Mundarija Kirish I bob. O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy-siyosiy aloqalarining o‘rnatilishi va rivojlanishi
Xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar o’rnatilishi
Download 134.16 Kb.
|
O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bila
1.1. Xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar o’rnatilishi
O‘zbekistonning tashqi siyosatda mintaqalararo xavfsizlikni ta’minlashda xalqaro tashkilotlar faoliyatidan, ularning dasturlaridan ham keng foydalanishi istiqbolli natijalarni ko‘rsatadi. Ko‘pgina mintaqaviy tashkilotlar, chunonchi, NATO, EKO, Islom konferensiyasi, Qo‘shilmaslik harakati va boshqalar bilan ham samarali hamkorliklar yo‘lga qo‘yildi. 1994 yil iyul oyida O‘zbekiston NATOning “Tinchlik yo‘lidagi hamkorlik” dasturiga qo‘shildi. Bu dasturga ko‘ra O‘zbekiston harbiy qismlari Shimoliy Karolina (AQSH) dagi Kemp Lejyup dengiz piyodalari poligonida o‘tkazilgan harbiy mashqlarda, O‘zbekiston hududida amerikaliklar bilan o‘tkazilgan desantchilarning “Ultrabalans-96” harbiy mashqlarida qatnashdilar. Shuningdek, Respublika harbiy bilim yurti talabalari 1997 yil Norvegiyada o‘tkazilgan “Kooperativ bankers-97” mashqlarida ham qatnashdilar. Bu kabi hamkorliklar jangchilarimiz uchun o‘ziga xos mahorat maktabi, tajriba bo‘lib, ularning jangovarlik qobiliyatini oshirishlariga yordam berdi. 1999 yil aprelda I.A.Karimovning NATO (Shimoliy Atlantika Ittifoqi) qoshidagi “Tinchlik yo‘lidagi hamkorlik” dasturida ishtiroki Markaziy Osiyo mintaqasida kollektiv xavfsizlik va barqarorlikning keng tizimini vujudga keltirishni rejalashtirishda O‘zbekistonning ishtirokini kafolatladi. Aynan shu jarayonlardan so‘ng NATO Bosh kotibi X.Solananing O‘zbekistonga tashrifi ikki o‘rtadagi tinchilik yo‘lidagi siyosatning birdamligini ko‘rsatdi. O‘zbekistonning NATO bilan tinchlik yo‘lidagi hamkorligi bugungi kunda ham izchil davom etmoqda. Prezident I.A.Karimov 2011 yil yanvar oyida Bryusselga qilgan tashrifida NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen bilan uchrashib, O‘zbekiston va NATO ko‘p tomonlama munosabatlariga oid masalalar yuzasidan ochiq va konstruktiv tarzda fikrlar almashildi. Bu uchrashuv O‘zbekiston bilan NATO o‘rtasidagi o‘zaro anglashuvni mustahkamlash va samarali hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qildi. O‘zbekiston bilan YEXHT (Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti) bilan hamkorligi ham o‘z samarasini bera boshladi. 1992 yil 26 fevralda O‘zbekiston YEXHT kengashining yakunlovchi hujjatiga imzo chekib, ikki o‘rtadagi hamkorliklar boshlandi. Mazkur hujjat imzolangan vaqtdan beri O‘zbekistonning Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bo‘linmalaridagi ishtiroki tobora kengayib bormoqda. YEXHTning Markaziy Osiyo bilan aloqalari bo‘yicha Byurosi mintaqada barqarorlikni ta’minlash maqsadida mintaqadagi respublikalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib olgani quvonarli holdir. Ushbu byuroning tashabbusi bilan Toshkentda YEXHTning “Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar”, “Ommaviy axborot vositalari demokratlashtirish sharoitida” mavzusidagi bir qator anjumanlari o‘tkazildi. Seminarlar Markaziy va Sharqiy Yevropada inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar faoliyatini rivojlantirish, xalq ta’limi va ommaviy axborot vositalarining inson huquqlari sohasidagi roli masalasini ko‘rib chiqdi. Bunday yig‘ilishlarda O‘zbekistonning ishtiroki tinchilikparvar tashqi siyosat yuritishida asosiy omil bo‘lib qoldi. 1996 yilda Lissabon shahrida YEXHTning sammiti bo‘lib, O‘zbekiston rahbariyati xavfsizlik doirasiga kiruvchi qarashlarini bayon etdi. Mazkur anjumanda Prezidentimiz yig‘ilish ishtirokchilariga Markaziy Osiyo mintaqasini yadrosiz zona, deb yana bir bor e’lon qildi. O‘zbekiston rahbariyatining mojarolar kuchayib borayotgan yerlarga qurol-yarog‘ yetkazib berishni to‘xtatish haqidagi fikri Lissabon uchrashuvining yakunlovchi hujjatiga kiritildi. 1999 yil 18-19 noyabr kunlari mazkur tashkilotga a’zo 54 mamlakat rahbarlarining Turkiyaning Istambul shahrida oliy darajadagi uchrushuvi bo‘lib, mazkur anjumanda ancha dolzarb muammolar, jumladan, Yevropada xavfsizlik va hamkorlikni mustahkamlashning asosiy tamoyillari ishlab chiqilgan edi. Yig‘ilishda O‘zbekiston rahbarining ma’ruzasi dunyo mamlakatlari iqtisodiy taraqqiyotini, fuqarolarning ijtimoiy turmush tarzini faqatgina xavfsizlik ta’minlagandagina amalga oshirish mumkinligiga qaratildi. O‘zbekiston Prezidenti yig‘ilishda global ahamiyatga ega bo‘lgan terrorizmga qarshi markaz tuzish haqidagi taklifini kiritdi va turli qabih niyatdagilarga yordam berayotgan tishkilotlarni ildizi bilan yo‘qotish orqaligina mamlakatlar va xalqlarning xavfsizligini ta’minlash mumkinligini alohida ta’kidladi. O‘zbekiston bilan YEXHT o‘rtasidagi munosabatlarda millatlararo munosabatlarga oid masalalar ham muhim o‘rin tutmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2011 yil 29 martda Oqsaroyda YEXHTning kamsonli millatlar masalalari bo‘yicha Oliy komissari Knut Vollebekni qabul qilishi va u bilan maslahatlashuvlar ham ikki o‘rtadagi hamkorliklar rivojiga xizmat qildi. Uchrashuvda O‘zbekiston bilan YEXHTning kamsonli millatlar masalalari bo‘yicha Oliy komissari idorasi o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollariga oid, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi. K.Vollebek 2010 yilning iyunida Qirg‘izistonning janubiy hududlarida yuz bergan fojeali voqealar paytida O‘zbekiston tutgan pozitsiyaga yuksak baho berib, bunday har tomonlama puxta o‘ylangan og‘ir-vazmin yondashuv mojaroning avj olishi va davlatlararo qarama-qarshilikka aylanib ketishining oldini olish imkonini berganini alohida qayd etdi. XX asr oxiri XXI asr boshlari xalqaro terrorizmga qarshi keskin kurash davri bo‘ldi. Bu kurashga O‘zbekiston o‘zining katta hissasini qo‘shmoqda. Buni AQSH senatorlaridan Liberman tasdiqlab: “O‘zbekistonsiz bizning Afg‘onistondagi aksilterrorchilarga qarshi kurashimiz muvaffaqiyatli bo‘lmas edi”, degan edi. O‘zbekistonning ichki rivoji va jahonda o‘zining munosib o‘rnini topishida Yevropa Ittifoqi (YEI) bilan hamkorliklar ham o‘z hissasini qo‘shmoqda. O‘zbekiston bilan YEI o‘rtasidagi bitim 1996 yil 21-22 iyun kunlari Italiyaning Florensiya shahrida YEI davlatlari rahbarlarining yig‘ilishida O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov tomonidan imzolandi. Florensiyaning “Fortezza de basso” qal’asida Yevropa Ittifoqiga kiruvchi davlatlar va hukumat boshliqlarining navbatdagi uchrashuvi – sammitida imzolangan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bu hujjat O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga dadil kirib borishida, o‘z o‘rni va ovoziga ega bo‘lishida katta ahamiyat kasb etdi. Prezident I.A.Karimov ushbu bitimni “O‘zbekiston bilan YEI o‘rtasidagi munosabatlarda “Yangi turmush nuqtasi”, deb atagan edi. Mazkur bitim O‘zbekistonni Yevropaning rivojlangan davlatlari bilan har tomonlama aloqalari respublika salohiyatini yuzaga chiqarishda, demokratiya va bozor islohotlarini amalga oshirish yo‘lida muvaffaqiyatli harakat qilish uchun katta imkoniyat yaratdi. Xususan, Italiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya kabi ilg‘or davlatlar bilan bo‘layotgan hamkorliklar davlatlarning iqtisodiy, madaniy aloqalarida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ilm-fan, madaniyat, san’at, ta’lim sohasidagi o‘zaro hamkorlikning keng ko‘lamda olib borilishi ham respublika taraqqiyoti uchun muhim omil bo‘lib xizmat qildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2011 yil 24 yanvarda Bryusselga amalga oshirgan taklifi Yevropa va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikda yana bir yangi davr ochdi. Yevropa Ittifoqi Komissiyasi Prezidenti Joze Manuyel Barozzo bilan uchrashuv va ikki o‘rtada moliyaviy va texnikaviy hamkorlik loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risidagi memorandumning imzolanishi muhim ahamiyat kasb etdi. J.M.Barozzo Yevropa Ittifoqining 2007 yilda qabul qilingan “Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha strategiyasi”ni amalga oshirilishida O‘zbekiston hissasini yuqori baholadi. Shuningdek, tashrif jarayonida O‘zbekistonda Yevropa Ittifoqi diplomatik vakolatxonasini ta’sis etishga kelishildi. Bu bundan buyongi ikki tomonlama muloqotning samaradorligi va sifatini oshirishga imkon beradi. Tashrif chog‘ida amalga oshirilgan ishlar O‘zbekiston va YEI o‘rtasidagi aloqalarning ulkan salohiyatini ochishda keng imkoniyat yaratib, ustuvor loyihalarni amalga oshirish uchun yuqori texnologiyalarni yetkazib berish, infratuzilmani rivojlantirish, kadrlar tayyorlash va ilmiy-texnikaviy aloqalarni kengaytirish orqali YEIning mamlakatimizdagi iqtisodiy islohotlar va tizimli o‘zgarishlar jarayonida ishtirok etishga tayyor ekanini ko‘rsatadi. O‘zbekiston YEI bilan ikki tomonlama hujjatlar bilan bir qatorda Sherikchilik va hamkorlik to‘g‘risidagi hamda Atom energiyasidan tinch maqsadda foydalanish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlarni ham tuzdi. Sherikchilik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim doirasida hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasi va YEI munosabatlarini muvofiqlashtiruvchi beshta qo‘shma muassasa: Hamkorlik kengashi, Hamkorlik qo‘mitasi, Parlamentlararo hamkorlik qo‘mitasi, Savdo va investitsiyalar bo‘yicha yordamchi qo‘mita, Adliya, ichki ishlar, inson huquqlari va boshqa masalalar bo‘yicha yordamchi qo‘mitalar faoliyat yuritmoqda. Mazkur muassasalar tegishli sohalar bo‘yicha munosabatlarning amaldagi holatini muntazam muhokama etib, ularni yanada rivojlantirish yo‘llarini ishlab chiqadi. Shuningdek O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, YEIdagi ichki siyosiy vaziyat bilan bog‘liq masalalar, O‘rta Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash va hamkorlik qilish, har ikkala tomonning manfaatlariga mos keladigan xalqaro masalalar bo‘yicha fikr almashildi. 2011 yilning 7 aprelida Toshkentda tashqi ishlar vazirlari darajasida “Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo” shiori ostida uchrashuv o‘tkazildi. Bu uchrashuv ham YEI va O‘rta Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi mintaqalararo siyosiy muloqotni yanada jadallashtirish va mustahkamlashga xizmat qiladi. O‘zbekiston o‘z tashqi siyosatida mamlakatning barqarorligi, jadal taraqqiyoti va milliy xavfsizligini, uning jahon xo‘jalik aloqalarga kirishuvini ta’minlashga imkon beruvchi davlatlararo tashkilotlarning tuzilishiga va bu tashkilotlarda faol ishtirok etishga ustuvor ahamiyat qaratdi. Ana shunday tuzilmalardan biri SHHT (Shanxay hamkorlik tashkiloti)dir. Download 134.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling