Mundarija Kirish I bob. O‘zbek tilshunosligida morfologiya bo‘limining o‘rganilishi


Download 79.48 Kb.
bet15/19
Sana24.09.2023
Hajmi79.48 Kb.
#1686953
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
erkin kurs ishi

Innovatsion usullar . Innovatsiya-lotincha so`z bo`lib, “yangilik kiritaman, tatbiq
etaman, o‘zgartiraman” degan ma'noni bildirib, u quyidagi usullardan iborat36:
Namoyish qilish
Kichik guruhlarda bo‘lish
Aqliy hujum
Tanqidiy tafakkur
Debatlar
Nuqtai nazaring bo‘lsin
Morfologik qo‘shimchalarni o‘qitishda foydalaniladigan eng samarador
usullardan yana biri “Suhbat” usulidir. Bu ko‘pincha savol-javob mеtodi dеb
ham yuritiladi. Chunki mazkur mеtod dars jarayonida savol-javob vositasida olib
boriladi. Bunda o‘qituvchi o‘quvchilarning o‘zlarida bor bilimlardan foydalangan
holda mavzuni tushuntiradi. Ushbu usulni ko‘proq maktab o‘quvchilariga, ayniqsa,
6-sinf o‘quvchilariga otlarda erkalash - kichraytirish shakllari mavzusiga nisbatan
qo‘llash mumkin. Bu quyidagicha amalga oshiriladi:
a) dastlab, o‘quvchilardan ular ota-onalariga(aka-uka va opa-singillariga)
qanday murojaat qilishlari so‘raladi. Bunda ular oyijon, dadajon
(akajon…)
qabilida javob qaytaradilar;
b) so‘ngra o‘quvchilarga turli hayvon bolalarining (buning o‘rniga turli
kichkina narsalardan ham foydalanish mumkin) rasmlari ko‘rsatiladi va
ulardan bularning nima ekanligi so‘raladi. O‘quvchilar mushukcha,
kuchukcha, qo‘zichoq, qushcha
qabilida javob qaytaradilar.
c) ota-onalar farzandlarini erkalaganlarida qanday so‘zlardan
foydalanishlari so‘raladi. Javoblar qizcham, qizalog‘im, shirincham
qabilida bo‘ladi.
“Yagona davra” strategiyasi
“Yagona davra” strategiyasi o‘quvchilarda o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan
mustaqil, mantiqiy fikrlash, boshqalar tomonidan bildirilayotgan fikrlarni tinglash,
ularni to‘ldirish, shaxsiy fikrlarini asoslash, xulosa chiqarish qobiliyatini
tarbiyalashga xizmat qiladi. Mavzu yuzasidan har bir o‘quvchining fikrini bilish
muhim. Shuning uchun har bir o‘quvchi fikr bildirayotganda uning so‘zini bo‘lish,
qo‘shimcha qilish hech kimga, hatto o‘qituvchiga ham ruxsat etilmaydi.
Strategiyani qo‘llashda quyidagi quyidagi shartlarga amal qilish shart:
1. O‘quvchilar davra qurib o‘tirishlari, o‘rtaga tashlangan savol yuzasidan o‘z
tushunchalarini bayon etishlari.
2. O‘quvchilar o‘zlariga navbat kelishini kutib o‘tirmay, mavzu yuzasidan
fikrlarini ayta olishlari.
3. Mashg‘ulotda har bir o‘quvchinig faol ishtirok etishi, muhokamaga o‘z
hissasini qo‘shishini ta’minlash.
O‘qituvchi muhokama yakunida bildirilgan umumlashtirilishi, har bir
o‘quvchining ishtirokini ko‘rsatib o‘tishi lozim. Strategiya, odatda,
mashg‘ulotning boshlanishi yoki yakunida qo‘llaniladi.
Morfologik vositalarni o‘qitish jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilar bilan
“Yagona davra” metodidan foydalinishi yaxshi samara berishi mumkin. Bunda
o‘qituvchi taxminan quyidagicha savol bilan murojaat qilishi mumkin:
“Nima deb o‘ylaysiz, siz o‘rganayotgan otlardagi lug‘aviy shakl yasovshi
qo‘shimchalar kesatiq, yerga urish ma’nolarida ham qo‘llanishi mumkinmi?
Misollar keltira olasizmi?”
Bu o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini ham
tekshirishga imkon beradi. O‘quvchilar o‘zlari o‘qigan badiiy asarlarini
eslashlari va undagi parchalardan misollar keltirishlari mumkin. Bu
o‘quvchilarning erkin fikrlashlariga, darslikda berilgan misollardan tashqari,
o‘zlari mustaqil ravishda misollar topa olishlariga ko‘maklashadi.

Download 79.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling