Tadqiqot predmeti. O‘zbek va ingliz tillaridagi Abdurauf Fitratning hayoti va ijodi xaqida yozilgan manbalarni qiyosiy o‘rganish va asar tarjimalarining tahlili.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari:
Abdurauf Fitratning hayoti va ijodini o‘zbek adiblari tomonidan
o‘rganilishi;
Abdurauf Fitratning ijodini tahlil qilish;
Amerikalik olimlarning Abdurauf Fitrat hayoti va ijodiga bo‘lgan qarashlarini o‘rganish va aniqlash;
Xorijda Abdurauf Fitrat nashr etgan ijod namunalari haqida fikrlash;
Abdurauf Fitratning “Xindistonda bir farangi ila buxorolik mudarrisning bir nechta masalalar hamda usuli jadida hususida qilgan munozarasi” (Debate between a teacher from Bukhara and a European) dramasi tarjimasidan parchalar keltirish;
Abdurauf Fitratning “Xindistonda bir farangi ila buxorolik mudarrisning bir nechta masalalar xamda usuli jadida hususida qilgan munozarasi” (Debate between a teacher from Bukhara and a European) dramasi tarjimasining xususiyatlarini o‘rganish;
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari.
Ushbu mavzu ustida xorijlik olimlardan Yedvort Olvort, Adib Xalid, Shon Tomas Lion, Choy van Vu, Yedvard Said, Lidenberger va Uzbek olimlaridan Izzat Sulton, Axmad Aliev, Begali Qosimov, Namidullo Boltabaev va boshqa yetuk olimlar izlanishlar olib borishgan. Xorijlik va o‘zbek olimlari bajargan izlanishlar o‘rtasidagi mutanosibligini aniqlash va ularni tahlil qilish Adabiyotshunoslik va tarjima nazariyasi fanlari uchun juda ahamiyatlidir.
Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati Ilmiy tadqiqot natijalarini "Tarjima nazariyasi", "Leksikologiya", "Ingliz va o‘zbek tillari qiyosiy tipologiyasi", “Tarjima nazariyasi”, “Chet yel adabiyotshunosligi tanqidchiligi va tarixi, “Xorijiy adabiyotshunoslik” va " Adabiyot nazariyasi" darslarida qo‘llash mumkin.
Tadqiqotda qo‘llanilgan uslublarning qisqacha tavsifi sifatida transformatsion, qiyosiy, distributiv, ma’noni qismlarga bo‘lish (komponentniy analiz), bevosita tashkil qiluvchilarga ajratish, statistik va tajriba metodlardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |