Mundarija: kirish I bob. Qo’chqorlarni klinik tekshirish va ularning anamnez ma’lumotlarini toplash hayvonlarning anamnez ma’lumotlarini to’plash hayvonlarni umumiy tekshirish hayvonlarning moddalar almashuvini tekshirish hayvonlarning qoni


Download 43.66 Kb.
bet14/15
Sana27.01.2023
Hajmi43.66 Kb.
#1131245
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
HAYRI

Klinik tekshirish usullari.
Klinik tekshirish usullari 2 ga bo’linadi:
- umumiy tekshirish usullari;
- maxsus tekshirish usullari.
Maxsus tekshirish usullari o’z navbatida 2 ga bo’linadi:
- instrumental tekshirish;
- laborator tekshirish.
Umumiy tekshirish usullari.
Umumiy yoki asosiy tekshirish usullariga qo’yidagilar kiradi:
- ko’rish usuli (осмотр - inspectio);
- paypaslash usuli (ошупывание - palpatio);
- taqillatish usuli (выстукивание - pyegcussio);
- eshitish usuli (выслушивание - auscultatio);
- tana haroratini o’lchash - termometriya.
Ko’rish usuli bilan tekshirish. Bu usul eng qadimiy, eng oddiy va muhim usullardan hisoblanadi. Ko’rish usuli bilan tekshirish yorug’ joyda, oddiy ko’z yordamida o’tkaziladi. Ayrim paytlarda maxsus yorituvchi asboblar (oyna, reflektor, elektr lampasi)dan foydalanish mumkin.
Tekshirish maqsadiga qarab ko’rish usulining qo’yidagi turlaridan foydalanish mumkin:
Umumiy ko’rish - hayvonni umumiy ko’zdan kechirish har qanday tekshirish boshlanishida o’tkaziladi. Bunda hayvonning individual xususiyatlari - turi, jinsi, yoshi, semizligi, tusi, gabitusi aniqlanadi.
Mahalliy yoki maxsus ko’rish - hayvonning ayrim a’zolari yoki tananing ayrim qismi ko’zdan kechiriladi.
Guruhli ko’rish (hayvon podasini ko’zdan kechirish) - hayvonlar podasi ko’zdan kechirilib, ularning turi, zoti, jinsi, tusi, semizligi, umumiy holati, kasal hayvonlar bor-yo’qligi aniqlanadi.

Xulosa
Chorvachilik va amalga oshirilishi zarur bo’lgan barcha veterinariya tadbirlarini rejali ravishda bir paytning o’zida tashkillashtirilishi hamda moddiy-moliyaviy ta’minlanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun barcha veterinariya xizmati mutaxassislari (davlat, idoraviy, xususiy) o’z ish o’rinlarida doimiy tarzda veterinariya tadbirlarining rejasini tuzishi hamda oqilona tashkil etib, ijrosini ta’minlashlari talab etiladi. Bu esa turli yuqumli kasalliklarni oldini olish va davolash hamda tugatishda muhim ahamiyatga ega.Veterinariya tadbirlari quyidagi 4-ta guruhga bo’linadi:1. Тashkiliy xo’jalik tadbirlari2. Profilaktik tadbirlar 3. Veterinariya-sanitariya tadbirlari 4. Davolash tadbirlari
Ushbu tadbirlarni xo’jalik veterinariya mutaxassislari amalga oshiradilar. Davlat veterinariya mutaxassislari esa tadbirlarning o’tkazilishini nazorat qiladi va ko’maklashadi. Umumiy profilaktik tadbirlar xo’jalik va zootexnikaviy tadbirlar bilan chambarchas bog’liq bo’ladi. Chunki bu tadbirlarni amalga oshirish natijasida mol saqlanadigan fermalarning tozaligini, sifatli va sog’lom chorva mahsulotlari, mollarning zaharlanishi, yuqumli va yuqumsiz kasalliklar bilan zararlanishni oldini olishini ishlab chiqarish ta’minlanadi. dmumiy profilaktik tadbirlarga quyidagilar kiradi: 1. Molxonalarni mexanik tozalash 2. Molxona atrofini go’ng va har xil chikindilardan tozalash; Veterinariya statistikasining ma’lumotlari shuni ko’rsatdiki, kasallangan hayvonlarning umumiy sonini 80%-dan ko’prog’i yuqumsiz kasalliklarga to’g’ri kelib, asosan hayvonlarni oziqlantirishning buzilishi va ularni qoniqarsiz saqlash natijasida kelib chiqadi va chorvachilik tarmog’iga katta iqtisodiy zarar keltiradi.


Download 43.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling