Mundarija kirish I bob o’zbek jadid adabiyotini xоrij adabiyotshunоslari tоmоnidan o’rganilishi


Download 424.5 Kb.
bet2/18
Sana21.04.2023
Hajmi424.5 Kb.
#1372911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
fitrat dranalarida chet el mavzusining ishklanishi

Birinchidan, hozirgi kunga qadar o‘zbek adabiyotining yirik nomoyandasi bo‘lgan va milliy ma’naviyatimizga ulkan hissa qo‘shgan Abdurauf Fitrat ijodini o‘rganish borasida olib borilgan tadqiqotlar uni to‘laqonli o‘rganish uchun yetarli emas; ikkinchidan, Abdurauf Fitrat ijodiga doir qarashlar va fikr-mulohazalar aniq
bir tartibga solinmagan; uchinchidan, Abdurauf Fitrat ijodini o‘rgangan xorijlik tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlari va unga doir turli asarlar, ilmiy maqolalar hamda o‘quv qo‘llanmalar o‘zbek adabiyotida deyarli o‘rganilmagan; to‘rtinchidan, Sho‘ro davri adabiyotida xorijlik olimlar tomonidan Abdurauf Fitrat ijodi bo‘yicha qilingan tadqiqotlar o‘zining munosib bahosini olmagan.
Tadqiqotning o‘rganilish darajasi: Bugunning dolzarb masalalaridan biri milliy ma’naviyatimiz va madaniyatimizni yuksaltirish, bu sohalarni shakllantiradigan va rivojlantiradigan barcha omillarni chuqur tahlil qilib, ularning bu borada qanday o‘rin tutishini anglab olishdan ham iboratdir. Albatta, har bir xalq ma’naviyati va madaniyatini uning tarixi va adabiyotidan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi.
Adabiyotimiz tarixiga nazar tashlasak, har bir davr o‘ziga xos iste’dod egalarini voyaga yetkazganligini kuzatishimiz mumkin. Jumladan, adabiyotimiz tarixida shunday ijodkorlar mavjudki, ular nafaqat she’riy iste’dod sohibi, balki xalq tarixida ham o‘ziga xos iz qoldirgan shaxs sifatida ham alohida ahamiyat kasb etadilar. Husayniy, Navoiy, Bobur, Amiriy, Feruz kabi ijodkorlar faoliyati xalqimiz ma’naviyati, madaniyati, ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotida katta ahamiyatga ega.
XX asr boshlarida Turkistonda mavjud siyosiy- ijtimoiy voqealar o‘zbek adabiyotiga ham jiddiy ta’sir o‘tkazdi. 70 yil davom etgan sovet senzurasi sabab milliy tiklanishda yetakchilik qilgan Cho‘lpon, Qodiriy, Fitrat, Behbudiy singari ijodkorlar yaratgan badiiy asarlar tagzaminidagi chin mohiyat – Ozodlik mavzusidagi ijtimoiy– siyosiy g‘oyalar butunlay inkor qilinib, ularga salbiy munosabat bildirilayotgan bir paytda Amerika o‘zbekshunoslari birinchilardan bo‘lib bu haqiqatlarning asl mohiyatini targ‘ib qila boshladilar. Ular bunday hurfikrlarni xorijda turib aytganliklari haqiqatni bayon qilishlari uchun asos bo‘lganligini ham ta’kid etmoq zarur. Ammo shunisi achinarliki, biz xorij olimlari tadqiqotlarini original manbalar emas, rus tiliga qilingan noto‘g‘ri tarjimalar asosida tahlil qilib, ularning “qarashlarini g‘oyaviy va mafkuraviy dushmanlarimizning kirdikorlari va tuhmatlari, burjua g‘animlarimizning nayranglari deb baholadik”3.
Tadqiqot ob’ekti. Abdurauf Fitrat asarlarining o‘zbek tilidan ingliz, turk, xitoy, nemis tillariga qilingan tarjimalari hamda jadid namoyandalarining hayoti va ijodiga bag‘ishlangan manbalar va maqolalar tadqiqotning ob’ekti hisoblanadi.

Download 424.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling