Mundarija Kirish I bob. O‘zbek tilshunosligida morfologiya bo‘limining o‘rganilishi
Download 79.48 Kb.
|
erkin kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining amaliy ahamiyati
- Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi
Kurs ishi obyekti obyekti. Ta’lim bosqichlari ona tili darslarining morfologik
vositalarini o‘qitish jarayoni. Kurs ishi predmeti. Ta’lim bosqichlari ona tili darslarining so‘z turkumi va morfologik shakllarini o‘qitish jarayoniga xos ta’lim shakli, vositalari, mazmuni va metodlarining talqini. Kurs ishining amaliy ahamiyati. Kurs ishi jarayonida ilgari surilgan fikrlardan, yondashuvlardan hamda samaradorligini ta’minlovchi Kurs ishi natijalaridan pedagogik fanlar bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash, qo‘llanmalar yaratish, shuningdek metodik tavsiyanomalar yaratishda, ish tajribalarini ommalashtirishda samarali foydalanishga xizmat qiladi. Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: ish kirish, 2 bob, umumiy xulosalar va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat. . I BOB. O‘zbek tilshunosligida morfologiya bo‘limining o‘rganilishi. 1.1.Tilshunoslikda morfologiya bo‘limi va morfologik kategoriyalarning tadqiqi masalalalari Bugungi zamonaviy texnologiyalar asri shiddat bilan rivojlanar ekan, har bir mobaynida tilshunoslikning bir qancha nazariyalari va bo‘limlari paydo bo‘ldi.Shu qatori , morfemika va morfologiya bo‘limiga oid muammolar o‘z yechimini topdi . Bitiruv malakaviy ishimizning birinchi bobini morfologiya bo‘limi bog’liq holda morfologik kategoriyalar haqidagi tilshunos olimlarning nazariy masala va muammolarini qayd etib o‘tmoqchimiz . So‘zlarni turkumlarga ajratish masalasi eng qadimgi davrlardan buyon olimlar diqqatini tortib keladi. Tilshunoslikni fan sifatida shakllantirgan qadimgi hindlar so‘zlarni otlar, fe’llar, yordamchilarga ajratgan edilar. Hindlarning tilshunoslik g’oyalari bilan oziqlangan arablar so‘zlarni uchga: ismlar, fe’llar, yordamchilarga bo‘ladilar. Hind tilshunoslari fikrlari asosida yunon olimlari, xususan, Arastu ham so‘zlarni ana shunday uchga ajratadi. Faqat keyinchalik yunonlar ismlar ichidan sifatlarni, sonlarni va olmoshlarni chiqaradilar. G’arb tilshunosligida yunonlarning keyingi tasnifi keng tarqaldi. Rus tilshunoslari ham ana shu an’anaga amal qilib, mustaqil so‘zlarni ot, sifat, son, olmosh, ravish va fe’lga ajratadilar. Aslida, dastlabki to‘rtta so‘z turkumining barchasi nomlar sanaladi: narsaning nomi (ot), belgining nomi, (sifat), miqdorning nomi (son), nomlar o‘rnida almashinib keluvchi so‘zlar (olmosh). Rus tilshunoslari shuning uchun ularni bir umumiy nom ostida ism bildiruvchi so‘zlar nomi bilan birlashtiradilar. Bizning ajdodlarimiz qadimdan ot, sifat, son va olmoshlarni birlashtirgan holda ismlar nomi bilan o‘rganib kelganlar. Biror so‘roqqa javob bo‘lib, ko‘pincha atash ma’nosini bildiruvchi, gapda ma’lum bir gap bo‘lagi yoki undalma vazifasida keladigan so‘zlar mustaqil so‘zlar sanaladi. So‘roqqa javob bo‘lmaydigan, atash ma’nosini bildirmaydigan so‘zlarga yordamchi so‘zlar deyiladi. Tilning tovush tuzilishi fonetika bo‘limida, harflar tizimi esa grafika bo‘limida o‘rganiladi.So‘z va uning ma’nolari leksikologiya bo‘limida, so‘z turkumlari morfologiya bo‘limida, gap va gapda so‘zlarning bog’lanishi sintaksis bo‘limida o‘rganiladi. Shunday qilib, tilshunoslik fonetika (grafika), leksikologiya, morfologiya va sintaksis bo‘limlarining uzviy bog ‘liqligidan iboratdir. Bu so‘z turkumlarining deyarli hammasi egalik, kelishik va ko‘plik shakllari bilan o‘zgaradi. Shuning uchun bu shakllar faqat otlargagina emas, balki son, olmoshlar, shuningdek, harakat nomi, sifatdosh va taqlid so‘zlarg ham daxldordir. Egalik va kelishik shakllari ana shu so‘zlarni boshqa so‘zlarg tobelantirib bog’lab keladi. Bu esa egalik, kelishik qo‘shimchalari bilan o‘zgarish xususiyatiga ega bo‘lgan so‘zlarni ismlar atamasi ostida birlashtirish zarurligini ko‘rsatadi. So‘z turkumlarining morfologik belgisi yoki morfologik xususiyati deganda, u yoki bu so‘zga xos bo‘lgan grammatik kategoriyalar, mazkur so‘zlarga xos forma yasovchi, so‘z o‘zgartiruvchi affiksal morfemalar tushuniladi (forma yasovchi-so‘z formalarini hosil qiluvchilar -lar, so‘z o‘zgartiruvchi-forma yasovchilarning sintaktik munosabat ifodalaydigan turi tushiniladi, kelishik affikslari, shaxs-son affikslari. Masalan, qizil, katta, ishlamoq, etmoq, uy, daraxt so‘zlarini olamiz va ularga quyidagi qo‘shimchalarni qo‘shib ko‘ramiz: - roq; - di, -i(b); - gan; So‘zlarning gapda boshqa so‘zlar bilan birika olish imkoniyati ham sintaktik belgi hisoblanadi. Bunda semantik belgi asosiy rol o‘ynaydi.Masalan, predmet, narsa-belgi-sifat--harakat-fe`l singari. Ana shularga qarab so‘zlar turkumlarga ajratiladi. Har bir so‘z turkumining o‘ziga xos yasovchilari bor. So‘z turkumlarining yuqorida qayd etilgan kategorial belgilari so‘z turkumlari nazariyasining birinchi prinsiplarini tashkil qiladi. Misollar: rus tilida semantik belgi bilan bir qatorda morfologik belgi ham yetakchidir. Xitoy tillari oilasiga kiruvchi tillarda, masalan, xitoy, vetnam tillarida affikslar yo‘q. O‘zbek tilida morfologik va semantik belgilardan keyin sintaktik belgilar hisobga olinadi. So‘z turkumi termini bir vaqtlar lug‘at boyligidagi bir qatlamni – leksik birliklarni hisobga olib tuzilgan; keyinchalik lug‘at boyligida ikkinchi bir qatlam – frazeologik birliklar ham mavjudligi tan olindi, turkumlanish leksik birliklargagina emas, frazeologik birliklarga ham mansubligi aniqlandi. Demak, lug‘at boyligini bir butun holda olib so‘z turkumlari terminini ishlatib bo‘lmaydi, endilikda bu termin tarkibidagi so‘z qismi voqelikni to‘g‘ri atamaydigan bo‘lib qoldi. Shuning uchun bu tushunchani lug‘at birliklarining turkumlanishi termini bilan anglatish to‘g‘riroq. Lug‘at birliklari dastlab lug‘aviy birliklarga va grammatik birliklarga ajratiladi, lug‘aviy birliklar o‘z navbatida leksik birliklar va frazeologik birliklar deb guruhlanadi; leksik birliklar o‘z doirasida, frazeologik birliklar o‘z doirasida turkumlarga ajratiladi. Download 79.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling