Mundarija Kirish I bob. O‘zbek tilshunosligida morfologiya bo‘limining o‘rganilishi


Download 79.48 Kb.
bet3/19
Sana24.09.2023
Hajmi79.48 Kb.
#1686953
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
erkin kurs ishi

So‘z turkumlari — so‘zlarning ma’nosi va grammatik xususiyatlariga ko‘ra
turlarga bo‘linishidir. 1. Mustaqil so‘z turkumlari: ot, sifat, son, olmosh, fe’1,
ravish.
2.Yordamchi so‘z turkumlari: bog’lovchi, ko‘makchi, yuklamalardir.
3.Modal so‘zlar. 4.Undovlar.5. Taqlid so‘zlar.
O‘zbek tilshunosligida morfologik vositalarning o‘rganilishi va uning so‘z
turkumlari tizimida tutgan o‘rni, tarixiy shakllari, ularning o‘ziga xos
xususiyatlari, tabiati, badiiy matnlarda uchrashi ayrim maqolalarda ham o‘z
ifodasini topgan. M.Asqarova, S.Ibrohimov, G‘.Karimov, S.Muhamedov,
M.Temirova, B.Ubaydullayev, U.Sharipova, Q. Mahmudov, H.Hojiyeva,
D.Hakimova kabi tilshunoslarning maqolalari shular jumlasidandir.
Fe’l — ish-harakat, holat ifodalovchi so‘z turkumi fe’ldir: yozdi, o‘qidi,
o‘yladi.
O‘timli fe’l — ish-harakatni biror obyektga o‘tishini ifodalaydi: ko ‘rdi,
topdi, qo ‘ydi.
O‘timsiz fe’l— ish-harakat biror obyektga o‘tmasligini ifdalaydi:
keldi, yurdi, yuvindi.
Fe’l darajalari (nisbatlari
)— ish-harakatning subyektga yoki obyektga
munosabatini ifodalaydi: yuvindi (o ‘zlik), yozildi (majhul), yozdirdi (orttirma),
yozishdi (birgalik).
Fe’l mayllari
. Buyruq mayli harakatni bajarishga buyruq, istak ma’nolarini
ifodalaydi: yoz, kel, boray, keling. Shart mayli harakatni bajarishda shart bo‘lgan
holatni ifodalaydi: kelsa, bo‘lsa.
Zamon qo‘shimchalari
— ish-harakat, voqea, hodisaning ma’lum bir
paytda ro‘y berishini ifodalaydi. O‘tgan zamon — ish-harakatning o‘tgan zamonda
ro‘y berishini ko‘rsatadi: o‘qidi, o‘qigan, o‘qilgan edi, o‘qib edi, o‘qibdi. Hozirgi
zamon — ish-harakatning hozir ro‘y berishini ko‘rsatadi: o‘qiyapman, yozayotir,
ko‘rinyapti.
Kelasi zamon — ish-harakatning kelgusida ro‘y berishini ko‘rsatadi:
kelaman, borarsan, borajak, borgusi, kelmoqchi.

Download 79.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling