Mundarija: Kirish I. Bob. O`Zbekistonning tabiiy sharoiti va resurslari imkonyatlari
Download 0.74 Mb.
|
Mundarija
Shu jumadan, Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev tomonidan ham foydali qazilmalarimizni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari ko’rilishi to’grisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori tasdiqlandi va u Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganishni yanada takomillashtirish va 2020-2021 yillarda mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida. Bu qaror quyidagilarni o’z ichiga oladi:Soʻnggi yillarda mamlakat hududlarini barqaror rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlaridan biri boʻlgan mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish, shuningdek, yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish, foydali qazilmalardan foydalanish, muhofaza qilish sohasini boshqarish va nazorat qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar qabul qilindi. Shu bilan birga sohaning amaldagi holati qurilish materiallari sanoatini, elektrotexnika sohasini rivojlantirishga qaratilgan foydali qazilmalarning yangi istiqbolli maydonlari va konlarini aniqlash uchun qidiruv zaxiralarini koʻpaytirishni hisobga olgan holda, mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklashga doir maqsadli dasturlarni shakllantirish va ijro etish samaradorligini oshirish, shuningdek, mineral-xomashyolarni izlash va qazib olishga ruxsat berish tartib-tamoyillarini soddalashtirish, investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha muhim choralar qabul qilinishini talab qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-maydagi “2017-2021 yillarda yer osti suvlari zaxiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2954-son qarori bilan tashkil qilingan 2017-2021 yillarda yer osti suvlari zaxiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish boʻyicha Ishchi guruhiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu qaroriga 3 va 5-ilovalarida koʻrsatib oʻtilgan parametrlarga hududlardagi haqiqiy holatdan kelib chiqib, butun respublika boʻyicha tasdiqlangan umumiy parametrlar doirasida oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin. 13. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Davlat geologiya qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,“Navoiy KMK” DK, “Olmaliq KMK” AJ, Fanlar akademiyasi, Energetika vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-noyabrga qadar texnogen chiqindilarni kompleks qayta ishlash va utilizatsiya qilish imkoniyatlarini tanqidiy oʻrganib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Texnogen chiqindilarni qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari dasturini kiritsin. Bu qaror doirasida ko’rishimiz mumkinki, foydali qazilmalardan oqilona foydalanib, iqtisodiyotni rivojlantirish davlat bosh masalalaridan biri hisoblanar ekan. Sababi, resurslarga boy o’lkamizdagi har bir xomashyoni samarali, oqilona yo’naltirish nafaqat davlatga, balki aholiga ham foydali hisoblanadi. 2019-yilning yanvar-iyul oylarida O'zbekiston Respublikasining sanoat ishlab chiqarishi dastlabki ma’lumotlar bo’yicha,2019-yilning yanvar-iyul oylarida respublika korxonalari tomonidan175,3trln.so'mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo'lib, o'tgan yilning tegishli davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmindeksi*106,8% ni tashkil etdi.Shu bilan birga, 2018-yilning shu davriga nisbatan mehnat unumdorligi 5,8foizga, sanoatda band bo'lgan birkishiga sanoat mahsuloti ishlab chiqarish 97112,1 ming so'mni tashkil etdi. Jami sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi o’sishining asosiy omili bo’lib, tog’-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash –3,9% ga,ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoat-7,9% ga, elektr, gaz, bug' bilan ta'minlash va havoni konditsiyalash -3,5% ga va suv bilan ta'minlash, kanalizatsiya tizimi,chiqindilarni utilizatsiya qilish–5,4% ga o’sishi hisoblanadi.1 Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling