Mundarija Kirish I bob. O‘zbek tilshunosligida morfologiya bo‘limining o‘rganilishi


Download 79.48 Kb.
bet2/19
Sana24.09.2023
Hajmi79.48 Kb.
#1686953
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
erkin kurs ishi

Kurs ishi obyekti obyekti. Ta’lim bosqichlari ona tili darslarining morfologik
vositalarini o‘qitish jarayoni.
Kurs ishi predmeti. Ta’lim bosqichlari ona tili darslarining so‘z turkumi va
morfologik shakllarini o‘qitish jarayoniga xos ta’lim shakli, vositalari, mazmuni va
metodlarining talqini.
Kurs ishining amaliy ahamiyati. Kurs ishi jarayonida ilgari surilgan fikrlardan, yondashuvlardan hamda samaradorligini ta’minlovchi Kurs ishi natijalaridan pedagogik fanlar bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash, qo‘llanmalar yaratish, shuningdek metodik tavsiyanomalar yaratishda, ish tajribalarini ommalashtirishda samarali foydalanishga xizmat qiladi.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: ish kirish, 2 bob, umumiy xulosalar va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat.
.
I BOB. O‘zbek tilshunosligida morfologiya bo‘limining o‘rganilishi.
1.1.Tilshunoslikda morfologiya bo‘limi va morfologik kategoriyalarning
tadqiqi masalalalari
Bugungi zamonaviy texnologiyalar asri shiddat bilan rivojlanar ekan, har bir
mobaynida tilshunoslikning bir qancha nazariyalari va bo‘limlari paydo bo‘ldi.Shu
qatori , morfemika va morfologiya bo‘limiga oid muammolar o‘z yechimini
topdi . Bitiruv malakaviy ishimizning birinchi bobini morfologiya bo‘limi bog’liq
holda morfologik kategoriyalar haqidagi tilshunos olimlarning nazariy masala va
muammolarini qayd etib o‘tmoqchimiz .
So‘zlarni turkumlarga ajratish masalasi eng qadimgi davrlardan buyon olimlar
diqqatini tortib keladi. Tilshunoslikni fan sifatida shakllantirgan qadimgi hindlar
so‘zlarni otlar, fe’llar, yordamchilarga ajratgan edilar.
Hindlarning tilshunoslik g’oyalari bilan oziqlangan arablar so‘zlarni uchga:
ismlar, fe’llar, yordamchilarga bo‘ladilar.
Hind tilshunoslari fikrlari asosida yunon olimlari, xususan, Arastu ham
so‘zlarni ana shunday uchga ajratadi. Faqat keyinchalik yunonlar ismlar ichidan
sifatlarni, sonlarni va olmoshlarni chiqaradilar.
G’arb tilshunosligida yunonlarning keyingi tasnifi keng tarqaldi. Rus
tilshunoslari ham ana shu an’anaga amal qilib, mustaqil so‘zlarni ot, sifat, son,
olmosh, ravish va fe’lga ajratadilar. Aslida, dastlabki to‘rtta so‘z turkumining
barchasi nomlar sanaladi: narsaning nomi (ot), belgining nomi, (sifat), miqdorning
nomi (son), nomlar o‘rnida almashinib keluvchi so‘zlar (olmosh). Rus tilshunoslari
shuning uchun ularni bir umumiy nom ostida ism bildiruvchi so‘zlar nomi bilan
birlashtiradilar.
Bizning ajdodlarimiz qadimdan ot, sifat, son va olmoshlarni birlashtirgan
holda ismlar nomi bilan o‘rganib kelganlar.
Biror so‘roqqa javob bo‘lib, ko‘pincha atash ma’nosini bildiruvchi, gapda
ma’lum bir gap bo‘lagi yoki undalma vazifasida keladigan so‘zlar mustaqil
so‘zlar sanaladi. So‘roqqa javob bo‘lmaydigan, atash ma’nosini bildirmaydigan so‘zlarga yordamchi so‘zlar deyiladi.
Tilning tovush tuzilishi fonetika bo‘limida, harflar tizimi esa grafika
bo‘limida o‘rganiladi.So‘z va uning ma’nolari leksikologiya bo‘limida, so‘z
turkumlari morfologiya bo‘limida, gap va gapda so‘zlarning bog’lanishi sintaksis
bo‘limida o‘rganiladi. Shunday qilib, tilshunoslik fonetika (grafika),
leksikologiya, morfologiya va sintaksis bo‘limlarining uzviy bog ‘liqligidan
iboratdir.
Bu so‘z turkumlarining deyarli hammasi egalik, kelishik va ko‘plik shakllari
bilan o‘zgaradi. Shuning uchun bu shakllar faqat otlargagina emas, balki son,
olmoshlar, shuningdek, harakat nomi, sifatdosh va taqlid so‘zlarg ham daxldordir.
Egalik va kelishik shakllari ana shu so‘zlarni boshqa so‘zlarg tobelantirib bog’lab
keladi. Bu esa egalik, kelishik qo‘shimchalari bilan o‘zgarish xususiyatiga ega
bo‘lgan so‘zlarni ismlar atamasi ostida birlashtirish zarurligini ko‘rsatadi.
So‘z turkumlarining morfologik belgisi yoki morfologik xususiyati deganda,
u yoki bu so‘zga xos bo‘lgan grammatik kategoriyalar, mazkur so‘zlarga xos forma
yasovchi, so‘z o‘zgartiruvchi affiksal morfemalar tushuniladi (forma yasovchi-so‘z
formalarini hosil qiluvchilar -lar, so‘z o‘zgartiruvchi-forma yasovchilarning
sintaktik munosabat ifodalaydigan turi tushiniladi, kelishik affikslari, shaxs-son
affikslari. Masalan, qizil, katta, ishlamoq, etmoq, uy, daraxt so‘zlarini olamiz va
ularga quyidagi qo‘shimchalarni qo‘shib ko‘ramiz:
- roq;
- di, -i(b);
- gan;
So‘zlarning gapda boshqa so‘zlar bilan birika olish imkoniyati ham sintaktik
belgi hisoblanadi. Bunda semantik belgi asosiy rol o‘ynaydi.Masalan, predmet,
narsa-belgi-sifat--harakat-fe`l
singari. Ana shularga qarab so‘zlar turkumlarga
ajratiladi.
Har bir so‘z turkumining o‘ziga xos yasovchilari bor.
So‘z turkumlarining yuqorida qayd etilgan kategorial belgilari so‘z
turkumlari nazariyasining birinchi prinsiplarini tashkil qiladi. Misollar: rus tilida
semantik belgi bilan bir qatorda morfologik belgi ham yetakchidir. Xitoy tillari
oilasiga kiruvchi tillarda, masalan, xitoy, vetnam tillarida affikslar yo‘q. O‘zbek
tilida morfologik va semantik belgilardan keyin sintaktik belgilar hisobga olinadi.
So‘z turkumi termini bir vaqtlar lug‘at boyligidagi bir qatlamni – leksik
birliklarni hisobga olib tuzilgan; keyinchalik lug‘at boyligida ikkinchi bir qatlam –
frazeologik birliklar ham mavjudligi tan olindi, turkumlanish leksik birliklargagina emas, frazeologik birliklarga ham mansubligi aniqlandi.
Demak, lug‘at boyligini bir butun holda olib so‘z turkumlari terminini
ishlatib bo‘lmaydi, endilikda bu termin tarkibidagi so‘z qismi voqelikni to‘g‘ri
atamaydigan bo‘lib qoldi. Shuning uchun bu tushunchani lug‘at birliklarining
turkumlanishi
termini bilan anglatish to‘g‘riroq. Lug‘at birliklari dastlab lug‘aviy
birliklarga va grammatik birliklarga ajratiladi, lug‘aviy birliklar o‘z navbatida
leksik birliklar va frazeologik birliklar deb guruhlanadi; leksik birliklar o‘z
doirasida, frazeologik birliklar o‘z doirasida turkumlarga ajratiladi.

Download 79.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling