Mundarija Kirish I bob. O‘zbek tilshunosligida morfologiya bo‘limining o‘rganilishi


Download 79.48 Kb.
bet13/19
Sana24.09.2023
Hajmi79.48 Kb.
#1686953
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
erkin kurs ishi

Mashqlar. Mashqlarning maqsadi o‘quvchilarning mavzuga oid nazariy
ma’lumotlar yuzasidan puxta bilim olishini va o‘zlashgan bilimlar asosida
ko‘nikma va malakalar hosil qilishini kafolatlashi lozim. Mashqlarni bajarish
natijasida o‘quvchilar olgan bilimlarni ongli o‘zlashtira boradilar, bilimlarni
amalda qo‘llay oladilar, savodli fikrlash malakalari orta boradi.
Maktab va akademik litseylarning ona tili darslarida mashqlarning quyidagi
turlari ko‘proq o‘tkaziladi:
• o‘rganilayotgan morfologik vositalarni amaliy tatbiq etish;
• misollar tanlash;
• matnni yoki so‘zni shaklan o‘zgartirish;
• matndan zarur bo‘lganlarni ko‘chirib yozish;
savol va topshiriqlarga javob yozish;
• nuqtalar o‘rniga kerakli so‘z yoki grammatik shaklni qo‘ya olish;
berilgan namuna asosida grammatik kategoriyalarga oid so‘z, birikma
va so‘zlar ishtirokida mavzu bo‘yicha gap, matn tuzish;ularning
turlarini aniqlash;
so‘z va gaplardagi so‘z turkumini aniqlash,ularda qo‘llangan
morfologik vositalar uslubiyatini izohlash.
o‘quvchilarning yozma va og’zaki fikrlarini to‘g’ri ifodalash malakasini
hosil qilishi lozim;
Testlar. Test sinovi nazoratning zamonaviy usullaridan bo‘lib, har bir
o‘quvchi mustaqil fikrlash asosida bergan javoblarini xolisona baholash,
o‘zlashtirilgan bilim darajasini individual va butun sing (guruh) bo‘yicha baholash
imkoniyatini beradi. Ona tili fanini o‘rganish bo‘yicha qo‘llaniladigan sinov
testlari og’zaki va yozma nutqni, tilni tushunishni, grammatik bilimlarni
tekshirishni ko‘zda tutadi. Shunga ko‘ra testlar tizimi quyidagicha bo‘lishi
mumkin:
• Har bir mavzuning o‘zlashtirilishini nazorat qiluvchi testlar.
• Chorak-sinov testlari.
• Yillik (yarim yillik) sinov testlari.
• Test topshiriqlari ishonchli, amaliy bo‘lishi lozim.
Demak,o‘quvchilarda morfologik vositalarni qo‘llash malakalarini
rivojlantirishga oid mashqlarning berilishi o‘quvchi tafakkur dunyosini o‘stiradi.

Download 79.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling