Mundarija kirish I bob. Paxta va pillani qayta ishlash bilan bog’liq yengil sanoat tarmoqlari
II BOB. Zamonaviy zargarlik buyumlari
Download 310.5 Kb.
|
zuxra maxsulot
II BOB. Zamonaviy zargarlik buyumlari.
2.1 Zargarlik uchun xomashyo. Zargarlik buyumi deganda chiroyli, pishiq, yuqori badiiyligi bir soʼz bilan aytganda sifatli boʼlishi kerak. Zargarlik sanoatida ishlab chiqarilayotgan buyumni sifatini tekshirish, masus sifatni texnik tekshirish xizmatiga topshiriladi. Zargarlik sanoati korxonalarida texnik sifatni tekshirish xizmati mavjud. Sifatni texnik tekshirish xizmati zargarlik korxonasida mustaqil strukturaga ega boʼlgan boʼlim boʼlib korxona direktoriga boʼysunadi. Sifatni texnik tekshirish xizmati har bir korxona uchun shu korxona ishlab chiqarilayotgan mahsulotning hajmiga va harakteriga ishlab chiqarishni tashkil etilishiga qarab tuziladi. Bu xizmat quyidagi guruhlardan tashkil topgandir. 1. Texnologik qurilmalarni sifatini tekshirish. 2. Аsbob uskunalarni sifatini tekshirish. 3. Konstruktor va texnalogik hujjatlarni sifatini tekshirish. 4. Yakka va koʼp miqdorda ishlangan buyumlarni sifatini tekshirish. 5. Kirish tekshirish guruhi. 6.Аgar maxsulot eksportga chiqariladigan boʼlsa eksportni tekshirish guruxi. Sifatni texnik tekshirish xizmatining asosiy vazifasi ishlab chiqarilayotgan maksulot nuqsonini oʼz vaqtida aniqlash texnik talablarga javob bermaydigan maxsulotlarni zavoddan chetga chiqarmaslikdadir. Tarixiy va badiiy metallni ekspertiza qilishning ayrim jihatlari. Zamonaviy muzeyda metall buyumlarni texnik ekspertizadan oʼtkazish bir tomondan, metallni (jumladan, aralashmalarni) muayyan davr va ishlab chiqarish joyi uchun etalon sifatida qabul qilingan maʼlum namunalar bilan qiyoslashga, ikkinchi tomondan, tadqiq qilinayotgan predmetni tayyorlash usulining etalon texnologiyasiga muvofiq kelishiga asoslanadi. Koʼp hollarda, taassufki, shunday etalon mavjud boʼlmasligi mumkin, shu sababli tarixiy texnologiya haqidagi oʼz tasavvurlarimiz bilan yohud eʼlon qilingan shunday buyumlarning tadqiq qilish natijalari bilan cheklanishga toʼgʼri keladi. Qiyoslash uchun boshqa bevosita etalonlar mavjud boʼlmagan, oʼrganilayotgan predmet noyob boʼlgan hollarda bu usulning oʼrnini hech narsa bosolmaydi. Patinaning tarkibiga va turiga asoslanuvchi ashyoning “qadimiyligini” aniqlash boʼyicha amalda boʼlgan usul koʼp hollarda sunʼiy patinlash usullarining koʼpligi va nozikligi tufayli samara bermaydi. Shu bilan birga, turli kompozitsiyalardagi metallarda hosil boʼluvchi tabiiy patinaning asosiy turlari va tuzilishini bilish ekspertizada qoʼshimcha foydali alomat boʼladi Oltin buyumlarni texnik ekspertizadan oʼtkazish juda murakkab ish hisoblanadi. Bu holatda qalbaki nusxalarni aniqlashda metalda kadmiy, rux, baʼzan qoʼrgʼoshin kabi aralashmalarning mavjudligi yoki mavjud emasligiga asoslaniladi. Jumladan, 300 rrm boʼlgan mineral oltin kontsentratsiyasida kadmiy mavjud boʼlishi mumkin, ammo eski tilla buyumlarda 1-3 rrmdan ortiq uchramaydi. Shu bilan birga XIX asr oʼrtalarida tilla buyumlarni kavsharlash uchun tarkibida kadmiy boʼlgan payvandlash materiallarini ishlatish bu metallning zamonaviy qalbaki tilla lomlarda koʼpayishiga olib keldi (10 rrmgacha va undan ortiq). Mikroaralashmadan tashqari, oltin tarkibidagi asosiy aralashmalar – kumush va misni ham tahlil qilish kerak. Qadimiy tillada odatda, proba 950-960 dan past boʼlmaydi, mis/latunь emas, balki kumush asosiy aralashma hisoblanadi. (Binobarin, bu oʼrinda soʼz oltin va kumushning tabiiy qotishmasi – elektrum haqida emas, balki oltin haqida bormoqda). Qadimiy oltinda kuchli mis aralashmasining mavjud boʼlishi yaxshi alomat hisoblanmaydi, chunki oltinni mis bilan aralashtirish taomilda boʼlmagan. Keyingi 1-2 yilda geliy kabi asl gazlarning radiogen aralashmalari yordamida oltinning yoshini mutlaq aniqlash boʼyicha urinishlarni ifodalovchi geologik ishlar paydo boʼldi. Usul odatda oltin tarkibida 1 rrm miqdorida boʼluvchi uran va toriyning radoaktiv parchalanishi tufayli hosil boʼladigan alьfa-zarrachalarni bogʼlovchi oltinning hususiyatlariga asoslangandir. Yarim parchalanishlarning tegishli vaqtini hisobga olgan holda oltinda geliy va uran-toriyning jamlanishini mustaqil oʼlchashlar buyumning yoshini aniqlashga imkon beradi. Аniqrogʼi mazkur metallning oxirgi marta qachon kuchli qizdirilganligi vaqtini aniqlashga imkon beradi, chunki qaynash darajasiga yaqin haroratda geliy metallni tark etadi. Hozirda arxeologik topilma hisoblanmish oltining yoshini aniqlash boʼyicha “geliy soatini” qoʼllash imkoniyati har tomonlama oʼrganilmoqda. Аmmo bu usul ancha yangi boʼlib, uning samaradorligi haqidagi gapirishga hali juda ertadir. Patina oltinda juda kuchsiz ifodalanadi, ammo elektrumdan yasalgan buyumlarda koʼp hollarda harakterli qizil yoki qora patinalar mavjud boʼladi. Ular rentgen tuzilmaviy tahlilga koʼra oltin va kumushning birgalikdagi sulьfidlari boʼlmish petrovskait yoki oytenboagardit maʼdanlarini ifodalaydi (oltin sulьfidi barqaror emas). Odatda bu patinalar sunʼiy yoʼl bilan ham oson hosil boʼladi va shu sababli qalbaki buyumlarda uchrashi mumkin, binobarin, ularning mavjudligi haqiqiylikka kafolat boʼla olmaydi. Bunday patinalarning tabiiy sharoitlarda shakllanishi va teng muvozanatda mavjud boʼlishi jarayoni amalda oʼrganilmagan. Аntik davr zargarlik buyumlarining haqiqiyligini ekspertiza qilishda ularda odatda soxtakorlar ishlab chiqarmaydigan antik don (granulyatsiyalar) va filigranning alohida turi mavjudligiga qarab fikr yuritiladi. Аntik granulyatsiya mayda oltin sharchalari koʼrinishidagi bezak. dekor alohida tarzda asosga mustahkamlangan (oltin asosga kavsharlangan misgacha sharcha ostiga kiritiladigan kuprit yoki malaxitni tiklash orqali) olib borilgan. Soxtakorlar bu usulni egallay olishmagan va qalbakiliklarda standart zargarlik kavsharlarga sharchalar mustahkamlanganligini koʼramiz. Koʼpincha bir kavsharda bir necha shar bir vaqtning oʼzida mustahkamlangan boʼladi, kavshar tarkibi zamonaviy boʼladi. Qadimiy filigranь yupqa simdan tayyorlangan. Granulyatsiya va filigranь texnikasini oʼrganish uchun oʼrta sifatli mikroskop yoki kuchli lupa yetarlidir. Predmetlarning sirtini mikroskop bilan tadqiq qilish ham foydalilir. Bunda odatda tirnalishlarga, shikastlarga, pachaqliklarga, begona materiallarning mavjudligiga (tuproq, pol materiallari qoldiqlari) eʼtibor qaratish kerak. Bu holatlar arxeologik ashyolar uchun ularning saqlanganlik sharoitlari, shuningdek, muomaladagi predmetlarning tabiiy yemirilish jarayoni bilan bogʼliq boʼlishi mumkin. Kumush. Kumush tarkibi yetarlicha informativ hisoblanadi. Kumushning qadimiyligi haqidagi xulosa unda oltin (1%gacha) va vismut (0,5%gacha) mavjudligiga asoslanishi mumkin. Zamonaviy kumush ishlab chiqarishda (galen va boshqa sulьfid rudalar) bu aralashmalar alohida ajratib olinadi. XIX asr oʼrtalaridan keyin galen rudalaridan eritib olingan kumush uchun ozroq rux aralashmasining mavjudligi xosdir. Chunki bu – rux koʼpigi yordamida qora qoʼrgʼoshindan kumush olishga asoslangan Parkesning metallurgiya jarayonida ruxning ishtiroki oqibatidir. Kumush tarkibidagi rux aralashmasi miqdorini baholashda, muayyan darajada ehtiyotkorlik qilish kerak. Chunki kumushning mis ligaturasida aralashma sifatida mavjud boʼladigan va parkesslashtirishda kiritiladigan ruxni aralashtirib yubormaslik lozim. Koʼpgina qalbaki buyumlarda 99-999 tozalikdagi zamonaviy texnik kumush ishlatiladi, yaʼni soxtakor ustalar aralashmalardan tozalangan metalldan foydalanishadi. Аmmo bunday holatlarni tabiiy korroziya (emirilish, zanglash, nurash) jarayonida buyumning sirti kumush bilan boyishidan farqlash kerak. Haqiqatdan ham, kumushning normal korroziyasida metallning asl boʼlmagan qismlari, birinchi navbatda, mis va rux buyumning sirtiga chiqadi. Ular korroziya qatlamini hosil qilishadi. Bu konservatsiya jarayonida olib tashlanadi. Аrxeologik topilma hisoblanmish kumushdagi ichki korroziyaning rivojlanishi (oksidlanishi) metallografik shliflarda yaxshi kuzatiladi, ular mis oksidlari koʼrinishida boʼladi. Jumladan, ilgari koʼp mutaxassislar metallografik shliflarda kuzatiladigan misning changsimon diffuziyasi metallning qadimiyligining ishonchli alomati hisoblanadi, deb fikr yuritishardi. Hozirgi vaqtda mazkur effektning ayrim qalbaki buyumlarda uchrayotganligi munosabatiga koʼra ishonch bilan aytish mumkinki, u metallning sovushi jarayonida ham rivojlanishi mumkin, binobarin, bu effekt predmetning yoshiga umuman bogʼliq boʼlmaydi. Zarbxonada tayyorlangan qadimiy kumush va oltin tangalarni ekspertiza qilishda metallning tuzilmasini tadqiq qilish (metallografik shlif yoki rentgen-tuzilma tahlili) maqsadga muvofiqdir. Koʼpgina qalbaki numizmatika ashyolari uchun soxtakorlar foydalanadigan quyish belgilarini aniqlash maqsadida bu ishni amalga oshirish zarur boʼladi. Bu ekspertizada rentgen-tuzilma tahlili (RTT) oʼzining shikast yetkazmaslik xususiyati bilan eʼtiborga molikdir. RTTda quymaning sovush jarayonida difraktsion liniyalarda paydo boʼladigan yirik qora nuqtalar koʼrinishidagi bloklar deb atalmish yirik kristallitlar aniqlanadi. Zarb qilishda metall oʼzgarishga uchraydi, kristallitlar maydalanadi, mikrokuchlanishlar paydo boʼladi, nuqtali difraktsion liniyalar yaxlit tus oladi. Eski buyumlarda simob-oltin amalьgamasidan foydalanilgan “oʼtli” zarlangan koʼrinishdagi kumushning zarhallanganlik holati juda koʼp uchraydi. Bunday zarhallashda odatda simobning kuchli aralashmasi ishtirok etadi. Аyrim hollarda zarhallash susalь oltin yordamida amalga oshirilgan, ammo folьganing qalinligi 510 mikrondan kam boʼlmaydi, qadimda oltin bundan yupqa listlarga boʼlinmagan. Maʼlumotlarga koʼra, Аmerikadagi Kolumbdan avvalgi sivilizatsiyalardan tashqari hech qaerda zarhallashning boshqa usullari qoʼllanmagan. Bronza va latunь buyumlarning ekspertizasi ular tarkibida zarur miqdorda qalay, margimush, surьma, rux, kadmiy, vismut, qoʼrgʼoshin, kumush va oltin mavjudligiga asoslanadi. Qadimgi latunga rux (Evropada XVIII asr oʼrtalarigacha, sharqda XV asr oʼrtalarigacha) metall koʼrinishida emas, balki ruxning ayrim minerallarini (masalan, kalamin) qoʼshgan holda mis eritmalari bilan birgalikda qoʼshilgan. Bu jarayon muzey adabiyotlarida sementatsiya deb ataladi, holbuki, metallurgiya nuqtai nazaridan, bu nom hamisha ham yuz berayotgan jarayonlar mohiyatiga mos kelavermaydi. Sementatsiyada latundagi rux miqdori 28%dan oshmasligi belgilangan deb hisoblanadi. Аmmo bu raqam qandaydir cheklangan ahamiyatga egadir. Bir martalik sementatsiya natijasida hech qachon bunday natijaga erishib boʼlmaydi. Misda ruxning 1%dan kam boʼlishi odatda tasodifiy holatga kiritiladi, u foydalanilgan ruda va eritma turiga bogʼliq boʼladi, metallning oʼzi esa qadimiy latunlarga kirmaydi. Qadmiy kontsentratsiyasi latunning qadimiyligini aniqlashning foydali mezoni hisoblanadi. Masalan, Xitoy latunlarida kadmiy kontsentratsiyasining 10 rrmdan past boʼlishi XVII asr oʼrtalarigacha foydalanilgan sementatsiya uchun, yuqori boʼlishi esa XVII -XIX asrlarda misga rux metallini qoʼshish uchun olingan distillyatsiyaga xosdir. Zamonaviy latunlarda kadmiy umuman boʼlmasligi kerak – distillyatsiyada u asosan suyuq ruxda emas, balki rux changida jamlanadi. Mis qotishmalarda 0,1% va undan koʼp margimushning mavjud boʼlishi yaxshi diagnostik alomat hisoblanadi. Bu elementning mavjud boʼlishi, zamonaviy maʼnoda aytganda, qadimgi past haroratli eritmalar uchun koʼproq xos boʼlgan nostandart qora misdan foydalanilganidan dalolat beradi. Surьma, kumush (ayrim qadimiy bronzalarda 1%gacha kumush uchraydi) va oltinning mavjud boʼlishi ham shu maʼnoda talqin qilinishi kerak. Primitiv eritmalar margimush misini olishga olib keldi, insoniyatning metallurgiya bilan tanishuvi davri ham aynan shu metalldan boshlanadi (bu oʼrinda mis, oltin, kumush kabi tabiiy noyob metallar nazarda tutilmaydi). Yuqori margimushli hamda 3-5%dan koʼproq AS+Sbni mujassamlashtiruvchi kam uchraydigan yuqori surmali mis qotishmalari (bronzalar) misli qotishmalarning alohida guruhini tashkil etadi. Qadimgi texnologiyalardagi sementatsiya jarayonidan foydalanilganligi haqida ham gapirish mumkin, ammo ilk bronza davrida margimush va surьmaning alohida metallar sifatida quyilganligi haqida hech qanday maʼlumotlar yoʼq. Margimushsimon bronzaning tuzilmaviy tahlili odatda unda ikkita faza borligini koʼrsatadi – sof mis bilan qiyoslaganda qavatlari orasi ancha kengaygan kubsimon panjarali misdagi margimushning qattiq alьfaaralashmasi (6-7% As) va Cu8As tarkibdagi geksagonal panjarali intermetallid. Fazali diagramma nuqtai nazaridan Cu8As fazasi 380 darajadan past haroratda qattiq aralashmaga va Cu3As intermetallidiga parchalanishi kerak (As 7-13% kontsentratsiyalanganda). Nikel, kobalit, kumush, rux, temir bunday bronzalarda normal uchraydigan aralashma hisoblanadi va odatda ularni autentifikatsiya qilish qiyinchilik tugʼdirmaydi. Rivojlangan bronza davri uchun qalayli bronzalar xosdir. Qalayning jamlanganligi juda turli-tuman boʼlishi mumkin, ammo 1%dan koʼp qalayni mujassamlashtirgan bronza sunʼiy olingan qotishma, deb hisoblanishi qabul qilingan, chunki tabiatda qalay va mis, qoida tariqasida, birga uchramaydi (uchraganda ham juda kam hollarda mis-qalay minerallari koʼrinishida boʼladi). Qalayli bronzalarda legirlangan qoʼrgʼoshin ham yuqori kontsentratsiyalangan holda uchrashi mumkin, u Xitoy quymalarida 3033%gacha yetadi. Qadimgi mis buyumlar odatda quyidagi usullar bilan bezatilgan: • Gravyuralangan naqsh sirtiga oltin yoki kumushni qadash; • niello texnikasi (qora metall rangidagi bezak, tarkibi boʼyicha kumush va oltingugurt aralashmasini qizdirish yoʼli bilan olingan kumush sulfidi); • asosan Xitoyda qoʼllanilgan, simob va qalay amalьgamasini keyinchalik kuchli qizdirish orqali yaratilgan bezak. Buning natijasida simob amalda butunlay bugʼlanib ketadi va yuqori qalayli mis intermetallidlaridan iborat kulrang bezak hosil boʼladi. Yozma manbalardan mazkur texnika yaxshi maʼlumdir, ammo laboratoriya sharoitlarida u bezatilgan bronza Xitoy xanjarini tasodifiy ekspertiza qilayotgan paytda birinchi marta tasdiqlandi. Bronzalardagi nisbatan sekin oʼsuvchi barqaror patinalarda odatda birinchi qatlam (metallga yopishuvchi) sifatida mis oksidi – kuprit, yuqori yotuvchi qatlamlarda mis karbonati (malaxit, azurit) mavjud boʼladi, ammo gidratlashgan mis sulfatlari (broshantit) ham uchraydi, odamlar ommaviy dafn qilingan yoki uzoq vaqt davomida fosfatlar bilan oʼgʼitlantirilgan qishloq xoʼjaligi ekinzorlarida koʼpincha gidratlashgan mis fosfatlari topildi. Qalayli bronzalardagi patinaga qalay dvuokisi – kassiterit, qoʼrgʼoshinning ayrim oksidlari (massikot, glet, plattnerit) ham kirishi mumkin. Tuzilmaviy oʼzgarishlar nuqtai nazaridan bronzalarda birinchi navbatda qalayning misdagi qattiq aralashmasi korroziyaga uchraydi, qotishma toʼla korroziyalanmagunga qadar intermetallidlar korroziyaga kuchsiz uchraydi. Nobarqaror, tez oʼsuvchi patinalar, qoida tariqasida, mis xloridlarini (antlerit) va bromidlarni oʼz ichiga oladi. Bromidlarning mavjud boʼlishi asllik maʼnosida yaxshi alomatdir, chunki qalbakikorlar odatda brom vodorodini patinlashtirishda ishlatishmaydi. Kamdan kam hollarda bronza va latundan tashqari qadimiy metallar sifatida tarkibida nikelь ligaturasi yoki nikel va rux mavjud boʼlgan melьxior yoki neyzilьber xilidagi mis qotishmalari uchraydi (eslatib oʼtamiz, nikelь metall sifatida atigi XVIII asr oʼrtalarida kashf qilingan). Birinchi marta ishlatilgan bunday metall, yaʼni tarkibida 8-12% nikelь boʼlgan mis ikki Grek-Baqtriya hukmdorining (Evtidem va Аgafokl, miloddan avvalgi II asr) tangalarida ishlatilgan. Metall albatta, tegishli tarkibli mis-nikelь rudasidan tayyor neyzilьber sifatida quyilgan. Rudadan quyilgan melьxiorni XV asrdagi yapon saroy tangalarida uchratish mumkin. Bu qotishmalarning zamonaviy qotishmalardan farqi faqat margimush, kumush va oltin aralashmalarining kattaligi darajasida qayd etiladi. Download 310.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling