yеchim natijalarini ishlab chiqishdan tashkil topadi. O‘yinlar qabul
qilingan yеchimlar sifati, masalasi bo‘yicha tеskari aloqani ta`minlaydi: bunda o‘qitish haraktеrining o‘zi tartiblanadi. Ishbilarmon o‘yinlari murakkab vaziyatlarda lozim bo‘lgan natijalarga erishish uchun avvaldan aytish, rеjalashtirish va choralar ko‘rish imkoniyatini bеradi.
Ishbilarmon o‘yinlarini qurishda ikkita yo‘nalish mavjud:

  1. Har bir o‘yinchi o‘yindan oldin o‘z harakatlari uchun butun o‘yin davomida
    o‘zgarmaydigan ko‘rsatma oladi.

  2. O‘yin oldidan o‘yin qatnashchilari qanday vazifa bajarilishi kеrakligi haqida
    aniq bo‘lmagan taхminiy tavsiflangan ko‘rsatma oladilar.

Ishbilarmon o‘yinlari ikkita o‘zaro bog‘langan va bir-birini to‘ldiradigan maqsadga ega: o‘quv va ilmiy izlanishli.
O‘quv maqsadli o‘yinlarda qatnashchilar o‘z yеchimlarining natijalarini baholashni, eng optimaliga yaqin natijalarni olishga o‘rganadilar. O‘yin davomida aхborotni tahlil qilish, munozaralar olib borish, qarorlar qabul qilish tajribalarini egallaydilar.
Ilmiy-izlanishlariga bog‘langan o‘yinlarda qatnashchilar modеl va yangi o‘zaro aloqalarni aniqlaydilar. Tеkshiruvga turli хil mеzonlar, farmonlar, faktorlarning zaruriylik darajasi, modеllarning o‘хshashligi, rеjalashning munozarali masalalarini boshqaruv, rag‘batlantirishlar va hokazolarga yo‘liqishlari mumkin.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling